Global tarmoq strukturasi sifatida “Daraxtsimon” (gibrid)
topologiyani misol qilish mumkin.
Har bir topologiyani alohida koʻrib chiqamiz:
Shinasimon topologiya.
Bunda barcha kompyuterlar umumiy
aloqa kanaliga ketma-ket ulanadi.
Har bir kompyuter shinadan
boshqa bir kompyuter bilan bogʻlanish uchun foydalanadi.
Bu turdagi topologiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat:
tarmoqni oʻrnatishga kam vaqt ketadi;
arzon (kam kabel va qurilmalar ketadi);
oson sozlash.
8.3-rasm. Shinasimon topologiya
Bu turdagi topologiyaning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
tarmoqdagi har qanday nosozliklar (kabelning uzilishi)
tarmoqning ishdan chiqishiga olib keladi;
nosozliklarni lokallashtirishning murakkabligi;
yangi ishchi stansiyalarning ulanishi tarmoq tezligini
pasaytiradi.
Halqasimon topologiya.
Barcha kompyuterlar
ketma-ket halqa
boʻylab bir-biri bilan bogʻlanadi. Unda har bir kompyuter aloqa
liniyalari orqali boshqa ikkinchi kompyuter bilan bogʻlanadi.
Bunda bitta kompyuterdan faqat ma’lumot olish, ikkinchisidan
faqat uzatish uchun foydalaniladi.
Topologiyani hosil qilishda foydalaniladigan vositalar:
Kompyuter
tarmoq platasi;
Kabel;
Konnektor.
Bu turdagi topologiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat:
253
oson oʻrnatish;
qoʻshimcha qurilmalarning yoʻqligi;
tarmoq intensiv ishlaganda uning turgʻun ishlashi.
Bu turdagi topologiyaning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
bitta ish stansiyasining ishdan chiqishi tarmoqning ishlashiga
ta’sir etadi;
murakkab konfiguratsiya va sozlash;
nosozliklarni qidirishning murakkabligi.
8.4-rasm. Halqasimon topologiya
Yulduzsimon topologiya.
Yulduzsimon strukturada barcha
kompyuterlar bir-biri bilan aloqa
qilish uchun markaziy uzel
(komutator) orqali ulanadi.
8.5-rasm. Yulduzsimon tarmoq
Bu turdagi topologiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat:
bitta ish stansiyasining ishdan chiqishi tarmoqning
ishlashiga ta’sir etmaydi (axborot almashinuvi toʻxtamaydi);
tarmoqning yaxshi masshtablashtirilganligi;
254
tarmoqdagi nosozliklarni oson
qidirish;
tarmoqning yuqori unumdorligi;
qulay administrlashtirish imkoniyatlari.
Bu turdagi topologiyaning kamchiliklari quyidagilardan iborat:
markaziy komutatorining (konsentrator) ishdan chiqishi
butun tarmoqning (yoki segmentning) ishdan chiqishiga olib
keladi;
tarmoqni montaj qilishda boshqa topologiyalarga qaraganda
koʻproq
kabel ketadi;
tarmoqdagi (yoki segmentdagi) ishchi stansiyalar soni
markaziy komutatorining (konsentrator) portlar soni bilan
chegaralangan.
Daraxtsimon struktura.
Katta
tarmoqlarda kompyuterlar
orasida erkin aloqa oʻrnatish uchun ishlatiladigan topologiya.
Ushbu strukturada barcha kompyuterlar bir-biri bilan tarmoqlangan
kanallar orqali bogʻlanadi. Shuning uchun bunday tarmoqlarni
aralash topologiyali tarmoqlar deyiladi.
8.6-rasm. Daraxtsimon tarmoq
Dostları ilə paylaş: