Internetga bogʻlanish. Internet tarmogʻiga oddiy telefon
tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish
mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem
qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham
foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga
ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan soʻng
telefon tarmogʻi boʻshatiladi va unda boshqa foydalanuvchi
foydalanishi mumkin. Bu turdagi boʻgʻlanish Dial-up deb ataladi.
Telefon liniyasi orqali “Chaqiruv” boʻyicha Internetga
bogʻlanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan
mijoz oʻrtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy
nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga
toʻgʻridan-toʻgʻri ulanadi.
Bundan tashqari telefon liniyasi orqali alohida kanal
yordamida
bogʻlanish
mumkin.
Bu
turdagi
bogʻlanish
oʻkazuvchanlikni oshiradi, hamda bir vaqtning oʻzida ham
telefondan ham Internetdan foydalanish imkonini beradi. Bu
turdagi ulanish ADSL deb ataladi.
Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak boʻlsa, u
holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi
operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi
shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur. Buning
qulayliy tomonlari ixtiyoriy joydan Internet tarmogʻiga bogʻlanish
mumkin boʻladi.
Agar mobil telefonning oʻzida turib Internetga bogʻlanish kerak
boʻlsa, u holda Internet xizmatlarini koʻrsatuvchi mobil
operatorning mijozi (GSM, CDMA) boʻlishingiz va unda Internet
xizmati yoqilgan boʻlishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari
yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi
internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa
yordamida
Internetga
ulanish
uchun
3G
texnologiyadan
foydalaniladi, uning koʻchirib olish tezligi 14mb/sek. Undan
257
tashqari hozirda yangi va tezroq texnologiya 4G hisoblanib, uning
koʻchirib olish tezligi 100 mb/sek
63
.