tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro
hamkorligi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
axborotlarni
idoralararo
elektron
ayirboshlashni
birxillashtirish.
Oʻtgan vaqt mobaynida Portal yangi ma’lumotlar bilan
toʻldirilib kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni
mukammallashtirish, foydalanuvchi-lar qulayligi uchun doʻstona
interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari
faoliyati toʻgʻrisida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish
boʻyicha ishlar olib borildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2009-yil 20-
yanvardagi “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada
rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”
PQ-1041- sonli qaroriga asosan “Qoʻshimcha modullar kiritilgan
yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga tushirish”
loyihasini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi
Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009-yil 1-
oktyabrdagi Internet tarmogʻida asosiy domen www.gov.uz manzili
boʻyicha joylashtirildi.
Dostları ilə paylaş: