Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149
Axborot texnologiyalari

Veb-sayt tushunchasi va shakli. 
Sayt inglizchadan joy, 
joylashish degan ma’nolarni anglatib, umumjaxon oʻrgimchak toʻri 
ma’lum axborotni topish mumkin boʻlgan va noyob URL manzillar 
bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil veb-saytning bosh 
sahifasi manzilini koʻrsatadi. Oʻz navbatida, bosh sahifada veb-
saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari 
mavjud boʻladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, 
texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va 
boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan boʻlishi mumkin.
Veb portal tushunchasi.
Veb portal
 
(inglizcha “portal” – 
darvoza soʻzidan olingan) – bu Internet foydalanuvchisiga turli 
interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va h.k) 
koʻrsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (koʻp mavzularni 
qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bagʻishlangan, masalan 
262


avtomobil portali, yangiliklar portali), halqaro va mintaqaviy 
(masalan uznet yoki runetga tegishli boʻlgan), shuningdek 
ommaviy va korporativ boʻlishi mumkin. 
Veb saytlarning toifalari va vazifalari. 
Veb saytlarning 
asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va 
xodisa haqida ma’lumot beradi. Internet tarmogʻida mavjud 
boʻlgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin: 

Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, 
ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, 
masalan: edu.uz, eduportal.uz 

Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama 
agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
 

Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet doʻkonlar, 
internet toʻlov tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari 
kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com
 

Koʻngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter 
oʻyinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va 
kinonamoyishlarga bagʻishlangan saytlarni kiritish mumkin, 
masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
 

Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, 
doʻstlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va oʻzaro muloqot 
oʻrnatishga bagʻishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: 
facebook.com, odnoklassniki.ru

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin