Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


Axborotni uzatish va qabul qilish



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   149
Axborot texnologiyalari

Axborotni uzatish va qabul qilish. 
Tarmoq har doim bir 
nechta kompyuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri oʻz 
axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot 
uzatish va qabul qilish kompyuterlar oʻrtasida navbat bilan amalga 
oshiriladi. Shuning uchun, har qanday tarmoqda axborot 
almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa oʻz navbatida kompyuterlar 
oʻrtasidagi axborot toʻqnashishi va buzilishini oldini oladi yoki 
bartaraf qiladi. 
Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan soʻng undagi 
barcha 
kompyuterlarning 
manzillari 
belgilanadi. 
Chunki 
axborotlarni tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish 
kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi. Joʻnatilayotgan 
axborotga oddiy hayotimizdagi xat joʻnatish jarayoni kabi 
uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari koʻrsatiladi va tarmoqqa 
uzatiladi. Har bir kompyuter kelgan axborotdagi qabul qiluvchi 
manzilini oʻzining manzili bilan solishtiradi, agar manzillar mos 
kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul 
qilib olganligi toʻgʻrisida tasdiq yoʻllaydi. Xuddi shu tariqa 
kompyuterlararo axborot almashiniladi. 
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot 
kanallari sigʻimi. 
Ma’lum vaqt oraligʻida aloqa muhitlari orqali 
uzatiladigan axborot hajmi – uning uzatilish tezligini belgilaydi. 
Har qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik 
tushunchasi va uning oʻlchov birliklari mavjud boʻlganidek, 
axborotning ham uzatish tezligi, hamda oʻlchov birliklari 
mavjuddir, bular: 

Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan 
bitlar soni; 

Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan 
minglab yaxlitlangan bitlar soni

Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan 
millionlab yaxlitlangan bitlar soni; 

Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan 
milliardlab yaxlitlangan bitlar soni. 
250


Axborot kanallarining sigʻimi ular orqali ma’lum vaqt 
oraligʻida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu oʻz 
navbatida axborot kanallarining oʻtkazish qobilyatini anglatadi. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin