Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “Oʻzbekiston
Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmogʻini
tashkil etish
toʻgʻrisida”gi 2005-yil 28-sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil
topgan.
ZiyoNET tarmogʻining asosiy maqsadi ta’lim
tizimida
respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish
jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan
iborat.
ZiyoNET axborot ta’lim tarmogʻi
yoshlarni, murabbiylarni,
shuningdek aholining turli qatlamini
kerakli axborot bilan
ta’minlash, axborot texnologiyalari sohasida kerakli ma’lumotlarni
berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur
imkoniyatlarni yaratib berishni oʻz zimmasiga oladi.
8.11-rasm. ZiyoNET portali
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari.
Internet –
halqaro tarmogʻining asosini elektron pochta (E-mail)
xizmati
tashkil qiladi. Elektron pochta maxsus dastur boʻlib, uning
yordamida Internet tarmogʻi orqali dunyoning
ixtiyoriy joyidagi
elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir
necha soniya va daqiqalarda) joʻnatish va qabul qilib olish
266
mumkin. Xar kuni elektron pochta
serverlari orqali halqaro
elektron pochta tizimi yordamida milliardlab xatlar joʻnatiladi
64
.
Xabar va pochta qutisi tushunchalari.
Xabar, umuman
olganda, foydalanuvchi pochta orqali yuborishi kerak boʻlgan
ma’lumot hisoblanadi. Pochta serveri oʻzining
matn terish
oynachasiga ega boʻlib, xabarni shu oynada yozish mumkin.
Pochta qutisi – bu foydalanuvchi uchun elektron pochta
xizmatini taqdim etuvchi kompyuterda qayd qilingan nomdir.
Ushbu
nom
kompyuter
xotirasida
papka
koʻrinishida
shakllantiriladi va u oʻzida kiruvchi
va chiquvchi xabarlarni
vaqtinchalik saqlaydi. Elektron pochta manzillaridagi elektron
pochta manzili belgisidan (nomi@quti.domen) oldin kelgan
yozuv
pochta qutisi nomini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: