Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149
Axborot texnologiyalari

Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. 
Kompyuter 
tarmogʻi (NetWork, net – tarmoq va work – ishlash) – bu 
kompyuterlar oʻrtasida axborotlar almashish tizimidir. 
Kompyuterlarning oʻzaro turli ma’lumotlar, programmalar 
almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi. 
Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish 
imkoniyati vujudga keladi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida 
foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil 
qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish 
imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni 
ma’lum 
bir 
vazifani 
bajarishga 
ixtisoslashtirish 
va 
kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda 
foydalanish, 
hamda 
butun 
dunyo 
kompyuterlarini 
oʻzida 
birlashtirgan Internet tarmogʻiga bogʻlanish mumkin. 
248


Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi
masshtabi, hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish 
mumkin, masalan
58

Lokal tarmoq
 
(Lokal Area Network)- bir korxona yoki 
muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni oʻzaro 
bogʻlagan tarmoq.
 
Mintaqaviy tarmoq (Metropolitan Area Network) –
 
mamlakat, 
shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal 
tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali 
oʻzaro bogʻlagan tarmoqlar.
 
Global tarmoq (Wide Area Network) – oʻziga butun dunyo 
kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini 
telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yoʻldosh) aloqalari 
tarmogʻi orqali bogʻlagan yirik tarmoq. 
Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar.
Kompyuter tarmoqlari 
axborotlarni signallar koʻrinishida uzatish va qabul qilishga 
ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun 
quriladi, ya’ni bogʻlangan kompyuterlar orqali biror masalalarni 
yechish 
uchun 
ixtisoslashtiriladi. 
Tarmoq 
xizmatlariga 
quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: 

Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar 
asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki 
oʻz ma’lumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish 
mumkin; 

Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar 
oʻz ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi 
orqali qogʻozga chop qilishi mumkin; 

Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha 
kompyuterlar joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir 
vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin

Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda 
tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd 
qilingan foydalanuvchilarning 
58
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
Ltd, United Kingdom. 2014. p 444-445. 
249


tarmoqda oʻzini tutishi, hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va 
nazorat qilinadi. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin