Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149
Axborot texnologiyalari

Tizimni yaratish moduli.
U qoidalar toʻplamini yaratish uchun 
xizmat qiladi.
Tizimni yaratish modulining asosi boʻlgan ikkita yondoshuv 
mavjud dasturlashtirishning algoritmik tilidan foydalanish va 
ekspert tizimi qobigʻidan foydalanish.
Ekspert tizimi muhiti
. Tegishli bilimlar bazasini yaratish 
orqali ma’lum bir muammoni hal etishga moslashgan tayor 
dasturiy muhitni ifodalaydi. Koʻpgina xollarda qobiqdan 
foydalanish dasturlashdan tezkor va osonroq tarzda ekspert tizimini 
yaratish imkonini beradi.
Ekspert tizimining afzalliklarini tajribali mutaxassislarga 
qiyoslab shunday bayon etish mumkin:
• erishilgan puxta bilim, asos boʻlolmaydi, u hujjatlashtirishi, 
uzatilishi, ijro etilishi va koʻpayishi mumkin;
• nisbatan mustahkam natijalarga erishiladi, insondagi hissiy va 
shu kabi boshqa ishonchsiz omillar boʻlmaydi;
• tizimning ishlab chiqish qiymati yuqori, lekin ekspluatatsiya 
qiymati past. Umuman qiyoslaganda esa u yuqori malakali 
mutaxassislardan koʻra arzonroqqa tushadi.
Yangi qoida va konsepsiyalarga, ijodkorlik va ixtirochilikka 
unchalik 
moslashmaganligi 
hozirgi 
ekspert 
tizimining 
kamchiligidir. 
Koʻp 
xollarda 
bu 
tizim 
yuqori 
malakali 
mutaxassislar oʻrnini bosa oladi, ammo ba’zan past malakali 
ekspertga muhtojli joylar ham boʻlib turadi. Ekspert tizimi eng 
244


oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini kengaytirish va 
koʻpaytirish vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar 
darajasidagi bilimni namoyish etmogʻi kerak. Tizim yaxshi 
yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng 
aniqlaydi.
Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga 
erishish uchun zarur boʻlgan dasturlarni ishlab chiqishga 
moʻljallangan.
Bashoratlovchi ekspert tizimlari oʻtmish va bugunning 
voqealariga asoslanib kelajak senariysini oldindan aytib bermogʻi, 
ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak. 
Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik 
parametrik modellar qoʻllaniladi.
Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan xodisalarning 
normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar 
toʻplami tahlil uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Ular yordamida 
etalon hatti-harakatdan chetlanish aniqdanadi va tashxis qoʻyiladi.
Oʻrgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan 
sohada tashxis qoʻyish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. 
Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat toʻgʻrisidagi farazni 
yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlashni 
talab etiladi.
Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga 
keladi:
• xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada toʻliq 
boʻlishini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va 
ma’lumotlar tuzilmasida ularning oʻzaro aloqasini oʻrnatish, 
shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va 
foydalanishni talab etadi;
• ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va 
tegishli mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, 
mutaxassislar bilimi — bu shunchaki ma’lumot va faktlar 
yigʻindisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasavvur etish 
uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish 
245


tizimni oʻta darajada «keskin» qilib qoʻyadi va u yangi 
elementlarni qoʻshish uchun «yopiq» boʻlib qoladi;
• yechiladigan masala tuzilmasining extimollik xususiyati va 
bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish 
mumkinligi.
Ekspert tizimiii yaratish quyidagi talablar mavjud holatda 
maqsadga muvofiqdir:
• tizimga oʻz bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
• ekspertlar vazifani hal etishning oʻz uslublarini bayon etishi 
mumkin boʻlgan muammoli sohaning mavjudligi;
• koʻpchilik ekspertlarning mazkur muammoda yechimlar 
oʻxshash boʻlishi;
• muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki 
murakkab boʻlishlari, yoki mutaxassis boʻlmagan foydalanuvchi 
hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
• masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va 
bilimning boʻlishi;
• predmet sohasida axborotning toʻliq boʻlmasligi va 
oʻzgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qoʻllash.

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin