kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta koʻpaytirib va
tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul
harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va
buzilishlarga sabab boʻladi va biror xodisa yuz berishi bilan,
masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
Viruslarning turlari va vazifalari.
Viruslarni quyidagi asosiy
alomatlari boʻyicha turkumlash mumkin:
‒
yashash makoni;
‒
operatsion tizim;
‒
ishlash
algoritmi xususiyati;
‒
bajaridigan ishi.
Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda
viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi obyektlarining xili boʻyicha
turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
Fayl viruslar
turli usullar bilan bajariluvchi
fayllarga kiritiladi
(eng koʻp tarqalgan viruslar xili), yoki fayl yoʻldoshlar yaratadi
yoki faylli sistemalarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan
foydalanadi.
Yuklama viruslar
oʻzini diskning yuklama sektoriga (boot –
sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot
Record) boʻlgan sektorga yozadi.
Yuklama viruslar tizim
yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.
Makroviruslar
axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning
makrodasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word,
MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy
muharrirlarning fayl-
hujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari
oʻzini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va
elektron pochta protokollari va buyruqlaridan foydalanadi. Ba’zida
tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq
viruslari Internet-qurtlarga (Internet boʻyicha tarqaladi), IRC-
qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) boʻlinadi.
Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, toʻrt bosqichni oʻz
ichiga oladi:
virusni xotiraga yuklash;
qurbonni qidirish;
topilgan
qurbonni zaharlash;
275
destruktiv funksiyalarni bajarish.
Dostları ilə paylaş: