Kompyuter tarmoqlarini
ularning geografik joylashishi,
masshtabi, hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish
mumkin, masalan
58
:
Lokal tarmoq
(Lokal Area Network)-
bir korxona yoki
muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni oʻzaro
bogʻlagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoq (Metropolitan Area Network) –
mamlakat,
shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal
tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali
oʻzaro bogʻlagan tarmoqlar.
Global tarmoq (Wide Area Network) – oʻziga butun dunyo
kompyuterlarini, abonentlarini, lokal
va mintaqaviy tarmoqlarini
telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yoʻldosh) aloqalari
tarmogʻi orqali bogʻlagan yirik tarmoq.
Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar.
Kompyuter tarmoqlari
axborotlarni signallar koʻrinishida uzatish va qabul qilishga
ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror
maqsadga erishish uchun
quriladi, ya’ni bogʻlangan kompyuterlar orqali biror masalalarni
yechish
uchun
ixtisoslashtiriladi.
Tarmoq
xizmatlariga
quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar
asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki
oʻz ma’lumotlarini asosiy kompyuter xotirasiga joylashtirish
mumkin;
Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar
oʻz ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan
kompyuter boshqaruvi
orqali qogʻozga chop qilishi mumkin;
Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha
kompyuterlar joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir
vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan
foydalanishi mumkin;
Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda
tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd
qilingan foydalanuvchilarning
58
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. p 444-445.
249
tarmoqda oʻzini tutishi, hamda faoliyat
yuritishi belgilanadi va
nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: