Raqamli axborot – kompyuter tizimlarida ishlashga, saqlashga
va
almashishga
moʻljallangan
ma’lumotlar
koʻrinishida
ifodalangan axborot.
309
Raqamli pullar – kompyuter tarmogʻida oʻzaro hisob-kitob
uchun ishlatiladigan va faqat elektron shaklda (elektron naqd pul,
elektron tanga) mavjud shifrlangan yozuvlardan (elektron
hamyondagi) iborat toʻlov vositalari.
Raqamli imzo kaliti –
elektron
imzoni
yaratishga
moʻljallangan simvollarning noyob ketma-ketligi.
S Spam –
soʻralmagan hajmiy xabarlarni asossiz yuboruvchi
elektron nomaqbul pochta yoki elektron xabar almashish
tizimlarining notoʻgʻri ishlatilishi.
Spamming –
UNINETning turli guruhlariga katta sonli bir xil
xabarlarni joʻnatish. Koʻpincha arzon reklama shirkatini,
piramidalarni tashkil etish yoki odamlar joniga tegish maqsadida
ishlatiladi.
T Tarmoqlararo ekran – tarmoqlararo ekran yoki firewall tizimi
deb ham ataluvchi tarmoqlararo himoyaning ixtisoslashtirilgan
kompleksi. Tarmoqlararo ekran umumiy tarmoqni ikki yoki
koʻproq qismlarga ajratish va ma’lumot paketlarini chegara orqali
tarmoqning bir qismidan ikkinchisiga oʻtish shartlarini belgilovchi
qoidalar toʻplamini amalga oshirish imkonini beradi. Odatda, bu
chegara korxonaning korporativ (lokal) tarmogʻi va Internet global
tarmoq orasida oʻtkaziladi.
Tizim xavfsizligi – axborot tizimining ruxsatsiz foydalanishga
urinishga qarshi tura olish xususiyati. Kompyuter tizimining
adekvat himoyalanishini ta’minlashga zaruriy elementlar majmui;
apparat
va/yoki
dasturiy
funksiyalar,
xarakteristikalar
va
vositalarni,
amaliy
va
qaydlash
muolajalarini;
markaziy
kompyuterdan, masofadagi kompyuterlardan va telekommuni-
310
kasiya
vositalaridan
foydalanishni
boshqarish
vositalarini;
ma’muriy tadbirlar, fizik konstruksiyalar va qurilmalarni;
xodimlarni va kommunikatsiyalarni boshqarishni oʻz ichiga oladi.