Eh, qandayin kun edi, bilmam,
Toshoynaga urilib sindi
Uchib-uchib yurgan musicha.
Sahrolaming podshosi qani?
Qani vishillagan yovuz ilonlar?
Nahotki, bir o ‘zim qoldim sahroda.
(R.Parfi)
PAUZA
Pauza (pausis) yunoncha so‘z bo ‘lib, to ‘xtash, tinish degan m a’noni
bildiradi. Demak, nutq davomidagi to ‘xtamlar pauza deyiladi. Pauza
ifcdaii o ‘qishda eng muhim vosita bo‘lib, u nutqning yorqin va
ta’sirchan chiqishini ta ’minlaydi. Zero, to ‘xtovsiz, nafas olmay uzluk-
siz qilinadigan nutq qo‘pol va nazokatsiz b o ‘lib tuyuladi, chunki in
sonning eshitish qobiliyatida me’yor tuyg‘usi mavjuddir. Har bir narsa
yoki hodisada m e’yor bo‘lganidek, nutqning ham o ‘z m e’yori va ma-
romi mavjud. Nutq jarayonida so‘zlaming ketma-ket oqimi davomida
m a’lum bir bo‘laklardan keyin to‘xtab tin olish, nutqning bir m e’yorda
bo‘lishiga, ravon va yoqimli kechishiga xizmat qiladi.
Pauza she’riy asarlarda misralar orasidagi turoqlaming oxiriga tu
shadi, ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini bo‘rttiradi, ulaming m a’no va
ahamiyatini ta’kidlaydi, she’riy nutqqa his-hayajon bag‘ishlaydi.
Pauza asarning jan r xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan
uzv^y bog‘liq bo‘lgan hodisadir. Ayniqsa, she’rdagi bayt yoki bandlar
she’riyatning tugallangan bir bo‘lagi sifatida doimo pauza bilan bir-
biridan ajraladi.
Nutqdagi o ‘mi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra, pauza bir necha tur-
larga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: