Masofaviy oʻqitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion
metodlar, oʻqitish vositalari va formalarini oʻz ichiga olgan sirtqi
va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya
texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir. Oʻzaro ma’lum bir
masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va
barcha oʻquv jarayonlari komponentlari – maqsad, mazmun,
metod, tashkiliy shakllar va oʻqitish usullariga asoslangan talaba va
oʻqituvchi oʻrtasidagi munosabat.
Masofaviy oʻqish – bu yangi axborot texnologiyalari,
telekommunikatsiya
texnologiyalari
va
texnik
vositalariga
asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar
va ta’lim qonun-qoidalari asosida oʻquv shart-sharoitlari va
oʻqituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib, oʻquvchidan koʻproq
mustaqil ravishda shugʻullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda
oʻqish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda
boʻlishiga bogʻliq emas.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib oʻquv axborotlarini
almashuvchi vositalarga asoslangan, oʻqituvchi maxsus axborot
muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim
oluvchilarga ta’lim xizmatlarini koʻrsatuvchi ta’lim majmuaidir.
Masofaviy oʻqitish tizimi – masofaviy oʻqitish shartlari
asosida tashkil etiladigan oʻqitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari
singari masofaviy oʻqitish tizimi oʻzining tarkibiy maqsadi,
mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.
Masofaviy ta’lim
– masofaviy oʻqitishga asoslangan ta’lim.
Masofaviy oʻqitishning pedagogik texnologiyalari –
tanlangan oʻqitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning
284
oʻquv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi oʻqitish metodi va
uslublar majmuasi.