Internet konferensiyalar.
Internet konferensiyalar – bu
muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining
Internet tarmogʻi orqali konferensiya aloqasi yordamida oʻzaro
axborot almashinish jarayonidir. Telekonferensiya oʻz ichiga
konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter
konferensiyalarini oladi. Audiokonferensiyalarni oʻtkazishning eng
oddiy texnika vositasi soʻzlashuvda ikkitadan koʻp ishtirokchi
qatnashuvini ta’minlaydigan qoʻshimcha qurilmalar bilan
jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Videokonferensiya
jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada boʻlgan uning
ishtirokchilari
televizor
ekranida
oʻzlarini
va
boshqa
ishtirokchilarni koʻrib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda
ovoz ham eshitilib turadi.
Veb-sahifa tushunchasi va shakli.
Internet manzili (URL)
bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning
tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik, xodisa yoki obyekt
toʻgʻrisida ma’lumotlarni oʻzida jamlagan ma’lumotlar faylidir.
Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat boʻlsa, veb saytlar esa
oʻz navbatida sahifalardan iborat boʻladi. Fizik nuqtai nazardan u
HTML turidagi fayldir. Veb sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va
dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat boʻlishi mumkin.
Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan boʻlishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: