Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149
Axborot texnologiyalari

MATLAB bloklari kutubxonasi. 
U kompyuter elementi bilan 
boshqariluvchi muhit boʻlib, raqamli boshqaruv tizimi, elementlari 
va uskunalarida sodir boʻluvchi jarayonlarni diagrammalar blokini 
kompyuter ekraniga oʻrnatish va ularni manipulyatsiyalash bilan 
modellashtirish imkonini beradi. 
Blocksets dasturi Simulink dasturiga qoʻshimcha boʻlib, 
raqamli boshqaruv tizimi, elementlari va uskunalari ma’lumotlari 
bilan ta’minlab beruvchi maxsus ilovalar kutubxonasi blokidir. 
Real – Time – Workshop dasturi turli tizimlar, elementlar va 
uskunalar uchun S kod bilan diagrammalar blokini ishlab chiquvchi 
va real vaqtda ularni ishga tushiruvchi dasturdir. 
Look-Up Table bir oʻlchovli tablitsa bloki. 
Vazifasi: 
Bir oʻzgaruvchining funksiyasini tablitsa koʻrinishini beradi. 
Parametrlar: 
1.
Vector of input values – Kirish signalining miqdorini 
vektori.
235


Masalan, u diskret miqdorlar koʻrinishida – (misol, [1 2 7 9]), 
yoki uzluksiz diopazon koʻrinishida beriladi. (misol, [0:10]). 
2.
Vektor elementlari yoki oʻzgarish diapazoni ifoda 
koʻrinishida berilishi mumkin. 
Masalan, [tan(5) sin(3)]. 
Vector of output values – kirish vektorining qiymatiga mos 
chiqish vektorining qiymati.
7.33-rasmda Look-Up Table
 
blokidan foydalanishga misol 
keltirilgan. 
Misol [-5:5] – kirish vektorining miqdorlari vektori, tanh([-
5:5]) esa chiqish vektorini miqdorlari. 
7.33-rasm. Look-Up Table
 
blokidan foydalanishga misol 
 
Look-Up Table (2D) ikki oʻlchovli jadval bloki
 
Vazifasi: 
Ikki oʻzgaruvchining funksiyasini tablitsa koʻrinishida beradi. 
Parametrlari:
1.
Row – birinchi argumentning Vektor qatori miqdorlari. 
Vector of input values- bir oʻlchovli tablitsa koʻrinishida beriladi. 
Vektorning elementlari ortib borishi koʻrinishida tartiblangan 
boʻlishi kerak. 
2.
Column – ikkinchi argumentning ustun vektori miqdorlari 
oldingi parametrga mos koʻrinishda beriladi. 
3.
Table – Funksiya qiymatlari tablitsasi matritsa koʻrinishida 
beriladi. Qatorlar soni 
vector Row
ning elementlar soniga teng 
236


boʻlishi kerak. Ustunlar soni esa 
vector Column
ning elementlar 
soniga teng boʻlishi kerak. 
Jadval – 7.1. Funksiyaning miqdorlarini formalash. 
Ikkinchi argument (Column) 



Birinchi 
argument 
(Row) 

10 
20 
30 

40 
50 
60 

70 
80 
90 
Keltirilgan jadval uchun blok parametrlari miqdorlari 
quydagicha hosil qilingan: 
Row – [2 4 8], 
Column – [3 7 9] , 
Table – [10 20 30;40 50 60;70 80 90] . 
7.34-rasmda. Look-Up Table (2D) blokidan foydalanish misoli 
keltirilgan. 
Blokning parametrlari 1 chi jadvalga mos keladi. 
7.34-rasm Look-Up Table (2D) blokidan foydalanishga misol

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin