«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix28.07.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#137763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
ZDPP 4-son to\'plam

References: 
1.
Mavlono Jaloliddin Rumiy. Metodik-bibliografik qoʻllanma. Tuzuvchi U.Teshaboyeva. - 
T.:2007.-B.21. 
2.
Komilov N. Tafakkur karvonlari. - T.:Sharq, 2011.-B.190. 
3.
Alisher Navoiy. Toʻla asarlar toʻplami. Nasoyim-ul muhabbat. - T.:2013.-B.355. 
4.
Alisher Navoiy. Toʻla asarlar toʻplami. Nasoyim-ul muhabbat.- T.:2013.-B.355. 
5.
Farididdin Attor. Ilohiynoma.-T.:Yozuvchi, 1994.-B.12. 
6.
Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadir. - T.:Yangi asr avlodi, 2018.-B.33. 


32 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
JALOLIDDIN RUMIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Yunusxo’jaev Mustafo 
 Mustaqil tadqiqotchi 
sv997710@gmail.com
  
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Mavlono Jaloliddin Rumiy shaxsi fenomening ijtimoiy-
pedagogik tahlili masalasi tahlil qilingan bo’lib, asosiysi ushbu olimning ilmiyt merosini 
pedagogik jihatdan ko’rib chiqib, tahlil qilingan.Shuningdek, maqolaning xulosa qismida 
muallifning tadqiqoti yuzasidan keltirgan yakuniy mulohazalari keltirib o’tiladi. 
Kalit so’zlar: 
Balxiy, Rumiy, pedagogic tahlil, shaxs fenomeni, shaxsni o’qitish, 
pedagogic prinsiplar, mavlaviylik, pedagogik qarash 
Jaloliddin Muhammad ibn Bahovuddin Valad al Balxiy Rumiy nomi bilan jahonga dong 
taratgan allomaning taxallusi borasida ham fan olamida bir qator gipotezalar mavjud. Mavlono 
tug‘ilgan joyi nisbatiga ko‘ra “Balxiy”, do‘sti Shams Tabriziy xotirasiga “Tabriziy” va yashash 
makoniga ko‘ra “Rumiy” taxalluslari ostida ijod qildi. Bu nomlar orasida esa u ko‘proq Rumiy 
taxallusi bilan mashhur bo‘ldi. Asli Markaziy Osiyolik Jaloliddin Rumiyni afg‘onlar Balxiy, 
forslar Mavlaviy, turklar esa Rumiy deb ardoqlashadi. Bugungi kunda turli xalq va millatlar 
o‘rtasida Rumiy shaxsi bo‘yicha ko‘plab bahs-munozaralar davom etmoqda. Eronliklar va 
turklar, arablar va afg‘onlar orasida bo‘layotgan bahslarning sababi ularning har biri Jaloliddin 
Rumiy bizning buyuk ajdodimizdir degan mavzu atrofida muzokaralar olib bormoqdalar. 
Arablarning da’vosiga ko‘ra, Rumiyning ota-ona avlodi Muhammad (s.a.v.) va xalifa Abu Bakr 
shajarasiga borib taqaladi, shu bois, u arablar avlodidandir. Ularning bu da’vosi bo‘yicha tarixiy 
argumentlar etarli. Afg‘onlarning da’volari ham birmuncha asosli dalillarga tayangan. Rumiy 
hozirgi Afg‘onistonning Balx shahrida tug‘ilgan va shunga nisbat bergan holda Balxiy taxallusi 
bilan ham ijod qilgan degan fikrni ilgari surmoqdalar. SHaxs va buyuk so‘fiy shoir sifatida 
Jaloliddin Rumiy fors madaniy va adabiy an’analariga tayangan holda asosan forsiy tilda ijod 
qilgan, uning deyarli barcha asarlari fors tilida yaratilganligi jihatidan eronliklar ham Rumiy 
bizning ajdodimizdir degan gipotezani ilgari suradilar. Jaloliddin Rumiy hayotining asosiy 
qismini Kichik Osiyoda, ya’ni Rumda o‘tkazdi va shunga nisbat olgan holda Rumiy taxallusini 
olib, dunyo bo‘yicha hozirda asarlari eng ko‘p o‘qiladigan va o‘rganiladigan so‘fiy shoir sifatida 
dong taratdi. Rumiy taxallusi uni umr bo‘yi shu mamlakat tarixi va madaniyati bilan bog‘lab 
turdi. U O‘rta asrlardagi bir qator falsafiy oqimlarning taraqqiy etishiga ham sezilarli tarzda o‘z 
ta’sirini o‘tkazdi. Forsiylar uni o‘zlarining buyuk shoiri deb ataydilar, turklar esa turk 
adabiyotining asoschisi deb ulug‘laydilar. 


33 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Jaloliddin Rumiyning ota ajdodi shajarasi ham, ona ajdodi shajarasi ham muqaddas 
ildizlar shajarasiga tutashadi. Otasi Muhammad ibn Husayn ibn Ahmad Xatib Bahovuddin Valad 
bo‘lib, uning ajdodlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin birinchi xalifa etib tayinlangan Abu 
Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi. Onasi Mo‘mina xotun esa Xorazmlik sayyidalardan bo‘lib, 
nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Roziuddin Nishopuriyning xabar 
berishicha, Rumiyning bobosi – Husayn bin Ahmad Xotibiy ham o‘z davrining taniqli 
ulamolaridan sanalgan, buvisi Malikai Jahon Xorazmshohlar xonadoni vakilasi bo‘lgan. Alisher 
Navoiy o‘zining “Nasoyim-ul muhabbat” asarida yana bir qiziq ma’lumotni keltirib o‘tadi: 
“Hazrat Rasululloh (s.a.v.) Xorazmshohning tushiga kirib ishorat qildilarki, qizingni Husayn 
Xatibga nikoh qil! Bu nikohdan Bahovuddin Valad dunyoga keldi. U 2 yoshida otasi olamdan 
o‘tdi. Balog‘at yoshiga etganda din va irfonga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirdi. Ilmda kamoli ul 
erga etdiki, Hazrat Rasululloh (s.a.v.) tushida unga Sulton-ul ulamo (Olimlar sultoni) laqabini 
berdilar”[1]. O‘z davrining ulug‘ donishmandi hisoblangan Bahovuddin Valadni “Sulton-ul 
orifiyn” deb ham atashganlar. Bahovuddin Valad o‘z davrining yirik ulamosi va voizi bo‘libgina 
qolmay, Xorazmshohlar saroyining ham xos kishilaridan hisoblangan. Uning “Maorif” nomli 
asari o‘sha paytlarda juda mashhur bo‘lgan. Bahovuddin Valad Najmiddin Kubroning muborak 
qo‘lidan muqaddas xirqani kiyib, shayxdan muhrli ijoza olgan va o‘z davrining yirik fiqh ilmi 
bilimdoni, fatvo sohibi hamda kubraviya tariqatining shayxi sifatida ham shuhrat qozongan. 
Jaloliddin Muhammadning onasi 1222 yilda Karamanda xastalikdan vafot etadi. Otasi esa 1231 
yilning 23 fevralida Qunyo shahrida 73 yoshida olamdan o‘tadi. 
Jaloliddin Rumiy shaxsiyatining bu qadar buyukligida uning ustozlari va pirlarining ham 
o‘rni beqiyos ekanligini qayd etmoq joiz. Jaloliddin Rumiy o‘z davrining yirik ma’rifiy irfon 
maskanlari hisoblanmish Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa ko‘plab shaharlarda 
bo‘ladi, turli madrasalarda tahsil oladi. U Halab shahridagi mashhur Halaviya madrasasida 
atoqli arab olimi, fiqh ilmi nuktadoni Kamoliddin ibn Al-Adimdan saboq oladi. Al Adim unga 
asosan Yaratuvchi va yaralmish haqida saboq berib, ular uzoq suhbatlar qurishadi, ayni shu 
saboqlar natijasida Jaloliddin Rumiyning ontologik qarashlari shakllanadi.
Jaloliddin Rumiyning ijodiga bo‘lgan qiziqish yildan – yilga ortib, kishilarni o‘ziga rom 
etmoqda va mistik xususiyatlarga ega bo‘lmoqda. Davrlar o‘tishi bilan uning falsafiy 
ta’limotidagi g‘oyalar va ma’nolar yanada yashirin mazmun kashf etmoqda, zamonaviy 
kishilarni o‘z atrofida bahs-munozaralar uyushtirishga, teranroq fikrlashga da’vat etmoqda. 
Shu sababdan Yevropada Rumiy ijodi qayta-qayta tadqiq etilmoqda hamda G‘arbliklar “Uning 
so‘zlari er yuzidagi so‘zlar emas, Alloh tomonidan yaratilgan so‘zlardir”, deya ta’riflashmoqda. 


34 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin