31
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
ma’naviy”, “Ichindagi ichindadir” asarlarida antik davr falsafasining yirik faylasuflari Arastu,
Aflotun, Galen, Gerodot, Ezop va Geraklitlarning nomlarini, ularning falsafiy-axloqiy
qarashlaridan turkum namunalarni ham keltirib o‘tadi.
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Sulton-ul Ulamo 1218 yilda haj safarini ado etish
bahonasida oilasi, shogirdlari, yaqinlari va 10 tuyaga ortilgan noyob kitoblari bilan Xurosonni
tark etadi hamda Turkiyaning Qunyo shahrida mangu qo‘nim topadi. Bahovuddin Valad
oilasining Xurosonni tark etishiga quyidagilar sabab bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan:
Birinchidan, Bahovuddin Valad va kalom ilmi ustozlaridan Faxriddin Roziy diniy
masalalarda bir-biriga raqib edilar, ularning fikri hamda qarashlaridagi ziddiyatlar farqi yuqori
edi. Xorazmshoh va uning a’yonlari Faxriddin Roziyni qo‘llab-quvvatlashadi, buning natijasida
mamlakatda turli ko‘ngilsizliklar avj oladi. Bahovuddin Valadning yaqin do‘sti Majididdin
Bag‘dodiy saroy a’yonlarining fitnasi tufayli fojeali qatl etiladi.
Ikkinchidan, Muhammad Xorazmshoh haddan tashqari kibrlanib, muqaddas aqidalar va
an’analarni nazarga ilmay qo‘yadi. U Bag‘dod xalifasi Nosirga chopar yuborib, Bag‘doddagi
barcha masjidlarda o‘z nomiga xutba o‘qitishni buyuradi. Bu esa Muhammad Xorazmshoh
tomonidan butun xalifalikni o‘z boshqaruviga o‘tkazish uchun qilingan oshkora harakat edi.
Mehmet Underning qayd etishicha, A’loiddin Chalabiy bobosi Bahovuddin Valad
maqbarasining o‘ng tomoniga dafn etilgan. Mavlononing to‘ng‘ich o‘g‘li Sulton Valad buyuk
otasining izdoshi hisoblanadi. U butun umrini padarining hayoti, ijodi va ilmiy merosini
ommaga targ‘ib qilishga sarflagan hamda otasi vafotidan keyin Mavlaviya tariqatining rasmiy
shayxi etib saylangan. U otasining muridi hisoblanmish Faridun Salohiddinning qizi Fotima
xotun bilan turmush quradi va 12 nafar farzand ko‘radi. Ammo ulardan faqat Mutahhara, Jalola
va Ulug‘ Orif Chalabiy ismli farzandlari yashab qolgan. Uning o‘g‘liga Ulug‘ Orif ismini Mavlono
beradi va “bu ism nevaramga mening ma’naviy hadyamdir”, deya lutf etadi.
Dostları ilə paylaş: