Keys-texnologiya
– masofaviy oʻqitishni tashkil qilishning
shunday uslubiki, masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va
multimediali
(keys)
oʻquv uslubiy materiallar majmuasi
qoʻllanishga asoslanadi.
TV-texnologiya
– masofaviy oʻqitishni tashkil qilishning
shunday uslubi hisoblanadiki, u talabalarga oʻquv-metodik
ma’lumotlarni televideniye vositasi yordamida yetkazishga xizmat
qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv usullardan biri bilan
oʻrnatishga asoslanadi.
Masofaviy oʻqitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi
model va shakllari mavjud boʻlib, ular quyidagi qoʻllanish shartlari
bilan farqlanadi:
– geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi,
markazdan uzoqlikda joylashuvi, iqlimi);
– mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish
umumiy darajasi;
– kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish
darajasi;
– ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
vositalarining qoʻllanish darajasi;
– ta’limda qoʻllaniladigan an’analari;
– masofaviy oʻqitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar
mavjudligi va ularning salohiyati va boshqalar.
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak boʻlib qoldi? – degan savol
tugʻilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab
oʻtish mumkin:
– Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning
arzonligi, vaqt va joyga bogʻliqmasligi va boshqalar).
– Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining
cheklanganligi.
– Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
– Sifatli axborot texnologiyalarining paydo boʻlishi va
rivojlanishi.
– Halqaro integratsiyaning kuchayishi.
285
Yuqorida sanab oʻtilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy
oʻqitishga ehtiyoj borligini koʻrsatadi.
Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar
kiradi
68
:
– Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi
barcha oʻquvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek
ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
– Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov
markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka
oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va
ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning
sifat darajasini oshirish.
– Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda
qoʻshimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
– Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga boʻlgan ehtiyojini
qondirish va ta’lim muhitini kengaytirish.
– Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
– Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim
darajasini ta’minlash. Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, masofaviy ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga
joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu
kompleksni joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida
(xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qoʻllash asosan ikki xil
koʻrinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar
boʻlsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan
ta’minlanganligidir.
1. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq
qurilmalari,
yuqori
tezlikdagi
internet
tarmoqlari,
video
konferensiya jihozlari va hakazo.
2. Dasturiy ta’minotga: Mavjud qurilmalarni ishlatadigan
dasturiy ta’minotlardan tortib shu soha uchun moʻljallangan
dasturlar toʻplami kiradi.
68
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. P 18-19.
286
Soʻnggi yillarda Gʻarbda ta’lim tizimini boshqarishda
qoʻllanilib kelinayotgan Internet yoki Interanet tarmogʻi orqali
elektron shakldagi ta’lim turini E-learning (elektron ta’lim) atamasi
bilan kirib keldi.
Elektron ta’limi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
asosidagi ta’limning turli koʻrinishlarini anglatuvchi keng
tushunchadir.
E-learning oʻz ichiga elektron oʻquv kontenetlarni bilim
oluvchiga yetkazish usulidan kelib chiqqan holda guruhlarga
ajratish mumkin.
9.1 – rasm. E-learning tashkil etuvchilari
Elektron ta’limni tashkillashtirishning koʻpgina manbalari
orasidan quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);
Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS
(Learning Management Systems);
Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content
Management Systems).
287
9.2-rasm. Elektron ta’limni tashkillashtirishda ishlatiladigan dasturiy
ta’minotlar strukturasi
LMS bu oʻquv jarayonini boshqarish degan ma’noni bildiradi
va u kompyuter tizimlari yordamida onlayn kurslarni hosil qilish va
u tinlovchilarga oʻquv materialarni tarqatishda keng qoʻllaniladi.
LMS tizimi butun oʻquv jarayonini boshqarish imkonini yaratadi,
ya’ni tinglovchini registratsiya qilishdan boshlab barcha natijalarni
saqlashgacha boʻlgan jarayonlarni oʻz ichiga oladi. LMS tizimi
masofaviy ta’limni asoslaridan biri hisoblanadi
69
.
Hammamizga ma’lumki, har bir universitet yoki ta’lim
muassasi oʻz ta’lim jarayonini boshqarish uchun zamonaviy
texnologiyalardan kelib chiqqan holda, oʻzining virtual axborot
ta’lim muhitini yaratishga harakat qiladi. Hozirgi vaqtga kelib,
virtual axborot ta’lim muhitini yaratishning hojati qolmagan,
chunki Web muhitiga moslashgan har xil turdagi dasturiy
majmualar jonkuyar dasturchi va ta’lim sohasida ishlab kelayotgan
69
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. P 33-34.
288
xodimlarning hamkorlikda ishlashlari shuningdek, ta’limga
yoʻnaltirilgan fondlar tomonidan qoʻllab quvvatlanishi natijasida,
erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar yaratilgan.
LMS tizimi har xil dasturiy platformalarda yaratilib, ularga
PHP, .Net yoki Java kabilar yordamida ishlab chiqiladi sababi ular
ma’lumotlar bazasiga, ya’ni PostgreSQL, MySQL yoki SQL
Server ulanadi. LMS tizimi ochiq kodli va kommersiyaga
moʻlljalangan boʻlishi mumkin. Bu tizimdan personalni boshqarish
va baholash tizimini boshqarishda foydalaniladi. Siz oʻz
kursingizni yaxshi ishlashini boshqarishingiz mumkin. Yaxshi
LMS tizimlar barcha ma’lumotlarni yigʻish va ularni qayta ishlash
imkonini yaratadi
70
.
9.3 – rasm. LMS tizimida ishlash texnologiyasi
70
Epignosis LLC. E-Learning concepts, trends, applications. USA 2014. P 34-35.
289
Quyida maosafaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish
imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy
majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari boʻyicha
ma’lumotlarni koʻrib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |