7.4.
Intellektual axborot tizimlari va ularning vazifalari.
Ekspert tizimlar
Zamonaviy jamiyatda tobora oʻsib borayotgan axborot oqimi,
axborot
texnologiyalarining
turli-tumanligi,
kompyuterda
yechiladigan
masalalarning
murakkablashuvi
ushbu
237
texnologiyalardan foydalanuvchining oldiga bir qator vazifalarni
qoʻyadi. Kerakli variantlarni tanlash va qaror qabul qilish ishlarini
insondan kompyuterga oʻtkazish masalasi yuzaga keladi. Bu
vazifani yechish yoʻllaridan biri – bu intellektual tizimlarini
yaratish va ulardan foydalanish sanaladi. Intellektual tizimlar
oʻzidan kelib chiqib sharoitni tahlil etadi va nisbatan foydali
axborotni aniqlab oladi, chorasiz yoʻllardan voz kechgan holda
qaror qabul qilishning eng maqbul yoʻllarini vujudga keltiradi.
Intellektual
tizimlarida
ma’lum bir predmet sohasini
ifodalaydigan bilimlar bazasidan foydalaniladi.
Ekspert tizimi – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni toʻplash
va qoʻllash,
umumlashtirish usullari, hamda vositalari majmuidir. Ekspert
tizimi mutaxassislarning yuqori sifatli tajribasiga suyangan holda
qarorni tanlash chogʻida muqobil variantlar koʻpligi uchun yanada
yuqori samaraga erishadi. Strategiyani tuzish paytida yangi
omillarni baholab, ularning ta’sirini tahlil etadi.
Ekspert tizimlari sun’iy intellektdan foydalanishga asoslangan.
Sun’iy intellekt deganda aksiy xatti-harakatlarga nisbatan
kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi. Koʻpincha bunda
inson fikrlashi bilan bogʻliq qobiliyat aniqlanadi.
Ekspert tizimlarini axborot tizimlari sinfi sifatida koʻrib chiqish
mumkin.
U
foydalanuvchining
roziligidan qat’iy nazar
ma’lumotlarni tahlil va tahrir eta oluvchi, qarorni tahlil etib qabul
qiladigan, tahliliy-tasnifiy vazifalarni bajara oladigan ma’lumotlar
va bilimlar bazasiga ega. Jumladan, ekspert tizimlari keladigan
axborotlarni guruhlarga boʻlib tashlay oladi, xulosa chiqaradi,
identifikatsiyalaydi, tashxis qoʻyadi, bashoratlashga oʻrgatadi,
sharxlab beradi va hokazolarni amalga oshiradi.
Ekspert tizimining boshqa axborot tizimlaridan afzalliklari
quyidagicha:
yaqin davrlargacha kompyuterda yechish qiyin yoki
umuman yechib boʻlmaydigan deb sanaluvchi murakkab
masalalarning yangi sinfini yechish, optimallashtirish va (yoki)
bahosini olish imkoniyati;
238
dasturchi boʻlmagan foydalanuvchiga oʻz tilida suxbat
yuritish va kompyuterdan samarali foydalanish uchun axborotni
vizualizatsiyalash usullarini qoʻllash imkoniyatini ta’minlash;
yanada ishonchli va malakali xulosa chiqarish yoki qaror
qabul qilish uchun ekspert tizimini mustaqil oʻrganish, bilimlardan
foydalanish qoidalari, ma’lumotlar, bilimlarning toʻplanishi;
foydalanuvchi axborot – koʻpliligi tufayli yoki axborotning
xaddan ziyod rang-barangligi, yoki xatto kompyuter yordamida
ham odatdagi qarorni qabul qilishning choʻzilib ketilishi tufayli
yecha olmaydigan muammolarni hal etish;
takomillashgan
uskunalar
va
ushbu
tizimdagi
foydalanuvchi mutaxassisning shaxsiy tajribasidan foydalanish
hisobiga yakka tartibdagi ixtisoslashgan ekspert tizimlarini yaratish
imkoniyati;
ekspert tizimining asosi qaror qabul qilish jarayonini
shakllantirish maqsadida tuzilgan bilimlar majmui (bilimlar bazasi)
sanaladi.
Bilimlar bazasi – bu ayrim predmet sohalari murakkab vazifalar
yechimini topish uchun tahlil va xulosalarni yuzaga keltiruvchi
model, qoida, omillar (ma’lumotlar) majmuidir.
7.35-rasm. Ekspert tizimining bilimlar bazasi
239
Axborot ta’minotining alohida yaxlit strukturasi koʻrinishida
yaqqol koʻzga tashlangan va tashkil etilgan predmet sohasi
haqidagi bilim boshqa bilim turlaridan, masalan, umumiy bilimdan
ajralib turadi. Bilimlar bazasi asosiy ekspert tizimi sanaladi.
Bilimlar fikrlash va vazifalarni hal etish usuliga imkon beruvchi
aniq
koʻrinishda
ifodalanadi
va
qaror
qabul
qilishni
soddalashtirishga koʻmaklashadi. Ekspert tizimining asosligini
ta’minlovchi bilimlar bazasi tashkilotning boʻlinmalaridagi
mutaxassislar bilimini, tajribasini oʻzida mujassamlashtiradi va
institutsional
bilimlarni
(ixtisoslashganlar
majmuini,
yangilanayotgan strategiyalar, qarorlar uslublari) ifodalaydi.
Bilim va qoidalarni turli aspektlarda koʻrib chiqish mumkin:
chuqur va yuzaki;
sifat va miqdoriy;
taxminiy (noaniq va aniq);
muayyan va umumiy;
tavsifiy
va
koʻrsatma
(yoʻl-yoʻriq
beruvchi).
Foydalanuvchilar bilim bazasini samarali boshqaruvi qarorlarini
olish uchun qoʻllashlari mumkin.
Ma’lumotlar bazalarining faoliyati va strukturasi. 7.34-rasmda
ma’lumotlar bazasi strukturasi va uning faoliyati tasvirlangan.
Ekspert – bu muayyan predmet sohasida samarali yechim topa
oluvchi mutaxassis.
Bilimlarni
oʻzlashtirish bloki ma’lumotlar bazasining
toʻplanishini, bilim va ma’lumotlar modifikatsiyasi bosqichini aks
ettiradi. Bilimlar bazasining fikrlash darajasidagi yuqori sifatli
tajribadan foydalanish imkoniyatini aks ettiradi.
7.36 – rasm. Ekspert tizimlarida ma’lumotlar bazasi strukturasi
Fodalanuvchi
Tushintirish
bloki
Mantiqiy
xulosa bloki
Ekspert
Bilimlarni
o‘
zlashtirish
bloki
Bilimlar
bazasi
240
Mantiqiy xulosalar bloki qoidalarni faktlar bilan qiyoslagan
holda xulosalar mantiqini yuzaga keltiradi. Unchalik ishonchli
boʻlmagan ma’lumotlar bilan ishlash chogʻida noaniq mantiqan
zaif ishonch yuzaga keladi.
Tushuntirish (izohlash) bloki foydalanuvchining texnologiyada
bilimlar bazasidan foydalanish ketma-ketligini aks ettiradi va
«nima uchun?» degan savolga javob beruvchi xulosaga keladi.
Hozirgi vaqtda bilimlar bazasining joriy etilishi kasbiy
bilimlarning toʻplanish sur’ati bilan belgilanadi.
Kasbiy faoliyatni shakllantiruvchi, ya’ni kompyuter bazasida
avtomatlashtira-
digan qismi – bu inson tomonidan toʻplangan bilimlarning
uncha katta boʻlmagan qismidir. Toʻplangan bilimlarning kattagina
qatlamini yakka tartibda yigʻiladigan bilimlar tashkil etadi.
Bilimlarni strukturalashtirish yoki rasmiylashtirish bilimlarni
taqdim etishning turli usullarira asoslangan. Zamonaviy axborot
tizimlarida eng koʻp faktlar va qoidalar usulidan foydalaniladi.
Ular ayrim predmet sohalaridagi jarayonlarni bayon etishning
tabiiy usulini bayon etadi.
Qoidalar odatda tavsiya, koʻrsatma, strategiyalarni taqdim
etishning formal (rasmiyatchilik) usulini ta’minlaydi. Ular agar
predmet bilimlari biror sohadagi masalani yechish boʻyicha
toʻplangan amaliy tasavvurlardan paydo boʻlgandagina toʻgʻri
keladi. Qoidalar koʻpincha «Agar bu...» xilidagi tasdiq koʻrinishda
ifodalanadi. Bilimlar bazasida predmet sohasini bayon etish
ma’lumotlarni tashkil etish va taqdim etish, vazifalarni
shakllantirish, qayta shakllantirish va yechish usullarini ishlab
chiqishni nazarda tutadi. Predmet sohasi tushunchasi (obyektlari)
ramzlar yordamida tasavvur qilinadi. Masalan, bu ramz bank tizimi
uchun mijoz, jamgʻarma vositasi, operatsiya, vazifa va shu kabilar
boʻlishi mumkin. Tushunchalarni manipulyatsiya qilish uchun
munosabatlar aniqlanadi, turli strategiyalar (mantiqiy yoki tajriba
natijasida olingan) qoʻllaniladi. Bilimlarni taqdim etish, ularni
tarkiblashtirish tushunchalarni, murakkab, oddiy boʻlmagan
vazifalarni nazarda tutadi. Buning uchun qoidalar ham bilimlar
bazasida murakkab yoki koʻp miqdorda va hajmda boʻladi.
241
Ekspert tizimlari shunday ishlab chiqiladiki, bunda yechim
tanlash mantiqini asoslash va oʻrgatish hisobga olinadi. Koʻpgina
ekspert tizimlarida tushuntirish (izohlash) mexanizmi boʻladi.
Mazkur mexanizm qanday qilib tizim ushbu qarorga kelganini
tushuntirish uchun zarur boʻlgan bilimlardan foydalanadi. Bunda
ekspert tizimini qoʻllash, undan foydalanish va harakat chegarasini
aniqlash juda muhimdir.
Axborot texnologiyasining ekspert tizimida foydalaniladigan
asosiy
komponentlari
(tarkibiy
qismlari)
quyidagilar:
foydalanuvchining interfeysi, bilimlar bazasi, interpretator, tizimni
yaratish moduli (7.35-rasm).
7.37 – rasm. Ekspert tizimining tarkibiy qismi
Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga
buyruq va axborot kiritish, hamda uning buyrugʻi orqali chiqadigan
axborotni olish uchun foydalaniladi. Buyruqlar oʻz ichiga
bilimlarni qayta ishlash jarayoni boshqarmaydigan parametrlarini
oladi.
Foydalanuvchi
Foydalanuvchining
interfeysi
Interpretator
Bilimlar
bazasi
Muammoli
soha
Tizimli yaratish
moduli
Bilim b
o‘
yicha
ekspert va
mutaxassis
242
Foydalanuvchi
axborotni
kiritishning
toʻrtta
uslubidan
foydalanishi mumkin: menyu, buyruq, tabiiy til, shaxsiy interfeys.
Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida
nafaqat qarorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini
ham koʻrib chiqadi.
Odatda ikki xil tushuntirish farqlab koʻrsatiladi. Ya’ni:
soʻroq
bo‘yicha
beriladigan
tushuntirish.
Bunda
foydalanuvchi har qanday paytda ekspert tizimidan oʻz xatti-
harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;
muammolarni
hal
etishdan
olgan
tushuntirish.
Foydalanuvchi yechimni olgandan soʻng, u qanday olingani
toʻgʻrisida izoh talab qilishi mumkin. Tizim esa masalani
yechishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak.
Mazkur
tizimlarning
foydalanish
interfeysi
doʻstona
munosabatda boʻladi. Ya’ni, u siz bilan «suxbatlashish» chogʻida
qiyinchiliklar tugʻdirmaydi.
Dostları ilə paylaş: |