oxiridagi foydalanuvchining kasb imkoniyatlarini
kengaytirish va
koʻpaytirish vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Bu tizim muayyan bir predmet sohasida mutaxassis-ekspertlar
darajasidagi bilimni namoyish etmogʻi kerak. Tizim yaxshi
yechimlarni kerakli darajada topa olmaydi, lekin predmetni keng
aniqlaydi.
Rejalashtiruvchi ekspert tizimlari ma’lum bir maqsadlarga
erishish uchun zarur boʻlgan dasturlarni
ishlab chiqishga
moʻljallangan.
Bashoratlovchi ekspert tizimlari oʻtmish va bugunning
voqealariga asoslanib kelajak senariysini oldindan aytib bermogʻi,
ya’ni berilgan vaziyatdan ishonchli natijalar chiqarishi kerak.
Buning uchun bashoratlovchi ekspert tizimlarida dinamik
parametrik modellar qoʻllaniladi.
Tashxislovchi ekspert tizimlari kuzatiladigan xodisalarning
normal emasligi sabablarini topish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar
toʻplami tahlil uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Ular yordamida
etalon hatti-harakatdan chetlanish aniqdanadi va tashxis qoʻyiladi.
Oʻrgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan
sohada tashxis qoʻyish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim.
Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat toʻgʻrisidagi
farazni
yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlashni
talab etiladi.
Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga
keladi:
• xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada toʻliq
boʻlishini ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va
ma’lumotlar tuzilmasida ularning oʻzaro aloqasini oʻrnatish,
shuningdek, kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va
foydalanishni talab etadi;
• ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va
tegishli mezonlarni ishlab chiqish.
Qiyinchilik shundaki,
mutaxassislar bilimi — bu shunchaki ma’lumot va faktlar
yigʻindisi emas. Ayrim elementlar munosabatini tasavvur etish
uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish
245
tizimni oʻta darajada «keskin» qilib qoʻyadi va u yangi
elementlarni qoʻshish uchun «yopiq» boʻlib qoladi;
• yechiladigan masala tuzilmasining extimollik xususiyati va
bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli
ishonchsiz natijalar olish
mumkinligi.
Ekspert tizimiii yaratish quyidagi talablar mavjud holatda
maqsadga muvofiqdir:
• tizimga oʻz bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
• ekspertlar vazifani hal etishning oʻz uslublarini bayon etishi
mumkin boʻlgan muammoli sohaning mavjudligi;
• koʻpchilik ekspertlarning mazkur muammoda yechimlar
oʻxshash boʻlishi;
• muammoli
sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki
murakkab boʻlishlari, yoki mutaxassis boʻlmagan foydalanuvchi
hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
• masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va
bilimning boʻlishi;
• predmet sohasida axborotning toʻliq boʻlmasligi va
oʻzgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qoʻllash.
Dostları ilə paylaş: