8.3. Axborot xavfsizligi va uni ta’minlash usullari Kompyuter texnikasi va axborot tizimlarining iqtisodda,
boshqarishda, aloqada, ilmiy tadqiqotlarda, ta’limda, xizmat
koʻrsatish sohasida, tijorat, moliya va inson faoliyatining boshqa
sohalarida qoʻllash jamiyat rivojini belgilovchi yoʻnalish
hisoblanadi. Kompyuter texnikasining qoʻllanilishi evaziga
erishiladigan samara axborot qayta ishlanishi koʻlamining oshishi
bilan ortib boradi. Ushbu texnikaning qoʻllanish sohalari va
koʻlami
uning
ishlashining
ishonchliligi
va
barqarorligi
muammolari bilan bir qatorda axborot xavfsizligini ta’minlash
muammosini tugʻdiradi.
Axborot xavfsizligi – axborotning nomaqbul (axborot
munosabatlarining tegishli sub’yektlari uchun) oshkor qilinishidan,
buzilishidan (yaxlitligining buzilishidan), sirqib chiqishidan,
yoʻqotilishidan, modifikatsiyalanishidan yoki foydalanuvchanlik
darajasining pasayishidan, hamda noqonuniy tirajlanishidan
himoyalanganligi. Ushbu xodisalarning sababchisi tasodifiy
ta’sirlar yoki buzgʻunchining atayin ruxsatsiz foydalanishi
natijasidagi ta’sirlar boʻlishi mumkin.
Axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligini
ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga
qoʻyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa
bu axborot foydalanuvchilariga va koʻplab axborot tizimlariga
zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va
uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya
tizim obyektlarining himoyalanganligidir.
Login tushunchasi. Login – shaxsning, oʻzini axborot
kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qoʻllaniladigan
belgilar ketma-ketligi boʻlib, axborot kommunikatsiya tizimidan
272