27
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
MASOFAVIY O‘QITISH MODELLARI VA ULARNING TURLARI
Allayorova Nigora Shavxiddinovna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
4- bosqich talabasi
Masofaviy o‘qitishning tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlar bilan farqlanuvchi bir
nechta modellar mavjud bo‘lib, ular: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazdan
geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatning
kompyuter va axborot
texnologiyalari jihatidan kutubxonasilanganlik darajasi, transport va kommunikatsiyalarning
rivojlanish darajasi, mamlakatning ta’lim sohasidagi odatlari, masofaviy ta’lim
uchun
mutaxasisslar mavjudligi, ta’lim sohasida axborot va kommunikatsion texnologiyalardan
foydalanish darajasi bilan farqlanadi.
1. Birlamchi model.
Ushbu model faqat masofaviy talabalar bilan ishlash uchun yaratiladi.
Ularning har
bittasi virtual o‘qituvchiga biriktirilgan boiadi. Maslahatlar va yakuniy nazoratni topshirish
uchun esa mintaqaviy bo‘limlar bo‘lishi shart. Shunday o‘quv kurslarida o‘quv shaklini
tanlashda o‘qituvchi va talabalarga katta imkoniyatlar hamda erkinliklar beriladi. Bu modelga
misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta’limni
olish
mumkin.
2. Ikkilamchi model.
Bu model masofaviy va kunduzgi ta’lim talabalari bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala
guruhda bir xil o‘quv dasturi va darslar jadvali, i masofaviy ta’limihonlar va ularni baholash
mezonlari mavjud. Bunday o‘quv muassasalarida kunduzgi kurslar soni masofaviylarga
qaraganda ko‘p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo‘nalishlar
bo‘yicha izlanishda qo‘llaniladi. Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya
Universitetidagi (http :// www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin.
3. Aralash model.
Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlarini integratsiyalash uchun yaratiladi.
Talabalar o‘quv kursining bir qismini kunduzi, boshqa qismini esa masofadan o‘qiydi. Shu bilan
birga, bu ta’lim
turiga virtual seminar, taqdimotlar va leksiyalar o‘tkazish ham kiradi. Bu
modelga misol qilib Yangi Zelandiyaning Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz)
ta’limni ko‘rsatish mumkin.
4. Konsorsium.
Ushbu model ikki unversitetning bir-biri bilan birlashishini talab qiladi. Bu
muassasalardan biri o‘quv kurslarini tashkil qilib ishni ta’minlasa, ikkinchisi ulami tasdiqlab,
kurslarni talabalar bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu jarayonda butun universitet emas,
28
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
balki bitta kafedra yoki markaz yoxud universitet o‘mida ta’lim
sohasida ishlaydigan
korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslarini doimiy ravishda nazorat
qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur boiadi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq
O‘quv Agentligidagi (http://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin.
5. Franchayzing.
Ushbu modelda ikki universitet bir-biri bilan o‘zlari yaratgan o‘quv kurslarini
almashishadi. Masofaviy ta’lim sohasida yetakchi boigan o‘quv muassasasi o‘zining o‘quv
kurslarini bu sohada ilk qadam qo‘yadigan muassasaga taqdim qiladi. Bu modelda ikkala
muassasa talawww.ziyouz.com kutubxonasibalari bir xil ta’lim va diplom olishadi. Bu
modelgamisol qilib Ochiq Universitet Biznes maktabi va Sharqiy Yevropa Universitetlari bilan
boigan hamkorligini ko‘rsatish mumkin.
6. Validatsiya.
Ushbu model universitet bilan uning filiallari o‘rtasidagi munosabatlarga o‘xshash. Bu
modelda bitta universitet o‘quv kursi, diplomlarini kafolatlasa, qolgan bir nechta universitet
talabalar bilan ta’minlaydi.
7. Uzoqlashgan auditoriyalar.
Ushbu modelda axborot va kommunikatsiya imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Bitta
o‘quv muassasasida bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslari videokonferensiyalar, radiotranslyatsiyalar va
telekommunikatsion kanallar orqali sinxron teleko‘rsatuvlar ko‘rinishida
boshqa
auditoriyalarga uzatiladi. Uning aralashgan modeldan farqi shundaki, bu modelda talabalar
kunduzgi ta’limda qatnashmaydi. Bu modelga misol
qilib AQSHning Viskonsing
Universitetidagi va Xitoyning Markaziy radio va televideniye Universitetidagi ta’limni olish
mumkin.
8. Loyihalar.
Ushbu model davlat dasturlari yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish
uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to‘plangan ilmiy-
metodik markaz zimmasiga tushadi. Bu modelda yaratilgan kurslar
aholining katta qismiga
namoyish qilinib, o‘z vazifasini bajarib boiganidan keyin to‘xtatiladi. Bu modelga misol qilib
Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidagi rivojlanmagan mamlakatlarda o‘tkazilgan har xil kurslarni
keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: