Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

M antiqiy pauza. 
Badiiy nutqda mantiqiy va ta ’sirchan mazmun 
asosiy o ‘rin tutadi. Shuning uchun nutqda emotsional ifoda vositasi si­
fatida m antiqiy pauza katta rol o ‘ynaydi.
So‘z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn m a’nosini aniq va to‘la 
ifodalashga xizmat qiluvchi pauzaga mantiqiy pauza deyiladi. M antiqiy 
pauza nutqning mantiqiy tomoni bilan bog‘liq bo‘lib, u faqat mantiq 
qonunlariga bo ‘ysunadi, zarur bo‘lganda sintaktik talablami ham chet- 
lab o ‘tadi. Masalan:
Otam / eski kitoblami ham, / zamonaviy adabiyot va gazetalami 
ham muntazam o ‘qib borar, / o ‘ta haqparast, / nohaqlikni ko‘rsa yonib 
ketar edilar.
B a ’zi hollarda mantiqiy pauza gapning mazmunini o ‘zgartirib yu- 
borishi ham mumkin. Masalan:
1. Alisher / akang ishdan keldimi?
2. Alisher akang / ishdan keldimi?
Har lahza / zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri / lahzalarda hal.
Umrdan o ‘tajak har lahza uchun,
Qudratli qo‘l bilan / qo‘yaylik haykal.
(G‘afur G ‘ulom)
Psixologik pauza. 
So‘zlovchining kuchli his-hayajonini, ruhiy 
holatini ifodalovchi, vaqt birligi jihatidan nisbatan katta bo‘lgan pau­
za 
psixologik pauza
deyiladi. Psixologik pauza notiq nutqiga jonli- 
lik kiritib, asaming ta’sirchanligini oshiradi. Psixologik pauza asami 
o ‘qishda personaj xarakteri, tasvirlanayotgan voqealar rivojining eng 
keskin, hayajonli tus olgan o ‘miga to‘g ‘ri keladi. Masalan, quyidagi 
matndan psixologik pauza olgan o ‘rinlami aniqlab ko‘raylik.
- 0 ‘z qiblagohiga qilich ko‘targan senday razil xunrezni / nechuk 
yer yutmaydi?! Nechuk osmon ag‘darilib / boshingga tushmaydi?! -
Abdulaziz taqir boshi sarak-sarak qilib, ko‘zlari sovuq chaqnab, yaqin- 
lashib kelardi. Abdullatif devorga suyanganicha qilichini ko‘tardi, lekin 
Abdulaziz to ‘xtamadi, u hamon iyagi qaltirab, tishlari shaqillab yaqin-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lashib kelardi. - mehribon, buzrukvorim!... / Ne qilding uni? / Ne qil- 
ding, m al’un padarkush?!... - Abdulazizning k o ‘zlaridan tirqirb oqqan 
yosh tomchilari qorayib ketgan so‘lg‘in yuzini selday yuvib, taralmay 
patak bo‘lib ketgan soqoliga quyilardi.
(Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”)
Asar voqealarining bunday shiddatli tus olgan o ‘rinlarini tinch va 
sekin ohangda, bir tekis o ‘qib boMmaydi. Ifodali o ‘qish jarayonida 
qahramonning bunday junbushga kelgan ruhiy holatini, ro‘y ber- 
gan fojeali voqeani ovozni ko‘tarish, ritorik so ‘roq olgan o ‘rinlarni 
bo‘lib-bo‘lib o ‘qish va psixologik pauzalar orqaligina aks ettirish 
mumkin. Shunday ekan, psixologik pauza o g ‘zaki ijrochining nutqiga 
ta ’sirchanlik bag‘ishlaydi, eshituvchilarni zavqlantiradi va hayajonga 
soladi:
Yo‘q, / halo vat istamayman,
Orom bilmas / yosh jonim ,
ToMqin urgan ummoncha bor 
Yurakdagi/ tug‘yonim!...
Tinchlik bilmas / odatimdan 
Ozor cheksam / mayliga.
Olov b o ‘lib / bir dam yonsam,
So‘ng o ‘chsam ham / mayliga...
(Erkin Vohidov)

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin