nutq, ifodali so‘z va jozibador ovoz bilan ijro etib xalq ommasini o ‘z
g ‘oyalariga ishontirganlar.
Badiiy so ‘z san’ati, shu jumladan, ifodali o ‘qish san’ati xalqning
umumtaraqqiyot tarixiga bog‘liq holda rivojlanib bordi. Jamiyat taraq-
qiyoti o‘rtaga qo‘ygan talablar hamda mavjud shart-sharoit tufayli, IX -
XV asrlarda Markaziy Osiyoda ilm-fan va madaniyat yuksak taraqqiyot
bosqichiga ko‘tarildi. M ana shu davrlarda Q ur’oni Karim targ‘ibi bilan
bog‘liq holda, voizlik san ’ati rivojlandi. Voizlik san’atining taraqqiy
etishi esa, ifodali o ‘qish san’ati tarixida muhim o ‘rin tutadi.
M a’lumki, Q ur’oni Karim o ‘z zamonasining nafis adabiy usuli
saj’da vahiy qilingan b o ‘lib, u so‘z san’atining oliy namunasi hisob
lanadi. Q ur’oni Karimni o ‘qish voizdan juda katta ilmiy salohiyatni,
ayni paytda, yoqimli ovoz sohibi boMishni ham talab qilardi. Shu bois-
dan ham Q ur’on suralarini maftunkor qiroat, jozibali ohangda o ‘qishga
o ‘rgatuvchi “Ilmi b alog‘a” san’atiga alohida e ’tibor qaratilgan. Bu
haqda Abu Rayhon B eruniy “Geodeziya” asarining kirish qism ida
shunday deydi: “ A ra b n u tq id a balo g ‘an in g m avjudligi Q u r ’on
ta r g ‘ibotida m uhim a h a m iy a t kasb etadi. B alog‘a a ra b n u tq in in g
z iy n a tid ir” 1.
Voizlik (notiqlik) san ’ati 0 ‘rta asrlarda juda katta ijtimoiy-siyosiy
mavqega ega bo‘lib, umumdavlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan.
Voizlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik kabi turlari mavjud
bo‘lib, ba’zi voizlar dabirlik - davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yozish-
malami o ‘qish va yozib berish bilan, ba’zi voizlar xatiblik - jum a kun-
lari Q ur’oni Karim suralari asosida xalqni odob-axloqqa chaqirish bi
lan, ba’zilari esa m uzakkirlik - tarixiy voqea-hodisalami gapirib berish
bilan shug‘ullanganlar.
Qadimda xalq om masi oldida nutq so‘zlovchi kishi voiz, uning
nutqi esa va’z deb yuritilgan. Voizlik nihoyatda sharafli va, ayni paytda,
m as’uliyatli kasb bo‘lgan. Omma oldiga chiqib bir necha soatlab nutq
so‘zlovchi kishi tinglovchilam ing tuyg4ulariga ta’sir o ‘tkazishi, ishon-
tirishi, so‘z sehri bilan ularni toMqinlantirishi uchun juda katta bilim
va iqtidorga, fasohat v a mahoratga ega bo‘lishi lozim edi. Shu bois-
dan minbarga chiqib so ‘zlovchi kishilaming hammasi ham voiz degan
sharafli nomga ega bo‘lavermagan.
Dostları ilə paylaş: