Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Puni A.S. Psixologiya: darslik. texnik maktablar uchun nat. madaniyat / A.Ts. Puni. - M.:
Jismoniy tarbiya va sport, 1984. - 255 p.
2. Rudik P.A. Jismoniy madaniyat va sport: darslik / P.A. Ru-dik. - M.: Jismoniy tarbiya va
sport, 1974. - 512 p.
3. V.V.Naxodkin Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonini psixologik-pedagogik qo'llab-
quvvatlash kontseptsiyasi / V.V. Naxodkin / Vestnik MGOU. Pedagogika turkumi. - 2011. - № 2.
- S. 175-179.
8
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
XARAKAT FAOLIYATI VA ISHCHANLIKNI O'QUVCHILAR KUN TARTIBIDAGI
O'RNI
Tashalanov Elyorbek Elgashboy o’g’li
Email:
Tashlanov1991@inbox.ru
Annotatsiya:
O’quvchilarning kun tartibini va o’quv yuklamasini o’rganishda
organizmdagi fiziologik muvozanatni har xil faoliyat turlari - dam olish, ovqatlanish, uyqu va
boshqalarni birgalikda olib borish natijasida bolalarning ish qobiliyatini tezroq tiklash haqidagi
masala dolzarb masalalardan biridir. Tashqi muhitning qulay sharoiti ta’sirida bola va o’smirlar
organizmi o’sib, ulg’aya boradi. Kun tartibi to’g’ri tashkil etilganda bola charchamaydi, asab
tizimida stereotiplar vujudga keladi, bolalar intizomli va tarbiyali bo’la boradi. Kun tartibiga
rioya qilinmaganda esa bola to’liq dam olmasdan toliqib qoladi, uyqusi, ishtahasi yomonlashadi,
asabi buziladi, ish qobilyati pasayadi.
Kalit so'zlar:
Kun tartibi, sport, ishchanlik, xarakat faoliyati, rivojlanish.
Barcha yoshdagi bolalar kun tartibida o‘z-o‘zini tartibga keltirish, ozodalik va gigiyenik
tadbirlarni bajarisli uchun yetarli vaqt ajratishi kerak. Ilrniy tekshirishlar uzaytirilgan guruliar
kun tartibi noto‘g‘ri tuzilgau bolalar uzoq vaqt dars tayyorlab borishlarini ko‘rsatadi. Bu esa
organiznin ing funksional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. xususan oksidlanish-qaytarilish
jarayonlari yornonlasliadi, toliqish belgilari kucha yadi. Ochiq havoda yetarli vaqt mobaynida
o‘tkazilgan harakatli ko‘ngil ochar o’yinlarga vaqt ajratish, uy vazifalarini unumli va tez sur’atlar
bilan bajarishga imkon yaratadi. O‘quvchini yoshligidan o‘rin ko‘rpasini yig‘ishtirishga, kiyini
boshini tartibga solishga, kecliqiirin i a erta bilan yuvinishga o‘rgatib borish kerak. Kun
tartibida uj quning o‘rni va ahamiyati katta. Bola uxlashidan 2- 2,5 soat oldin ovqatlanishi kerak.
Kechki ovqatdan so‘ng sof havoda bir oz sayr qilishi, kiyimlariga qarashi lozim.
Ertalabki badan tarbiya nerv sistemasi tonusini oshirib, ichki organlar, ayniqsa yurak-
tomir sistemasi ishini yaxshilab, bolani tetiklashtiradi va ancha irodali bo‘lishiga yordam
beradi. Ertalabki badan tarbiyani uyqudan uyg'ongandan 10-15 daqiqa o‘tgach, yaxshi
shimollatilgan xonada o‘tkazish kerak. Gimnastikaning davomiyligi 10-20 daqiqadan ortmasligi
avval yengil mashqlarni bajarib, asta-sekin nagruzkani ortira borish lozim. Mashg'ulotdan
so4ng tomir urishi bir oz tezlashadi, bu normal fiziologik holat bo4lib, birmuncha vaqtdan
so4ng normaga
qaytadi. Ertalabki badan tarbiyada cho4zilish, bukilish, gavdani aylantirish, yurish
sakrash, sekinroq yugurish va boshqalardan foydalanish mumkin. Ertalabki badan tarbiya m
ashg'ulotlarida 5-8 ta mashq bajariladi, har bir mashq 2-3 martadan 8-10 martagacha
takrorlanadi. Nafasni uzoq vaqt to ‘xatib turadigan mashqlarni qilmaslik kerak.
9
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Mashg'ulotlar paytida yengil kiyim kiyib olish lozim, yotib bajariladigan mashg'ulotlar
uchun kichik gilamcha bo‘ladi.
O'quvchi uyda maxsus jihozlangan joyda qaddini to‘g‘ri tutib, boshini qiyshaytirmasdan,
tirsaqlarini stol ustiga qo4ygan holda o'tirib dars tayyorlashi kerak. Yorug4lik yetarli bo'lmasa,
ko4z muskullari tez charchaydi. Shuning uchun yorug4lik normal bo'lishi va chap tomondan
tushushi kerak. O'kiyotganda kitobdan ko'zgacha bo'lgan masofa 40 sm bo‘lishi shart.
To'xtamay uzok vaqt yozish o‘quvchini charchatadi.
Shuning uchun 7-10 yashar o'quvchi tinimsiz 10 daqiqa. 10-12 yoshda 15 daqiqa, 12-15
yoshda 20 daqiqa, 15-18 yoshda 25-30 daqiqa yozishi mumkin.
Bola dars tayorlashdan oldin va keyin hamda uyqudan oldin bo'sh vaqtlarini ko'proq
ochiq havoda o4kazishlari lozim. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar ochiq havoda 3-3,5 soat,
o‘rta maktab yoshidagilar 2,5-3 soat va yuqori sinf o'quvchilari 2 soatdan kam bo'lmasligi
kerak.
O'quvchi tushlik ovqatini yeb bo‘lib, dam olganidan keyin kechi bilan soat 16.00 da uy
vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. 0 ‘quvchilarning nonushta va tushlikdan keyin ochiq
havoda bir oz o‘ynab kelib, keyin dars tayyorlashi maqsadga muvofiqdir.
14-17 yoshni shifokorlar va fiziologlar oraliq yosh deb hisoblashadi, chunki shu
yoshda o'smir organizmi zo‘r berib rivojlanib, balog'atga yetib boradi, markaziy nerv sistemasi
holatida va o'smirning yurish-turishida o'zgarishlar sodir bo'ladi.
14-17 yashar o‘quvchining o'quv dasturi ancha og'ir bo‘ladi, chunki o'quvchi va
talabalar imtihonlarga ham tayyorgarlik ко4radi, imtihonlarga tayyorlanish va topshirish
davrida organizm hammadan ko'p zo'riqadi.
Mana shu davrda kun tartibiga puxta amal qilish, tunda yetarlicha qoniqib uxlash kerak.
Ish qobiliyatini kun bo’yi yuksak darajada saqlab qolish uchun o’quvchilarga kunduzi 1,5-2 soat
uxlab olib, keyin bir soat ochiq havoda sayr qilish tavsiya etiladi. O'quv mashg’ulotlari mahalida
har ‘5 daqiqadan keyin 10-15 daqiqa tanaffus qilib turish lozim.
O‘quvchi qanchalik yosh bo’lsa, mehnat qobiliyati tiklanishi uchun shunchalik ko‘p
vaqt kerak bo‘ladi. O'quvchining yoshiga qarab tungi uyquning fiziologik me’yorlari
belgilangan.
Uyqu asab sistemasini toliqib qolishdan saqlaydi. Uxlaganda organizmdagi hamma
a’zo va to’qimalar, jumladan, bosh miya po’stlog’i orom oladi. Nerv hujayralari oziq moddalar
zaxirasiga to’lib, quvvat yig'adi, organizm yangi mehnat kuniga tayyorlanadi.
Odam qattiq va miriqib uxlashi uchun m a’lum bir soatda yotishga o'rganishi,
uxlashdan 1-1,5 soat oldin hech qanday aqliy ish bilan shug’ullanmasligi kerak.
10
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Uyquga qoniqmaslik o'quvchilarning ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Uxlashdan oldin xonani shamollatish, xona harorati 16-17 С bo’lganda deraza yoki fortochkani
ochib qo’yish kerak.
Maktabdagi mashg’ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish, serharakat o’yinlar
o’ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning, almashinib turishi ish qobiliyatini oshiradi.
Yurak-tomirlar sistemasi, nafas a’zolari faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini
kuchaytiradi.
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg’ulotlari, turistik safarlar,
to’garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar) o’quvchilarga zavq
bag’ishlab, kuch-quvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini oshirishda yaxshi ta’sir qiladi.
Ba’zi to’garaklarga qatnashishga ancha vaqt va kuch sarflanadi, buni unutmaslik kerak
(modellar yasash, radio, foto to’garaklari, havaskorlik to’garaklari va boshqalar). Mashg’ulotlar
ko’pi bilan haftasiga 1-2 marta, 50-60 daqiqadan o'tkazilgani ma’qul. Har bir o’quvchi bitta
to’garakda,
istisno tariqasida ikkita to’garakda qatnashishi mumkin. Sinfdan tashqari ish va jamoat
ishlarini tushlikdan so’ng, ochiq havoda dam olib bo’lgandan keyin o’tkazish kerak.
Aqliy mehnat bilan shug’ullangandan keyin albatta dam olish, badantarbiya mashqlari
bilan shug’ullanish lozim (kerishish, gavdani pastga egish, o’tirish-turish) va hatto uy ichida
aylanib yurish charchoqni yozib, ish qobiliyatini tiklaydi.
Dam olish kunlari va maktab ta’tillari paytida imkoni boricha ko‘proq ocliiq h‹ivoda
bo‘lish, sport o‘yinlari, ekskursiyalar, sayohatlar uyushtirish organizinni chiniqtiradi va aqlni
peshlaydi.
Organish ko’p bolalarda uyquga to‘ymaslik hollari tez-tez uchrab turishini ko‘rsatdi.
Bunga sabab. birinchidan o‘qish vaqtli 5.00 da boshlanishi tufayli erta turish bo‘1sa,
ikkinchidan, uyquga kech yotishdir. Uyquga kech yotish uy vazifalarni uzoq tayyorlash, shu
sababli kun tartibining boshqa tarkibiy qisrnlarning kechga surilishi va teleko rsatuvlarni uzoq
ko‘rish bilan bog‘1iqdir. To yib uxlamaslik bolalar ning oliy nerv faoliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bunda markaziy asab sistemasi izdan chiqadi, shuningdek, ishlasli fuoliyati keskin
pasayadi. Bunday o‘zgarishlar kun tartibiga rioya qilganda yaxshilanadi. Uzoq vaqt davomida
uyquga to‘ymaslik katta toliqishga olib keladi va asab buzilisliiga sabab bo‘1adi.
Sog‘lomlashtirish muassasalarida 5 mahal ovqatlaniladi. Uyqu 2 mahal: tungi va
kunduzgi uyqudan iborat bo‘ladi. Kun tartibida albatta bolalarni qiziqtirgan ishlariga qarab
tanlab olingan erkin ijod bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan bo‘sh vaqt ham nazarda tutilishi
11
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
lozim. Bu bola shaxsiyatini shakllantirishda, uning ijodiy qobiliyati va ruhiy qiziqishlari
rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Sportning har bir turida o'ziga xos maxsus yuqori darajada rivojlangan sifat va
mahoratni kamolotga etkazmoq aniq yo'naltirilgan pedagogik va biologik tarbiya vositasida
bosqichma bosqich amalga oshadi. Bosqichlarni mensimaslik, yetarli malakalar yig`indisi hosil
bo'lmay turib, yuqori bosqichga ko'tarilishga zo'r berish maqsadga erishish muddatini
uzoqlashtiradi, tanani jarohatlantirishga olib keladi. Dasturni qayta ishlab chiqishda ko'pchilik
xatolarga yo'l qo'yilishi mumkin. Bu xatolar maktab jismoniy tarbiya mazmunini chuqur
bilmaslikdan yuzaga keladi. Masalan, aksariyat o'qituvchilar kichik maktab yoshidagi
o'quvchilar salomatligining zaiflashib borishidan xavotirlanib, jismoniy tarbiya maqsadi shu
yoshdagi bolalar salomatligini saqlashdangina iborat deb hisoblaydilar.Yana bir toifadagi
o'qituvchilarimiz jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasi o'quvchilarning jismoniy sifatlarini
rivojlantirishdan iborat deb nazariy mashg`ulotni jismoniy mashqlarga aylantirib yuboradilar.
Hatto shunday muallimlar borki, butun o'quv yili davomidagi darslarni alohida sport turiga
bag`ishlashadi. O'z mutaxassisligi bo'yicha bokschi bo'lsa, maktabdagi bolalarning hammasi
bokschi bo'lishini istab, darslarni shu tomonga yo'naltiradi. Uchinchi yo'nalish tarafdorlari esa
jismoniy tarbiya darslarini o'quvchilar uchun zarur bilim beradigan harakat ko'nikmalar va
malakalarni shakllantiradigan qilib tashkil etishni kifoya deb tushunadilar.
Dostları ilə paylaş: |