Operatorlardan foydalanish jarayonlarni avtomatlashtirish
imkoniyatini beradi. Bu esa qoʻyilgan masalani tezkor yechish
imkoniyatini beradi.
7.3 MATLAB tizimining imkoniyatlari
Matlabning dasturlash tili sifatida 70-yillarning oxirlarida Nyu-
Meksika
universitetida yozilib, matritsalar nazariyasi, chiziqli
algebra, sonlar tahlili kursidan dars berish uchun qoʻllanilgan.
Hozir tizimning imkoniyatlari keng darajada oshgan. Hozirda
Matlab – bu muhandislik va ilmiy hisoblarning yuqori samarali tili
hisoblanadi.
U
matematik
hisoblar,
ilmiy
grafiklarni
vizuallashtirish va dasturlashni ta’minlaydi.
Matlab tizimi koʻproq qoʻllaniladigan sohalar:
matematika va hisoblash;
algoritmlarni qayta ishlash;
hisoblash
eksperimenti,
modellashtirish
imitatsiyasi,
maketlash;
berilganlarni tahlil qilish va natijalarni vizuallashtirish;
ilmiy va muhandislik
grafikasi;
amaliyot dasturlarini qayta ishlash.
Matlab – bu shunday interfaol (bevosita) tizimki, undagi asosiy
obyekt boʻlgan massivning oʻlchamlarini aniq yozish talab
qilinmaydi. Bu esa juda koʻp hisoblashlarni (vektor, matritsa
koʻrinishidagi) tez vaqtda yechish imkonini beradi. Shuning uchun,
Matlabda xotirani dinamik taqsimlash evaziga
C
va
C++
tillaridagiga qaraganda amallar bajarish osonroq kechadi.
Matlab
tizimi bu ham amaliyot muhiti ham dasturlash tilidir. Tizimning
eng kuchli tomonlaridan biri bu Matlab tilida koʻp marta
foydalaniladigan dasturlar yozish mumkinligidir.
Matlab tizimining yordam lahjasidan foydalanish mumkin va
Adobe Acrobat yordamida PDF formatda chop qilish mumkin.
Adobe Acrobat tahrirlovchisi matnni har xil shriftlarda, grafika va
tasvirlar bilan kitobni oʻqish imkonini beradi.
Matlab tizimida quyidagi amaliy dasturlar paketi mavjud:
Notebook,
Symbolic Mathematik, Control Systems Toolbook,
Signal Prosessing Toolbook, Simulink.
219
Matlab tizimining dastur ta’minoti tarkibiga kitob yaratish
uchun yangi vosita qoʻshilgan. Amaliy dasturlar paketi Notebook
shunday vositadir. Amaliy dasturlar
paketi Notebook muhitida
yaratilgan hujjat M-kitob deb ataladi. M-kitobda matnlar, Matlab
tizimi buyruqlari va ularning bajarilish natijalari joylashgan. M-
kitobni yaratish yoki tahrirlashda M-book maxsus shablonidan
foydalaniladi. Bu shablon Matlab
tizimiga kirish va uni
formatlashni boshqarish imkonini beradi. Amaliy dasturlar paketi
Notebook bilan ishlash uchun M-book tahrirlovchisini yuklash
kerak va yangi M-kitob ochish yoki mavjud M-kitobni tahrirlash
kerak. M-kitobga matn kiritish
Word tahrirlovchisida matn
kiritishdan
farq
qilmaydi.
Matlab
tizimi
buyruqlari
va
operatorlarini yozish uchun maxsus kataklardan foydalaniladi. Bu
buyruq va operatorlarni matn ichida ham joylashtirish mumkin va
unda saqlangan fayllar m-fayllar deb ataladi. M-kitob bilan
ishlashda amaliy dasturlar paketi Notebookning quyidagi
buyruqlaridan foydalanish mumkin:
Dostları ilə paylaş: