So‘z ijrochiligi san’atiga asoslangan voizlik va suxandonlik,
lining
inson hayotida tutgan o‘mi haqida Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizo-
miy Aruziy Samarqandiyning “Nodir hikoyatlar”, Alisher Navoiyning
“Mahbub ul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Dah majlis”, “Sahifai
shohi”, Faxriddin Ali Safiyning “L atoif ut-tavoif ’ kabi asarlarida qim-
matli fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Jumladan, Alisher Navoiy voizlar
haqida shunday fikrlami yozadi:
“Va’zxon shunday bo‘lishi kerak-
ki, uning majlisiga bo‘sh kirgan odam to ‘lib chiqsin, to ‘la kirgan
odam esa, yengil tortib holi qaytsin. Voiz olim va halol ish ko‘ruvchi
bo‘lsa, uning nasihatidan chetga chiqqanlar gunohkor bo‘ladi.
Agar u boshqalarga buyursa-yu, o‘zi qilmasa, uning so‘zlari hech
kimga ta ’sir etmaydi va foyda keltirmaydi”1.
Ushbu fikrlar zamiriga juda katta ibrat va hikmat m a’nolari singdiril-
gan. Demak, xalqqa pand-nasihat aytib, ulam i to ‘g ‘ri yo‘lga boshlovchi
voiz nafaqat ilmi va chiroyli so‘zlari bilan, balki o ‘zining yuksak axloq-
odobi, halol hayot tarzi bilan ham boshqalarga namuna bo‘lishi lozim.
Buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi yetishib chiqqan, ja-
honni ilm -m a’rifat nuri bilan yoritgan uyg‘onish davri deb yuritiladigan
zamonlarda 0 ‘rta Osiyoda so‘z san’ati,
shuningdek, notiqlik san’ati
ham taraqqiy etdi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu
Rayhon Beruniy,
Mahmud Koshg'ariy, Abulqosim Zamaxshariy,
Alisher Navoiy kabi
ulug‘ siym olar ilm-fanning turli sohalariga oid kashfiyotlar bilan bir
qatorda, notiqlik san’ati asoslarini ham yaratdilar.
Abu Nasi Forobiy ko'plab asarlarida so 'z san’atiga
doir qimmatli
fikr-mulohazalar bildirish bilan cheklanmasdan suxandonlik nazari-
yasi, notiqlik san’ati ilmiga doir maxsus “Kitob al-xitobat” risolasini
ham yozgan. Jumladan, Forobiy chuqur mantiqiy asosga ega bo'lgan
yorqin nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiq
fanlarining
ahamiyati haqida shunday deydi:
Dostları ilə paylaş: