yuklab olish kerak boʻlsa, u holda fayllarni yuklab olishga
moʻljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari
manzili
. Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda
joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL (Universal Resource
Location – resursning universal adresi) deb ataladi.
Internetdagi
manzil odatda quyidagi elementlardan tarkib topadi: resursdan
foydalanish protokoli (masalan, http://, ftp://)
va domen nomi
(masalan, domain.uz). Internetdagi manzil,
shuningdek, URL-
manzil deb ham ataladi.
Kompyuter
domen
manzilining
namunaviy
koʻrinishi
quyidagicha:
http://www.tdtu.uz,
http://www.mk.uz.
Odatda,
hujjatlarda manzilni anglatuvchi ma’lumotlarning tagiga chiziladi.
Namunadan koʻrinib turibdiki,
kompyuter manzili bir necha
qismlardan iborat. Oʻng tomondan manzilning birinchi qismi
(namunada uz) domenning birinchi
sathi deb qabul qilinadi,
keyingisi (namunada tdtu) – domenning ikkinchi sathi va hokazo.
Internetda manzillar koʻp qavatli domen tizimida qurilgan. Birinchi
sath domenlar umumjahon mavzular yoki geografik joylar boʻyicha
nomlanadi.
Saytlar nomlari quyidagicha umumiy koʻrinishda ifodalanadi:
http://www. sayt nomi. sayt sohasi. davlat kodi.
Dostları ilə paylaş: