OʻZBEKISTAON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Fan: Iqtisodiyotda information-kommunikatsion
texnologiyalar
MAVZU:
Sug'urta faoliyatida raqamlashtirish
texnologiyalari
BAJARDI: I-101 guruhi talabasi
Urazbayev Sardor.
TEKSHIRDI: katta oʻqituvchi
Uralov Sirojiddin
Angren - 2023
Mavzu: Sug'urta faoliyatida raqamlashtirish texnologiyalari
Reja:
Sug’urta kompaniyalari faoliyatida axborot texnologiyalarini
1.
qo’llashning zarurligi
Sug’urta faoliyatidagi asosiy biznes jarayonlarining tuzilishi
2.
Sug’urta kompaniyalari faoliyatida axborot xavfsizligini
3.
ta’minlash tartib-qoidalari
KIRISH
Sug’urta – bu kutilmagan baxtsiz hodisalar natijasida sodir bo’lgan
yo’qotish va zararlarni qoplashga mo’ljallangan iqtisodiyotning eng
jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Sug’urta tizimi – bu bir
tomondan, tadbirkorlik faoliyati va insonlar farovonligini himoya
qilishga imkon beradigan, ikkinchi tomondan, sug’urta faoliyatidan
vaqtincha
bo’sh
mablag’larning
investitsiya
ob‘ektlariga
yo’naltirilishidan daromad keltiradigan iqtisodiy va huquqiy
munosabatlar tizimidir. Sug’urta himoyasi sotuvchi va xaridor o’rtasida
ayirboshlanadigan tovar bo’lib, u talab va taklif asosida shakllanadi.
Mamlakatimizda
bozor
munosabatlarining
rivojlanishi,
jahon
integratsiyalashuv jarayonlariga qo’shilishi bizni bugun jahon
standartlari talablariga yaqinlashishga majbur qilmoqda. Korxonalarning
moliyaviy holatini ob‘ektiv baholash, moliyaviy xavflarni kamaytirish
va raqobatdosh ustunliklarga ega bo’lishga qaratilgan strategiyalarni
muvofiqlashtirishga qo’yiladigan talablar ko’paymoqda. Bu sug’urta
jarayoniga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishni
taqozo etadi.
Sug’urta kompaniyalari faoliyatini rejalashtirish va boshqarishda
axborot texnologiyalarini joriy qilish nafaqat katta va o’zaro bog’liq
ma‘lumotlar to’plamini qayta ishlashni o’z ichiga oladi, balki ularni
tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini asoslash uchun ham ishlatilishi
mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa xo’jalik
yurituvchi sub‘ektlar to’g’risidagi turli ma‘lumotlarni hisobga olish,
shuningdek moliyaviy, mehnat va moddiy resurslarni hisobga olish
muhim rol o’ynaydi. Axborot hajmi, aniqlik va ishonchlilikka yuqori
talablar, mijozlar va sug’urta kompaniyasining moliyaviy holatini
samarali tahlil qilish zarurati – bu sug’urta biznesining avtomatlashuvini
oldindan belgilab beruvchi asosiy omildir. Sug’urta kompaniyalari
faoliyatidagi sifat o’zgarishlari axborot tizimiga, xususan, statistik
kuzatuv va hisobkitob vositalariga, olis bo’linmalarning moliyaviy va
buxgalteriya ma‘lumotlarini birlashtirish imkoniyatlariga qo’shimcha
talablarni qo’yadi. Ma‘lumki, potensial mijozning ehtiyojlariga e‘tibor
qaratilgan sohalarda raqamli texnologiyalardan foydalanish alohida o’rin
tutadi.
1.
Jahon hamjamiyatining ko‘zlangan rivojlanish va farovonlikka
erishishi uchun axborot texnologiyalariga (AT) bo‘lgan ehtiyoji katta
sur‘atlar bilan ortib bormoqda. Iqtisodiy o‘sishning faollashuvi, dunyo
aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining
kundalik hayotimizga singib ketgani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, erkin axborot oqimining ta‘minlanishi bozor iqtisodiyotiga
o‘tishni tezlashtiradi va ijtimoiy farovonlikni oshiradi.
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodiyotda ham o‘z
aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda ayniqsa tadbirkorlik sohasida
erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli
segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va ularning samarali
qo‘llanilishi yotadi. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno
emas, albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir
qator segmentlari, masalan, ma‘lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot
internetresurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashinuvi, biznes va
tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. O‘zbekiston
uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni
ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon axborot
texnologiyalari sohasida ta‘lim standartlarining oshishi, milliy
telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy
bazaning shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma‘lum
darajadagi informatsion tayyorligi mavjud bo‘lgan holatdagina sodir
bo‘ladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojlanishi
oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi tamoyillari, ayniqsa
elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib har bir
internet foydalanuvchisi elektron tijorat so‘zining ma‘nosini tushunishga
harakat qilib ko‘rdi. Hali o‘zining uzoq tarixini qurishga ham
ulgurmagan bunday faoliyat bilan bog‘liq AQSh bozorlarida yiliga
o‘rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag‘lar aylanadi.
Hozirda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimining barcha
sohalar qatori ta‘lim jarayoniga ham tatbiq etilishi hayotiy zaruratga
aylandi. Mamlakatimiz Prezidentining ―Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
to’g’risida‖gi
Farmoni va respublika Vazirlar Mahkamasining
kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlariga oid bir qator qarorlari
muhim ahamiyat kasb etadi.
Davr talabiga muvofiq, hozirgi kunda zamonaviy darsni tashkil
etish masalasiga ham juda katta talablar qo’yilmoqda. Bu talablardan
biri dars jarayonida axborot texnologiya va elektron qo’llanmalardan o'z
o'rnida samarali va oqilona foydalanishdir.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti
qonuniyatlari to'liq amal qila boshladi. Bozor iqtisodiyotining samarali
ishlashini va uning rivojlanganlik darajasini belgilovchi asosiy
omillardan biri uning infratuzilmasi shakllanganligi hisoblanadi. Bozor
iqtisodiyoti infratuzilmasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri
sug’urta sohasi hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan
ko’rishimiz mumkinki, sug’urta sohasi iqtisodiyot rivojlanishining bir
maromda borishini ta‘minlovchi sohalardan biridir. Bundan tashqari,
sug’urta iqtisodiyotning rivojlanishi uchun salmoqli investitsiya
kapitalini jamlashtiruvchi
va
iqtisodiyotga kirituvchi strategik
ahamiyatga ega bo’g’inlardan biri sifatida namoyon bo’ladi.
Mamlakatda tobora sug’urta sohasining rivojlanishiga katta
ahamiyat berilmoqda. Sug’urta sohasini taraqqiy toptirish sug‘urta
sohasida yangi mahsulotlar va qulayliklarni uzluksiz ravishda yaratib
borishni talab qiladi. Endilikda sug’urta sohasining rivojlanishi uchun
axborot texnologiyalaridan keng va samarali foydalanishni taqozo
qilmoqda. Sug‘urta sohasida axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda agentlar uchun ushbu dastur ustida ish olib borilmoqda. ―Central
Insurance Base (CIB.uz)‖, ya‘ni ―Markaziy sug‘urta bazasi‖ deb
ataluvchi dastur agentlar uchun ancha qulayliklar va ortiqcha narsalarni
ko‘tarib sarson bo‘lmaydilar, degan maqsadda yaratilmoqda. Ushbu
dasturning qulaylik taraflari shundan iboratki, agent uchun kompyuter,
pirinter va boshqa ortiqcha buyumlar kerak emas.
Central Insurance Base (CIB.uz) dasturining eng qulaylik tarafi
shundan iboratki, uni hozirgi kunda ommalashgan telefon yoki
planshetlarga joylashtirish mumkin. Agent qayerda bo‘lmasin mijoz
uchun tez va sifatli xizmat ko‘rsatadi. Bu dasturning yana bir qulayilk
tarafi agent mijoz ma‘lumotlarini internet orqali sug‘urta kompaniyasi
asosiy bazasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish imkonini beradi. Agent
ma‘lumotni jo‘natgandan so‘ng mijoz qo‘liga polisni qo‘lyozma asosida
to‘ldirib, sug‘urtalanuvchiga taqdim etadi. Ayrim viloyatlar, shaharlar va
tumanlarda ba‘zi hollarda elektr energiyasi tanqisligi tufayli to‘k
kelmasligi oqibatida mijozlarning kutib qolishi va mijoz ma‘lumotlarini
o‘z vaqtida o‘tkazishdagi muammolarning oldini oladi. Masalan: elektr
to‘ki yo‘q deylik, sug‘urta agenti yoki boshqa sug‘urtalovchi oldiga
mijoz kelganda sug‘urtani amalga oshirmasdan ranjigan holda chiqib
ketishi mumkin. Yoki sug‘urta agentlari tomonidan mijoz uchun qulay
bo‘lgan joylarga borib o‘z sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta xizmatini
ko‘rsatadilar. Bunday qulaylik bilan aholi turar joylariga borib, tadbirlar
o‘tkazib shu yerdagi ko‘ngillilarni baxtsiz hodisalardan yoki boshqa
klasslar bilan sug‘urtalash mumkin. Bunda sug‘urta kompaniyalariga
ham, mijozga ham va albatta sug‘urta agentiga ham juda katta
qulayliklar yaratiladi. Misol uchun, qaysidir aloqa vositasi yordamida
sug‘urta dasturiga, ya‘ni Central Insurance Base (CIB.uz)ga kiriladi.
Keyingi bosqichda sug‘urta agentiga login va parol beriladi, ulardan
foydalangan holda dasturni ishga tushiradi. Keyin sug‘urta agenti o‘ziga
kerakli bo‘lgan sug‘urta turini tanlab sug‘urtani amalga oshiradi. Misol
uchun, TVEFJMS – transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar
oldidagi javobgarlik sug’urtasini amalga oshirayotganda darcha ochiladi.
Sug‘urtalovchi ma‘lumotlari to‘liq kiritilganidan so‘ng barcha
ma‘lumotlarga asosan sug‘urta summasi va mukofotlari avtomatik
tarzda dastur yordamida hisoblab chiqiladi. Keyingi bosqichga o‘tish
uchun belgilangan tugma bosiladi. Keyingi bosqichda kerakli bo‘lgan
hujjatlar rasm asosida dasturga yuklanadi. Ma‘lumotlar yuklangandan
so‘ng kerakli tugmani bosish orqali sug‘urta markaziy bazasiga
jo‘natiladi.
Bu Central Insurance Base (CIB.uz) dasturi yordamida sug‘urta
kompaniyasi biror sug‘urta hodisasi yuz berganligini tez va barcha
hujjatlar bilan birga ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nafaqat sug‘urta
kompaniyasi, balki nazorat organi hisoblangan Sug’urta bozorini
rivojlantirish agentligi ham kerakli bo‘lgan ma‘lumotlarni masofadan
turib tekshirish imkonini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |