Ikki nuqta qo‘yilgan o‘rinlarda pauza.
Uyushiq bo‘laklardan
oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi va
og‘zaki nutqda shu o ‘rinda m a’lum muddat to‘xtalish bo‘ladi. Shuning-
dek, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda biror gap boshqa gapni izohlasa,
uning sababi yoki natijasi ko‘rsatilsa ham, ikki nuqta qo‘yiladi. M a
salan:
Men bu yil universitetga о
‘qishga kira olmadim: imtihonlarga
yaxshi tayyorgarlik ко ‘rci olmagcinim menga pand berdi.
M ashq.
She’mi o ‘qib, pauzali o ‘rinlami belgilang va ifodali o ‘qishni
mashq qiling.
Qodir Egam bandalariga
Etmoq bo‘ldi g ‘ussani tasvir:
Kechdi yozning xandalaridan -
Kuzni bu tong ayladi asir.
G ‘ira-shira tong quchog‘ida
Hayron boqqa haydadi kuzni.
Jim sozida, mungli sozida
Bir ayriliq dunyosin tuzdi.
O, ayriliq! Bepoyon hijron!
0 ‘zing menda saltanat o ‘mat! -
Yuragimdan, qara, bepaymon
G ‘amlar borar ruhimga o ‘rlab,
Tugab barcha savolu so‘roq,
Charx tangriga some bu chog‘da:
Panjarasiz qoldi yurak, bog‘ -
Taqdir kirdi yuragu boqqa.
(Usmon Azim)
Tire belgisi qo‘yilgan o'rinlarda pauza.
Gap tarkibida tire qu
yidagi hollarda qo‘llanadi:
a) Ega kesim bilan bog‘lamasiz birikkanda;
b) Zidlik, shart, o ‘xshashlik mazmuni ifodalangan bogMovchisiz
qo‘shma gaplarda;
www.ziyouz.com kutubxonasi
v) Kirish gaplar, ajratilgan boMaklar o ‘rtasida;
g) Uyushiq boMakdan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin;
d) K o‘chirma gap bilan m uallif gapi orasida. Masalan:
Zamin bilan osmon - senu menman,
Sahar bilan oqshom - senu menman.
Yeru osmon aro bir ishq bordir -
Ishqdan bunyod hijron - senu menman.
(Usmon Azim).
Vatan - ona,
Vatan - jannat.
Vatan - iqbol chirog‘i.
Vatan jahon yuragidir.
Vatan - hayot bulog‘i.
(Amin Umariy)
Qavs ichida berilgan g a p la rd a pauza. Ifodalanayotgan fikrga yoki
uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi so‘zlar, kirish gaplar
qavsga olinadi va ifodali o ‘qish jarayonida qavsga olingan bo‘lak alo
hida pauza bilan ajratib aytiladi. Masalan:
Mirzakarimboy boshqalarga maqtansa ham (maqtanchoqlikni yo-
mon ko‘rardi), ba’zi vaqt ichida faxrlanardi.
(Oybek)
Q o‘shtirno q belgisi q o ‘yilgan g ap lard a pauza. Q o‘shtimoq belgi
si ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘yiladi. Ba’zi hollarda
ayrim so‘z v aso ‘zbirikm alari ham qo ‘shtimoqqa olinadi. Q o‘shtimoqqa
olingan so‘z va birikmalar ko‘chma m a’noda, yoki kinoya m a’nosida
bo‘ladi. Bunday so‘z, birikma yoki gaplar alohida pauza bilan o ‘qiladi.
Masalan, quyidagi she’mi og‘zaki ijroda mashq qilib ko‘raylik.
Ovuldan-chi, darak yo‘q,
Oppoq edi qir-qiya,
“Adashib ketdikmikin,
Kuppa-kunduz kuni-ya?
Gap bosdimi, yo g ‘aflat
Tavba, bu qandoq o ‘yin?”
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qor tindi-yu, chollaming
Ichiga kirdi quyun.
(Abdulla Oripov)
Dostları ilə paylaş: |