Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149
Axborot texnologiyalari

Yuklash 
va 
koʻchirib 
olish 
(upload, 
download) 
tushunchalari. 
Internet tarmogʻida ma’lumotlar bilan ishlash 
vaqtida

Upload” va “Download” tushunchalariga juda koʻp duch 
kelinadi. Ushbu terminlarga quyidagi tushunchalarni keltirish 
mumkin:
 
Upload 
yuklab 
qoʻyish. 
Ma’lumotlarni 
(fayllarni) 
kompyuterdan tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterga 
yoki serverga yuklab qoʻyish. 
Download yuklab olish. Ma’lumotlarni (odatda faylni) 
tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan 
oʻz kompyuteriga yuklab olish. 
261


Internet konferensiyalar. 
Internet konferensiyalar – bu 
muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining 
Internet tarmogʻi orqali konferensiya aloqasi yordamida oʻzaro 
axborot almashinish jarayonidir. Telekonferensiya oʻz ichiga 
konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter 
konferensiyalarini oladi. Audiokonferensiyalarni oʻtkazishning eng 
oddiy texnika vositasi soʻzlashuvda ikkitadan koʻp ishtirokchi 
qatnashuvini ta’minlaydigan qoʻshimcha qurilmalar bilan 
jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Videokonferensiya 
jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada boʻlgan uning 
ishtirokchilari 
televizor 
ekranida 
oʻzlarini 
va 
boshqa 
ishtirokchilarni koʻrib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda 
ovoz ham eshitilib turadi.
Veb-sahifa tushunchasi va shakli. 
Internet manzili (URL) 
bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning 
tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik, xodisa yoki obyekt 
toʻgʻrisida ma’lumotlarni oʻzida jamlagan ma’lumotlar faylidir. 
Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat boʻlsa, veb saytlar esa 
oʻz navbatida sahifalardan iborat boʻladi. Fizik nuqtai nazardan u 
HTML turidagi fayldir. Veb sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va 
dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat boʻlishi mumkin. 
Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan boʻlishi mumkin. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin