32
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
JALOLIDDIN RUMIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Yunusxo’jaev Mustafo
Mustaqil tadqiqotchi
sv997710@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Mavlono Jaloliddin Rumiy
shaxsi fenomening ijtimoiy-
pedagogik tahlili masalasi tahlil qilingan bo’lib, asosiysi ushbu olimning ilmiyt merosini
pedagogik jihatdan ko’rib chiqib, tahlil qilingan.Shuningdek, maqolaning xulosa qismida
muallifning tadqiqoti yuzasidan keltirgan yakuniy mulohazalari keltirib o’tiladi.
Kalit so’zlar:
Balxiy, Rumiy,
pedagogic tahlil, shaxs fenomeni, shaxsni o’qitish,
pedagogic prinsiplar, mavlaviylik, pedagogik qarash
Jaloliddin Muhammad ibn Bahovuddin Valad al Balxiy Rumiy nomi bilan jahonga dong
taratgan allomaning taxallusi borasida ham fan olamida bir qator gipotezalar mavjud. Mavlono
tug‘ilgan joyi nisbatiga ko‘ra “Balxiy”, do‘sti Shams Tabriziy xotirasiga “Tabriziy” va yashash
makoniga ko‘ra “Rumiy” taxalluslari ostida ijod qildi. Bu nomlar orasida esa u ko‘proq Rumiy
taxallusi bilan mashhur bo‘ldi. Asli Markaziy Osiyolik Jaloliddin Rumiyni afg‘onlar Balxiy,
forslar Mavlaviy, turklar esa Rumiy deb ardoqlashadi. Bugungi kunda
turli xalq va millatlar
o‘rtasida Rumiy shaxsi bo‘yicha ko‘plab bahs-munozaralar davom etmoqda. Eronliklar va
turklar, arablar va afg‘onlar orasida bo‘layotgan bahslarning sababi ularning har biri Jaloliddin
Rumiy bizning buyuk ajdodimizdir degan mavzu atrofida muzokaralar olib bormoqdalar.
Arablarning da’vosiga ko‘ra, Rumiyning ota-ona avlodi Muhammad (s.a.v.) va xalifa Abu Bakr
shajarasiga borib taqaladi, shu bois, u arablar avlodidandir. Ularning bu da’vosi bo‘yicha tarixiy
argumentlar etarli. Afg‘onlarning da’volari ham birmuncha asosli dalillarga tayangan. Rumiy
hozirgi Afg‘onistonning Balx shahrida tug‘ilgan va shunga nisbat bergan holda Balxiy taxallusi
bilan ham ijod qilgan degan fikrni ilgari surmoqdalar. SHaxs va buyuk so‘fiy
shoir sifatida
Jaloliddin Rumiy fors madaniy va adabiy an’analariga tayangan holda asosan forsiy tilda ijod
qilgan, uning deyarli barcha asarlari fors tilida yaratilganligi jihatidan eronliklar ham Rumiy
bizning ajdodimizdir degan gipotezani ilgari suradilar. Jaloliddin Rumiy hayotining asosiy
qismini Kichik Osiyoda, ya’ni Rumda o‘tkazdi va shunga nisbat olgan holda Rumiy taxallusini
olib, dunyo bo‘yicha hozirda asarlari eng ko‘p o‘qiladigan va o‘rganiladigan so‘fiy shoir sifatida
dong taratdi. Rumiy taxallusi uni umr bo‘yi shu mamlakat tarixi va madaniyati bilan bog‘lab
turdi. U O‘rta asrlardagi bir qator falsafiy oqimlarning taraqqiy etishiga ham sezilarli tarzda o‘z
ta’sirini o‘tkazdi. Forsiylar uni o‘zlarining
buyuk shoiri deb ataydilar, turklar esa turk
adabiyotining asoschisi deb ulug‘laydilar.
33
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Jaloliddin Rumiyning ota ajdodi shajarasi ham, ona ajdodi
shajarasi ham muqaddas
ildizlar shajarasiga tutashadi. Otasi Muhammad ibn Husayn ibn Ahmad Xatib Bahovuddin Valad
bo‘lib, uning ajdodlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin birinchi xalifa etib tayinlangan Abu
Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi. Onasi Mo‘mina xotun esa Xorazmlik sayyidalardan bo‘lib,
nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Roziuddin Nishopuriyning xabar
berishicha, Rumiyning bobosi – Husayn bin Ahmad Xotibiy ham o‘z davrining taniqli
ulamolaridan sanalgan, buvisi Malikai Jahon Xorazmshohlar xonadoni vakilasi bo‘lgan. Alisher
Navoiy o‘zining “Nasoyim-ul muhabbat” asarida yana bir qiziq ma’lumotni keltirib o‘tadi:
“Hazrat Rasululloh (s.a.v.) Xorazmshohning tushiga kirib ishorat qildilarki,
qizingni Husayn
Xatibga nikoh qil! Bu nikohdan Bahovuddin Valad dunyoga keldi. U 2 yoshida otasi olamdan
o‘tdi. Balog‘at yoshiga etganda din va irfonga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirdi. Ilmda kamoli ul
erga etdiki, Hazrat Rasululloh (s.a.v.) tushida unga Sulton-ul ulamo (Olimlar sultoni) laqabini
berdilar”[1]. O‘z davrining ulug‘ donishmandi hisoblangan Bahovuddin Valadni “Sulton-ul
orifiyn” deb ham atashganlar. Bahovuddin Valad o‘z davrining yirik ulamosi va voizi bo‘libgina
qolmay, Xorazmshohlar saroyining ham xos kishilaridan hisoblangan. Uning “Maorif” nomli
asari o‘sha paytlarda juda mashhur bo‘lgan. Bahovuddin Valad Najmiddin Kubroning muborak
qo‘lidan muqaddas xirqani kiyib, shayxdan muhrli ijoza olgan va o‘z davrining yirik fiqh ilmi
bilimdoni, fatvo sohibi hamda kubraviya tariqatining shayxi sifatida ham shuhrat qozongan.
Jaloliddin Muhammadning onasi 1222 yilda Karamanda xastalikdan vafot etadi. Otasi esa 1231
yilning 23 fevralida Qunyo shahrida 73 yoshida olamdan o‘tadi.
Jaloliddin Rumiy shaxsiyatining bu qadar buyukligida uning ustozlari va pirlarining ham
o‘rni beqiyos ekanligini qayd etmoq joiz. Jaloliddin Rumiy o‘z davrining yirik ma’rifiy irfon
maskanlari
hisoblanmish Shom, Halab, Damashq, Qaysariya va boshqa ko‘plab shaharlarda
bo‘ladi, turli madrasalarda tahsil oladi. U Halab shahridagi mashhur Halaviya madrasasida
atoqli arab olimi, fiqh ilmi nuktadoni Kamoliddin ibn Al-Adimdan saboq oladi. Al Adim unga
asosan Yaratuvchi va yaralmish haqida saboq berib, ular uzoq suhbatlar qurishadi, ayni shu
saboqlar natijasida Jaloliddin Rumiyning ontologik qarashlari shakllanadi.
Jaloliddin Rumiyning ijodiga bo‘lgan qiziqish yildan – yilga ortib, kishilarni o‘ziga rom
etmoqda va mistik xususiyatlarga ega bo‘lmoqda. Davrlar o‘tishi
bilan uning falsafiy
ta’limotidagi g‘oyalar va ma’nolar yanada yashirin mazmun kashf etmoqda, zamonaviy
kishilarni o‘z atrofida
bahs-munozaralar uyushtirishga, teranroq fikrlashga da’vat etmoqda.
Shu sababdan Yevropada Rumiy ijodi qayta-qayta tadqiq etilmoqda hamda G‘arbliklar “Uning
so‘zlari er yuzidagi so‘zlar emas, Alloh tomonidan yaratilgan so‘zlardir”, deya ta’riflashmoqda.
34
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Dostları ilə paylaş: