avtomobil portali, yangiliklar portali), halqaro va mintaqaviy
(masalan uznet yoki runetga tegishli boʻlgan), shuningdek
ommaviy va korporativ boʻlishi mumkin.
Veb saytlarning toifalari va vazifalari.
Veb saytlarning
asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va
xodisa haqida ma’lumot beradi. Internet tarmogʻida mavjud
boʻlgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari,
ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi,
masalan: edu.uz, eduportal.uz
Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama
agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet doʻkonlar,
internet toʻlov tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari
kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com
Koʻngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter
oʻyinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va
kinonamoyishlarga bagʻishlangan saytlarni kiritish mumkin,
masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish,
doʻstlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va oʻzaro muloqot
oʻrnatishga bagʻishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan:
facebook.com, odnoklassniki.ru
Dostları ilə paylaş: