Ziyoda masharipova


Mashq.  Quyidagi matnni ifodali o ‘qing. 0 ‘qish davomida ko‘z,  yuz, bosh va qo‘l harakatlariga e ’tibor bering. Zolning tug‘ilgani



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

Mashq. 
Quyidagi matnni ifodali o ‘qing. 0 ‘qish davomida ko‘z, 
yuz, bosh va qo‘l harakatlariga e ’tibor bering.
Zolning tug‘ilgani
Qadim zamonlami etib namoyon,
So‘zlab beray endi ajib bir doston.
Somga qanday o ‘yun ko‘rsatdi falak,
So‘zlab beray quloq sol, o ‘g ‘lim, andak.
Farzandsizlikdan ko ‘p azob chekib Som,
Dard chekib, diliga istardi orom.
Shabistonida bor erdi nigori,
Yonog‘i gulbargu m ushkinm o‘y yori.
1 Katul Kvint Lutatsiy - konsul. 102 yili “Notiq haqida” dialogi qatnashchilaridan biri.
2 Grakx Gay Semproniy - mashhur notiq (154 - 121).
3 Sitseron. Notiqlik san’ati haqida ikki risola (Urfon Otajon taijimasi). - Т.: Yangi asr avlodi,
2007, 320-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farzand orzu qilar erdi shul oydan, 
Yurak arzandasi xurshid chiroydan.
Ayolning ham Somdan yuki bor edi,
Bu yukdan joniga ko‘p ozor edi.
Chaqaloq tug‘ildi oxir onadan, 
Quyoshdek nur sochar yotgan xonadan.
Husnda, chiroyda olam ichra toq, 
Ammo bir aybi bor, sochlari oppoq.
Bunday oq soch bola kelgan olamga, 
Hafta o ‘tdi, hech kim aytolmas Somga.
Ayollar g ‘uj-g‘uj Som shabistonida, 
G o‘dakka boqishar, hadik jonida.
“Jufti halolingdan tug‘ilmish, deb chol” 
Somga aytmoqqa y o ‘q kimsada majol.
Doyalar ichida bitta kanizak
Bor erdi, hayiqmas, botir, sher yurak.
Bu mujdani Somga yetkazdi o ‘sha,
Lab ochib ofarin deb qo ‘sha-qo‘sha.
So‘ng dedi: “Som baxti ochilib kulsin, 
Hasadchilar dili yorilib o ‘lsin.
Yazdon istagingni ayladi bajo, 
Orzuying ushaldi, dil topmish davo.
Pushti kamaringdan, ayo, hojatmand, 
Tug‘ildi oy yuzli pokiza farzand.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Pahlavondek bola botir va sherdil, 
Halitdan u arslon nigohli o ‘g ‘il.
Tana nuqra misol, yuzi bir jannat,
Birorta xunuklik topilmas, faqat.
Faqat oq soch bilan tug‘ilmish bola,
Ne derdik tangriga bu ish havola.
Xudo bergani shu, shukr qil, shukr, 
Olmasin dildan joy hech yomon fikr!”
Taxtidan ohista tushiu uutii Som,
Yor yoniga kirib bordi shul hangom.
Keksa o ‘g ‘lin ko‘rdi, sochlari oppoq,
Na ko ‘z ko‘rgan ish bu, na tuygan quloq.
Tanda butun m o‘yi oppoq misli qor, 
Chiroyi barq urar misoli bahor.
Farzandini ko‘rgach, choldek m o‘ysafid, 
Jahondan bir y o ‘la uzildi umid.
Mardum ta’nasidan tap tortib qoldi, 
Avzoyi o ‘zgardi, xayolga toldi.
Qulochin osmonga yozib Som faqir, 
Yaratganga nido qilardi haqir.
“Ey to ‘g ‘ri-egridan baland xudoyim, 
Yaxshilik tug‘ilar ra’yingdan doim.
Agar qilgan boMsam men og ‘ir gunoh, 
Devlarga ergashgan bo‘lsam gar, e voh,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Karamli tangridan kutardim karam,
Qilmayin oshikor kechirar egam.
Bu sharmandalikdan siqilib jonim ,
Uyatdan tanamda qaynaydi qonim.
Bu bola misoli kichik Ahriman,
K o‘zlari qora-yu, sochlari suman.
Botirlar bul tomon yo‘l olib agar,
Badnishon bolani ko‘rib qolsalar,
Ne derman, desalar: “Bu qanday bola?
Parimi, yo‘lbarsmi, nechun bu ola?”
Bu bola deb mendan oshkoru nihon 
Kulajak kiborlar, amiru sulton.
Bu isnoddan tashlab ketay Eronni,
Yurtimdan begona kezay jahonni!”
Tayanch tu sh u n c h a lar
Ifodali o ‘qishda yuz ifodasi. Ijrochining voqealarga munosabati. 
Demokrit - (V asming ikkinchi yarmi) mashhur yunon faylasufi. 
Platon (Aflotun) (429-348) - mashhur yunon faylasufi.
Savol va to p sh iriq lar
1. Sitseronning notiqlik mahorati haqida fikrlarini izohlang.
2. Asar ruhini his qilish, qahramonlar holatiga kirish deganda ni­
mani tushunasiz?
' 3. Ifodali o ‘qishda yuz ifodasi, bosh va qo‘l harakatlarining qanday 
ahamiyati bor?
4. Hissiyot bilan so‘zlash yoxud hissiyot bilan o ‘qish deganda ni­
mani tushunasiz?
5. “Ijro - so‘zning tanho hukmdoridir” degan fikmi izohlang.
www.ziyouz.com kutubxonasi


6. Suxandonlikda eng muhim narsa nima? degan savolga Demosfen 
qanday javob bergan?
7. “Shohnoma”dan olingan Zolning tug‘ilishi haqidagi hikoyat sizda 
qanday taassurot uyg‘otdi?
8. Bu voqealarga muallifning munosabati qanday, sizning-chi?
A dabiyotlar
1. T.Qudratov. Nutq madaniyati asoslari. -Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1993.
2. Sitseron. Notiqlik san’ati haqida ikki risola (Urfon Otajon tarji- 
masi). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
3. Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. // Asarlar. 0 ‘n besh to‘mlik.
12 to ‘m. - Toshkent: Fan, 1966.
4. Firdavsiy. Shohnoma (forsiydan Shoislom Shomuhamedov tar- 
jimasi). Birinchi kitob. - Toshkent: G‘.G ‘ulom nomidagi Adabiyot va 
san’at nashriyoti. 1975.
L IR IK T U R D A G IA SA R L A R N I 
IFO D A LI 0 ‘Q ISH
Reja
1. Lirik turdagi asarlami ifodali o ‘qishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Barmoq vaznidagi she’rlami ifodali o ‘qish.
3. Erkin vazndagi she’rlaming o ‘ziga xos jihatlari.
Lirik turdagi asarlar, odatda, kichik hajmli boMib, biror voqea-hodi- 
sa ta ’sirida insonda tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali 
hayotni aks ettiradi. Shoir lirikada ayrim shaxsning bevosita hayotiy 
kechinmasini beradi, bu bilan lirik asarda xarakter va kechinmani in- 
dividuallashtiradi. Shu bilan bir qatorda, ijodkor lirik asarda faqat o ‘z 
fikri, his-tuyg‘ularinigina emas, balki umuminsoniy lipik kechinma- 
lami ham ifodalaydi. Demak, shoir voqeylikni ilg‘or ijtimoiy ideallar 
nuri bilan yoritadigan kechinmalar, fikr-tuyg‘ularini tarannum etadi, 
natijada kichik lirik asar katta m a’rifiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
She’riy shakl lirikaning xarakterli xususiyati b o ‘lib, u kishining his- 
tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta’sirli ifodalashda qo‘l keladi. She’riy
www.ziyouz.com kutubxonasi


nutq m ana shu xususiyati bilan ham nasriy nutqdan farq qiladi. Nasr 
nisbatan tinch-osoyishta nutq b o ‘lsa, she’r - hayajonli, to‘lqinli va 
ehtirosli nutqdir. Zero, she’r oddiy holatni emas, favqulodda holatni, 
qattiq hissiyotni, hayajonli tafakkumi ifoda etadi.
Erkin Vohidovning “0 ‘zbekiston” she’ri lirik tur haqida aytilgan 
fikr-mulohazalarimizning yorqin dalilidir.
Yurtim,
Seni yana oldim qalamga,
To‘ying, shodiyonang bahona b o‘lib.
Yana kelib qo‘nding tonggi misramga,
Falak nisor etgan durdona boMib.
Iqbol peshonamga bitgan oshiyonim -
0 ‘zbekistonim.
Toleim bor ekan,
Senga hamnafas.
Otashin quyoshing bilan yo‘g ‘rildim.
Yuz yil a w a l emas, yuz yil so‘ng emas,
Tug‘yonli asrda senda tug‘ildim.
Gullar sochding men ilk bosgan qadamga,
B ag‘ring menga nurli koshona bo‘lib.
Jahon ichra mening tengsiz jahonim -
0 ‘zbekistonim.
Vahshat vodiysida kechdi asrlar,
Aljabr ustodin tuqquncha yering. 
liming yuksalguncha Beruniy qadar,
To Alisher qadar yetguncha she’ring,
Hayratga solguncha fan olamini,
Farg‘oniy chiqargan aniq hisoblar...
Tebransa ne ajab Toshkent zamini,
Bu yerga ko‘milgan milliard kitoblar.
Farangu hindu chin, iroq, ajamga 
Taralding Al-Qonun, Say dona b o ‘lib.
Buyuklar tan bergan buyuk dostonim -
0 ‘zbekistonim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuksak ehtiros bilan bitilgan ushbu misralar ona-Vatanga cheksiz 
mehru muhabbatning badiiy ifodasi sifatida yuzaga kelgan. Yurtimizning 
o‘tmishi va buguni, jahonni lol qoldirgan mutafakkir o ‘g ‘lonlari shoir- 
ni hayajonga soladi, unda iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi, shu quyoshli 
o‘lkaning farzandi ekanligidan faxrlanadi. She’mi o ‘rganib chiqqan 
o‘quvchi ham xuddi shoir kabi hayajonlanadi, yurtsevarlik tuyg‘usini 
yana bir marta boshdan kechiradi.
Lirik turning barcha janrlarida inson hayoti, muhabbati va nafrati, 
sevinch va iztirobi o ‘zining badiiy ifodasini topadi. Zero, har qanday 
badiiy asaming markazida inson va uning hayoti, kurashi, jam iyat va 
tabiat hodisalariga munosabati asosiy ob ’ekt bo‘lib turadi. Insonning 
xilma-xil hayot hodisalariga munosabatidan rang-barang lirik lavhalar 
bunyodga keladi.
She’riy asaming g ‘oyaviy mazmunini, lirik qahramonning ichki 
hissiyotlarini tinglovchiga toMa yetkazishda ifodali o ‘qish muhim ro ‘l 
o ‘ynaydi. Shu boisdan ham har bir talaba ijrochilik mahoratini, ifoda­
li o ‘qishning o ‘ziga xos xususiyatlarini mukammal o ‘rganishi lozim. 
Har qanday asami ifodali o ‘qish uning jan r xususiyatlari va kompo- 
zitsion tuzilishiga ko‘ra belgilanadi. Xususan, lirik turdagi asarlami 
ifodali o ‘qishga kirishishdan oldin, uning g ‘oyaviy mazmuni va ba­
diiy xususiyatlarini atroflicha o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
O g‘zaki ijrochi she’rni qalban his qilib, tushunib o‘qisagina, eshituv- 
chini zavqlantira oladi.
XV asming mashhur so‘z ustasi Husayn Voiz Koshifiy “Futuvvat­
nomai sultoniy...” asarida she’r o ‘qishning o ‘ziga xos qonun, qoidasi 
haqida fikr yuritib shunday deydi: “Agar she’rxonlik odobi nechta, deb 
so‘rasalar, oltita deb aytgil: birinchidan, she’mi ohang bilan o ‘qisin, 
ikkinchidan, she’mi odamlar qalbiga joylay olsin. Uchinchidan, agar 
biror mushkul (tushunilishi o g ‘ir) bayt bo‘lsa, yig‘ilganlarga uni sharh- 
lab, mazmunini izohlab bersin. To‘rtinchidan, eshituvchiga malol ke- 
ladigan ish qilmasin. Beshinchidan, gadoylik qilmasin, m ubolag‘ali 
qasamlar ichmasin. Oltinchidan, o ‘qigan she’rining muallifini mara- 
ka oxiri yoki boshida tilga olib, duo qilsin” 1. Husayn Voiz Koshifiy- 
ning ushbu o^gitlari hozirgi kunda ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin