«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni


Bilish jarayonlarining o’sishi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix28.07.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#137763
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ZDPP 4-son to\'plam

Bilish jarayonlarining o’sishi.
O’smirning qiziqishlari ortadi, bilish faoliyati maktab dasturidandan tashqariga chiqadi, 
mustaqil o’qiy boshlaydi. Uning tafakkurida tanqidiylik, mustaqillik hosil bo’ladi. O’qituvchi 
o’quvchilarga o’quv materiallarini taqqoslashni, mavhumlashtirishni, o’z fikrini to’g’ri, ravon va 


36 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
aniq ifodalash yo’lini tushuntirib berishlari lozim. O’smirlarning o’quv faoliyatida, o’quv 
materialini o’zlashtirish darajasida, umumiy intellektual rivojlanishida turli darajadagi 
o’quvchilarni uchratish mumkin. O’quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik sinflarda bilinmagan 
bo’lsa, V-VI sinflarda o’zlashtirishi keskin farqlanadigan bolalar ko’zga tashlanib qoladi. 
O’smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari 
ham intellektualizasiya bo’la boshlaydi, ya’ni o’smir o’quv materiallarini tushinib idrok qilish 
va eslab qolishni o’rgana boshlaydi. O’smirlarning o’z-o’zini anglashi sifat jihatidan o’zgaradi. 
O’zi haqida o`ylash, o’zini boshqalar bilan taqqoslash o’smirning xususiyatidir. O’smir o’z 
kamchiligi ustida o`ylaydi, o’zidan qoniqmaslik hissi paydo bo’ladi. Ko’pchilik o’smirlar 
kattalarga o’xshaydigan o’z tenglashlariga o’xshashga harakat qiladilar. O‘smirlik davrida 
o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha 
o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish 
darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab 
berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki 

mulohaza yuritish, fikr 
bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. YOzma nutq ham rivojlangan holda o‘smirlar 
endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smirlarning 
nutqi to‘la tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki 
va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar. O‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, 
o‘z nutqini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. O‘quvchi yozib bayon qilayotganida, ko‘pincha, 
bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan ishlab 
chiqishga majbur bo‘ladi. O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar 
bajarayotganida o‘zining shu ishiga baho
 
berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga 
qarabgina berilib qolmasdan, balki shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan bayon 
qilinganiga qarab ham
 
baholanishini oldindan bilib turadi. Mana shu hollarning hammasi 
bolani o‘z nutqini grammatika va logika talablariga muvofik keladigan qilib, ongli ravishda 
tuzishga majbur etadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga 
ayniqsa katta ta’sir qiladi. O‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi 
namunalari bilan tanishadilar.
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim bosqich 
bo‘ladi. O‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq 
holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va ayniqsa o‘zidagi 
fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallashda 
katta ahamiyatga ega. YOzma bayon qilish vaqtida fikrni to‘liq tushuntirib berish zarurligi 
o‘quvchini o‘zi yozayotganlarining mazmunigagina diqqat qaratmasdan, balki qanday qilib 


37 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
yozayotganligiga ham e’tibor berishga majbur etadi. Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida 
o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘kituvchining nutqi o‘quvchilar uchun namunali 
nutq hisoblanadi. SHu sababli, har bir o‘qituvchi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham 
o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay intilishi lozim. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin