Simsiz aloqa tarmoqlari. Wi-Fi – (Wireless Fidelity) – IEEE
802.11 simsiz aloqa standarti
61
. Bino ichida 40 metrgacha bino
tashqarisida 100 metrgacha boʻlgan masofada kompyuter va mobil
tarmoq platalari, qurilmalari va ulanish nuqtalari oʻrtasidagi
aloqani ta’minlaydi va Internet tarmogʻiga ulanish imkoniyatini
beradi.
61
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. p 444-445.
255
WiMAX – (Worldwide Interoperability for Microwave Access)
– IEEE 802.16 standarti. Bir va koʻp nuqtalar oʻrtasida (mobil
nuqtalar bilan birgalikda) ma’lumotlarni simsiz uzatish
texnologiyasi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 75 Mbit/s gacha,
masofa 25-80 km gacha (masofa uzayishi bilan tezlik pasayadi).
8.2. Internet texnologiyalari Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida
faoliyat koʻrsatuvchi jahon global kompyuter tarmogʻidir
62
.
Internet alohida kompyuterlar oʻrtasida aloqa oʻrnatibgina
qolmay, balki kompyuterlar guruhini oʻzaro birlashtirish imkonini
ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga
ulangan boʻlsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi
(kompyuteri)
Internet
xizmatlaridan
foydalanish
mumkin.
Shuningdek, Internet tarmogʻiga mustaqil ravishda ulangan
kompyuterlar ham mavjud boʻlib, ularni xost kompyuterlar deb
atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter oʻz manziliga ega
va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan
foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.
Internet tarmogʻining tuzilishi. Internet oʻz – oʻzini
shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim boʻlib, asosan
uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
texnik;
dasturiy;
axborot.
Internet tarmogʻining texnik ta’minoti har xil turdagi
kompyuterlar, aloqa kanallari hamda tarmoqning texnik vositalari
majmuidan tashkil topgan.
Internet tarmogʻining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi)
tarmoqga ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini
yagona standart asosida ishlashni ta’minlovchi dasturlardir.
Internet tarmogʻining axborot ta’minoti Internet tarmogʻida
mavjud boʻlgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv,
62
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. p 444-445.
256
video tasvir, veb-sayt va hokazo koʻrinishdagi axborotlar
majmuasidan
tashkil
topgan.
Internet tarmogʻida kerakli
ma’lumotlarni tezkor toppish mumkin.