Elektron raqamli imzo.
Elektron hujjat Oʻzbekiston
Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi 2004-yil
29-apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish (tanib
olish)
imkoniyatini
beradigan
boshqa
rekvizitlariga
(ma’lumotlarga) ega boʻlgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari
xizmatlaridan, hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan
holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda
tezkor amalga oshiradi. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va
yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan
insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi,
hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi.
Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga
tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar oʻzining alohida
shakliga ega boʻlib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning
aslligini tasdiqlaydi.
Elektron raqamli imzo Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron
raqamli imzo toʻgʻrisida”gi 2003-yil 11-dekabrdagi 562-II son
Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron
hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan
foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan
hamda, elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron
hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli
imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini
beradigan imzo;
Elektron raqamli imzo – xabar yoki hujjat yaxlitligini va
muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qoʻllaniladigan va shaxs
imzosini toʻlaligicha oʻrnini bosa oladigan hujjatga tegishli
isbotdir.
Dostları ilə paylaş: