Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149
Axborot texnologiyalari

Xabarlarning turlari. 
Xabarlar turli koʻrinishda boʻlishi 
mumkin masalan: matn, grafik, rasm, ovoz va video ma’lumotlar. 
Yuborilishi rejalashtirilayotgan ma’lumotlarning hajmi boʻyicha 
ham chegaralanish mavjud. Har bir pochta provayderi oʻzining 
siyosatiga ega boʻlib, bitta xabarga qoʻshimcha 10, 20 Mb 
hajmgacha boʻlgan ma’lumotlarni yuborishni ta’minlaydi. 
Elektron pochta manzili. 
Elektron manzil “@” belgisi bilan 
ajratilgan ikki qismdan iborat, ya’ni manzilgoh @ foydalanuvchi 
nomi. 
Elektron 
manzilga 
misol 
tariqasida. 
mk@tdtu.uz, 
mk@gmail.com larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar “mk” 
nomli ishlatuvchining http://mail.tdtu.uz, http://google.gmail.com 
pochta serverida joylashgan pochta qutisi hisoblanadi.
Milliy elektron pochta xizmatlari. 
Hozirgi kunda milliy 
pochta xizmatlari ham ancha rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistondagi 
har bir Internet provayder oʻzining pochta serveri va xizmatiga ega 
boʻlib, asosan oʻzining mijozlariga xizmat koʻrsatadi, ularning 
ichidan mail.uz, inbox.uz kabilari ochiq hisoblanadi va bu tizimdan 
xoxlovchilar bepul foydalanib xat va xabarlar joʻnatib qabul 
qilishlari mumkin. 
64
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 472-473. 
267


Halqaro pochta xizmatlari: 
Elektron pochta orqali ma’lumot 
yuborish uchun elektron pochta xizmati foydalaniladi. Bular 
mail.ru, yahoo.com, yandex.ru, gmail.com va hokazo. Bu turdagi 
elektron pochta xizmatlari foydalanuvchilarga qulayliklar olib 
keladi. 
Forum tushunchasi. 
Veb-forum veb saytga tashrif 
buyuruvchilarining oʻzaro muloqotini tashkil etish uchun 
moʻljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmuidir. 
Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari 
muloqot oʻrnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi 
forum veb saytiga tashrif buyurib, oʻzini qiziqtirgan mavzuni 
oʻrtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari 
bilan muhokama qilishlari mumkin. Qatnashuvchilar muzokara 
bilan tanishib oʻz fikrlarini joʻnatishlari mumkin. Bu usulda siz 
muhokamada qatnashayotganlarni koʻrmaysiz, faqatgina ularning 
fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli – tuman 
mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, 
ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin