«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix28.07.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#137763
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
ZDPP 4-son to\'plam

Adabiyotlar: 
1. Alimov R., Xodiyev B. Axborot texnologiyasi. – Т.: TDIU. 2004.
2. Alimov Q., Abduvohidov A. Axborotlar texnologiyasi asoslari. – Т.: TDIU, 2003.
3. G‘ulomov S.S. Alimov R.X. Axborot tizimlari va texnologiyalari. – Т.: Sharq, 2000. 


29 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
JALOLIDDNIN RUMIYNING MEROSINI O’RGANISHNING AYRIM DOLZARB 
MASALALARI 
Yunusxo’jaev Mustafo 
 mustaqil tadqiqotchi 
sv997710@gmail.com
  
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Jaloliddin Rumiyning boy ilmiy merosi va uning 
insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati masalasi tahlil qilingan bo’lib, asosiysi ushbu olimning 
ilmiyt merosini pedagogik jihatdan ko’rib chiqib, tahlil qilishga e’tibor qaratilgan. Maqolaning 
xulosa qismida muallifning tadqiqoti yuzasidan chiqargan xulosalari keltirib o’tiladi. 
Kalit so’zlar: 
Balxiy, Rumiy, Xudovandigor, Xoja, Asrornoma, Behishti ro‘yi, Zamin, 
Hidoyat, A’loiddin Chalabiy, mavlaviylik, pedagogik qarash 
Rumiy – “rumlik”, “rumdan” degan ma’nolarni bildiradi. Rumiy o‘z taxallusiga Rum 
saltanatining nomini asos qilib olgan, degan qarashlar ko‘p e’tirof etiladi. Biroq, Rumiy so‘zining 
son ekvivalentlari yig‘indisi 256 ga teng kelishini e’tiborga olsak, bu “Nur” so‘zining ma’nosi 
ildiziga mos kelishi ma’lum bo‘ladi. Arab, eron va o‘zbek tillarida ushbu ildiz 
“yorug‘lik”so‘zining ma’nosini beradi[1]. 
Jaloliddin Rumiyning qaysi millat vakili ekanligi xususidagi bahslarga 1952 yilda 
pokistonlik olim, professor Hamidullo Xon: “Rumiy bir xalqqa tegishli emas. U bashariyat 
shoiridir”, deya yakun yasamoqchi bo‘ladi, ammo hali-hanuz turli millat va elat vakillari 
o‘rtasida Rumiy asli qaysi xalq vakili ekanligi to‘g‘risidagi munozaralar tugagani yo‘q. Zero, 
Bake Muan aytganidek: “Rumiy hayotining o‘zi ajoyib ramziy ma’noga ega: afg‘onlar, 
forsiygo‘ylar, turkiylarni birlashtirish bilan birga ushbu xalqlarni boshqa xalqlar bilan 
birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan zotdir. Qanday qilib deysizmi? Axir ularning barchasi Rumiy 
bizniki degan fikrdadirlar”[2]. 2007 yil YUNESKO tashkiloti tomonidan Rumiy yili deb e’lon 
qildi va jahon miqyosida keng nishonlandi. Bu tadbir bo‘yicha xalqaro tashkilotning 
murojaatnomasida esa shunday satrlar keltirilgan: “Rumiy islom sivilizatsiyasining eng ulug‘ 
mutafakkiri va olimi bo‘lib qoladi. Afg‘oniston, Eron va Turkiya xalqlari uni o‘z shoirlari deb 
hisoblaydilar. U esa butun insoniyatga murojaat qiladi va barchani Pok Parvardigor soyasida 
birlashishga chaqiradi... Uning o‘zi aytganidek: “men uchun oshnolaru begonalar, qarindoshu 
qarindosh bo‘lmaganlar orasida farq yo‘q””. 
Jaloliddin Rumiyning ota ajdodi shajarasi ham, ona ajdodi shajarasi ham muqaddas 
ildizlar shajarasiga tutashadi. Otasi Muhammad ibn Husayn ibn Ahmad Xatib Bahovuddin Valad 
bo‘lib, uning ajdodlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin birinchi xalifa etib tayinlangan Abu 
Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi. Onasi Mo‘mina xotun esa Xorazmlik sayyidalardan bo‘lib, 
nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Roziuddin Nishopuriyning xabar 


30 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
berishicha, Rumiyning bobosi – Husayn bin Ahmad Xotibiy ham o‘z davrining taniqli 
ulamolaridan sanalgan, buvisi Malikai Jahon Xorazmshohlar xonadoni vakilasi bo‘lgan. Alisher 
Navoiy o‘zining “Nasoyim-ul muhabbat” asarida yana bir qiziq ma’lumotni keltirib o‘tadi: 
“Hazrat Rasululloh (s.a.v.) Xorazmshohning tushiga kirib ishorat qildilarki, qizingni Husayn 
Xatibga nikoh qil! Bu nikohdan Bahovuddin Valad dunyoga keldi. U 2 yoshida otasi olamdan 
o‘tdi. Balog‘at yoshiga etganda din va irfonga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirdi. Ilmda kamoli ul 
erga etdiki, Hazrat Rasululloh (s.a.v.) tushida unga Sulton-ul ulamo (Olimlar sultoni) laqabini 
berdilar”[3]. O‘z davrining ulug‘ donishmandi hisoblangan Bahovuddin Valadni “Sulton-ul 
orifiyn” deb ham atashganlar. Bahovuddin Valad o‘z davrining yirik ulamosi va voizi bo‘libgina 
qolmay, Xorazmshohlar saroyining ham xos kishilaridan hisoblangan. Uning “Maorif” nomli 
asari o‘sha paytlarda juda mashhur bo‘lgan. Bahovuddin Valad Najmiddin Kubroning muborak 
qo‘lidan muqaddas xirqani kiyib, shayxdan muhrli ijoza olgan va o‘z davrining yirik fiqh ilmi 
bilimdoni, fatvo sohibi hamda kubraviya tariqatining shayxi sifatida ham shuhrat qozongan. 
Jaloliddin Muhammadning onasi 1222 yilda Karamanda xastalikdan vafot etadi. Otasi esa 1231 
yilning 23 fevralida Qunyo shahrida 73 yoshida olamdan o‘tadi. 
Jaloliddin Muhammad bolaligidanoq o‘ta xayolchan va ta’sirchan, ammo zehni o‘tkir bola 
bo‘lgan. U yosh bo‘lishiga qaramay teran zakovati, noyob qobiliyati orqali atrofdagilar diqqatini 
tortgan. Jaloliddin Rumiy 5 yoshligidayoq u bilan g‘ayritabiiy hodisalar sodir bo‘la boshlagan. U 
yoshligidanoq har 2-3 kunda iftor qilardi[4]. Uning akasi A’loiddin Muhammad yoshligidan 
kasalmand va nimjon bo‘lgan, shu sababli u 19 yoshida xastalikdan vafot etadi. A’loiddin 
Muhammad va Jaloliddin Muhammad tarbiyasini Bahovuddin Valadning yaqin muridlari 
bo‘lmish samarqandlik SHarafiddin Lolo va termizlik Sayyid Burhonuddin Termiziylar 
zimmalariga olishgan, ularga tahsil berishgan. Quvvai hofizasi o‘tkir bo‘lgan Jaloliddin 
Muhammad 12-13 yoshlarida Qur’onni yod bilar, shariat ilmidan ancha-muncha xabardor 
bo‘lib, arab tili grammatikasini ham yaxshi o‘zlashtiradi. 10 yoshlaridanoq bir qancha ulug‘ 
shoirlarning yirik asarlarini mutolaa qila boshlaydi, goh-gohida she’rlar ham mashq qilib 
turadi. 16 yoshidan boshlab esa Xomush taxallusi bilan she’rlar yoza boshlaydi. Aflokiy Ahmad 
Dadaning qayd etishicha, otasi Bahovuddin Valad unga “Xudovandigor” nisbasini bergan va 
o‘g‘liga shunday deb murojaat qilgan. Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi esa “sarvar”, “janob” degan 
ma’nolarni anglatib, o‘sha davrlarda ma’naviy va ijtimoiy sohalarda yuksak martabaga erishgan 
kishilarga nisbatan “Xoja” so‘zi o‘rnida ishlatilgan. Jaloliddin Muhammad yoshligidanoq yunon 
tiliga qiziqqanligi tufayli bu tilni puxta o‘rganadi, yunon tilida ravon so‘zlashishni o‘zlashtiradi. 
Keyinchalik esa buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlarini asliyatda o‘qib chiqib, antik davrlar 
falsafasi bilan ham yaqindan tanishadi. Oradan yillar o‘tib o‘zining mashhur “Masnaviyi 


31 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
ma’naviy”, “Ichindagi ichindadir” asarlarida antik davr falsafasining yirik faylasuflari Arastu, 
Aflotun, Galen, Gerodot, Ezop va Geraklitlarning nomlarini, ularning falsafiy-axloqiy 
qarashlaridan turkum namunalarni ham keltirib o‘tadi. 
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Sulton-ul Ulamo 1218 yilda haj safarini ado etish 
bahonasida oilasi, shogirdlari, yaqinlari va 10 tuyaga ortilgan noyob kitoblari bilan Xurosonni 
tark etadi hamda Turkiyaning Qunyo shahrida mangu qo‘nim topadi. Bahovuddin Valad 
oilasining Xurosonni tark etishiga quyidagilar sabab bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan: 
Birinchidan, Bahovuddin Valad va kalom ilmi ustozlaridan Faxriddin Roziy diniy 
masalalarda bir-biriga raqib edilar, ularning fikri hamda qarashlaridagi ziddiyatlar farqi yuqori 
edi. Xorazmshoh va uning a’yonlari Faxriddin Roziyni qo‘llab-quvvatlashadi, buning natijasida 
mamlakatda turli ko‘ngilsizliklar avj oladi. Bahovuddin Valadning yaqin do‘sti Majididdin 
Bag‘dodiy saroy a’yonlarining fitnasi tufayli fojeali qatl etiladi. 
Ikkinchidan, Muhammad Xorazmshoh haddan tashqari kibrlanib, muqaddas aqidalar va 
an’analarni nazarga ilmay qo‘yadi. U Bag‘dod xalifasi Nosirga chopar yuborib, Bag‘doddagi 
barcha masjidlarda o‘z nomiga xutba o‘qitishni buyuradi. Bu esa Muhammad Xorazmshoh 
tomonidan butun xalifalikni o‘z boshqaruviga o‘tkazish uchun qilingan oshkora harakat edi. 
Mehmet Underning qayd etishicha, A’loiddin Chalabiy bobosi Bahovuddin Valad 
maqbarasining o‘ng tomoniga dafn etilgan. Mavlononing to‘ng‘ich o‘g‘li Sulton Valad buyuk 
otasining izdoshi hisoblanadi. U butun umrini padarining hayoti, ijodi va ilmiy merosini 
ommaga targ‘ib qilishga sarflagan hamda otasi vafotidan keyin Mavlaviya tariqatining rasmiy 
shayxi etib saylangan. U otasining muridi hisoblanmish Faridun Salohiddinning qizi Fotima 
xotun bilan turmush quradi va 12 nafar farzand ko‘radi. Ammo ulardan faqat Mutahhara, Jalola 
va Ulug‘ Orif Chalabiy ismli farzandlari yashab qolgan. Uning o‘g‘liga Ulug‘ Orif ismini Mavlono 
beradi va “bu ism nevaramga mening ma’naviy hadyamdir”, deya lutf etadi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin