Axborotni uzatish va qabul qilish. Tarmoq har doim bir
nechta kompyuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri oʻz
axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot
uzatish va qabul qilish kompyuterlar oʻrtasida navbat bilan amalga
oshiriladi. Shuning uchun, har qanday tarmoqda axborot
almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa oʻz navbatida kompyuterlar
oʻrtasidagi axborot toʻqnashishi va buzilishini oldini oladi yoki
bartaraf qiladi.
Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan soʻng undagi
barcha
kompyuterlarning
manzillari
belgilanadi.
Chunki
axborotlarni tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish
kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi. Joʻnatilayotgan
axborotga oddiy hayotimizdagi xat joʻnatish jarayoni kabi
uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari koʻrsatiladi va tarmoqqa
uzatiladi. Har bir kompyuter kelgan axborotdagi qabul qiluvchi
manzilini oʻzining manzili bilan solishtiradi, agar manzillar mos
kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul
qilib olganligi toʻgʻrisida tasdiq yoʻllaydi. Xuddi shu tariqa
kompyuterlararo axborot almashiniladi.
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sigʻimi. Ma’lum vaqt oraligʻida aloqa muhitlari orqali
uzatiladigan axborot hajmi – uning uzatilish tezligini belgilaydi.
Har qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik
tushunchasi va uning oʻlchov birliklari mavjud boʻlganidek,
axborotning ham uzatish tezligi, hamda oʻlchov birliklari
mavjuddir, bular:
Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan
bitlar soni;
Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan
minglab yaxlitlangan bitlar soni;
Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan
millionlab yaxlitlangan bitlar soni;
Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan
milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.
250
Axborot kanallarining sigʻimi ular orqali ma’lum vaqt
oraligʻida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu oʻz
navbatida axborot kanallarining oʻtkazish qobilyatini anglatadi.