«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix28.07.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#137763
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
ZDPP 4-son to\'plam

Ключевые
слова
: миграция, мигранты, нелегальные мигранты, нелегальная 
перевозка мигрантов, Европейский союз (ЕС), Международная организация труда 
(МОТ). 
LEGAL FUNDAMENTALS OF MIGRATION REGULATION IN THE EUROPEAN 
UNION 


20 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Karimova V.U. 
Lawyer of the insurance company “ALFA INVEST” 
vazira.karimova@inbox.ru
 
Annotation:
The article discusses the challenges of EU migration policy, in particular the 
Middle East and North Africa, as well as the system for managing migration flows from Eastern 
European countries. At a time when the problems with migrants from the Middle East and 
North Africa, as well as Eastern Europe, are on the rise, European countries are realizing that 
the current system of regulating migration flows is ineffective. The article analyzes a number 
of issues facing the EU. The situation of migrants in the European labor market is critical. The 
article reviews the EU’s regulatory framework for migration and concludes that it needs to be 
improved. 
Key words: 
migration, migrants, illegal migrants, illegal transportation of migrants, 
European Union (EU), International Labor Organization (ILO). 
Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi (keying o’rinlarda- YI) davlatlari hududida yuqori 
darajada migratsiya oqimlari muammosi borligi shubhasizdir. Sharqiy Yevropadan, 
shuningdek, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan kelgan qochqinlar o’z mamlakatlaridagi og’ir 
ijtimoiy sharoitlardan, shuningdek, ishsizlikdan qochib bu yerga kelmoqdalar. Chunki Yevropa 
davlatlari iqtisodiy barqaror va yashash sharoiti juda jozibali deb hisoblaydilar. Yevropa 
davlatlari YIning migratsiya siyosatining nomukammalligini tan olishadi. Shunday qilib, 2015-
yildagi Yevropadagi migratsiya inqirozi Maastrixt shartnomasi (1992), Amsterdam 
shartnomasi (1997) va Stokgolm dasturi (2009) asosida ishlab chiqilgan migratsiyani tartibga 
solish tuzilmasi yetarli emasligini ko’rsatdi. 
Muammolar tegishli huquqiy bazaning yo’qligi, ijtimoiy norozilikning kuchayishiga olib 
kelayotgan migrantlarning Yevropa davlatlari hududiga kirib kelishinini va ular faoliyatini 
nazorat qila olmayotgani va o’z fuqarolari hamda migrantlar xavfsizligini ta’minlay 
olmayotgani bilan bog’liq. 
YIda mavjud bo’lgan migratsiya muammolarini hal qilish uchun YI mamlakatlari ayni 
vaqtda yuritilayotgan migratsiya siyosatini qayta ko’rib chiqishlari, unga aniqlik kiritishlari va 
sifatli o’zgarishlarni kiritish uchun jiddiy ishlarni amalga oshirishlari kerak. 
Yevropa Ittifoqining amaldagi migratsiya siyosatining yaratilishi 
Xalqaro mehnat tashkilotining statistik ma’lumotlariga ko’ra, G’arbiy Yevropada dunyo 
ish kuchining qariyb 25 foizi yig’ilgan. Xorijiy ishchilar soni har yili 500-600 ming kishiga 
ko’payadi (oila a’zolaridan tashqari). Endi, geosiyosiy sabablarga ko’ra, bu raqam millionga 
oshdi va tendensiya shundan iboratki, bu raqam tez sur’atlarda o’sadi. Bundan tashqari, ushbu 
raqamga YIning sharqiy qismidan kelgan migrantlar, shuningdek, Ukrainadan kelgan qochoqlar 


21 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
ham kiritilmagan. Birgina Polshada rasmiy ravishda, allaqachon, Ukrainadan 500 mingdan 
ortiq qochoq bor, ularning soni o’z mamlakatlari iqtisodiyotining qulashi tufayli tez sur’atlar 
bilan o’sib bormoqda. Migrantlarning umumiy soni allaqachon halokatli ravishda o’sib 
bormoqda. Asosiy migrantlarning katta qismi Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyaga 
o’tishadi. O’z navbatida, Yevropa mamlakatlarining o’zlari hududida migrantlarni qabul qilish 
masalasi bilan bog’liq mojarolarni ta’kidlash kerak. Shunday qilib, Germaniya va Shvetsiya 
singari davlatlar Yevropaning boshqa davlatlari migrantlarga eshik ochishdan avval jiddiy 
mulohaza yuritishga undaydi[1]. 
Davlatlarning bunday ziddiyatli holati YIning o’zida munosabatlarning izdan chiqishiga 
olib keladi. Buning sababi - migratsiya siyosatining samarasizligi, tegishli huquqiy bazaning 
yo’qligi. Shunday qilib, 2015-yildagi Yevropadagi migratsiya inqirozi ushbu muammoni yana 
yuzaga chiqardi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, migrantlarning eng ko’p qismini Germaniya, 
keyin o’rinlarda Italiya, Fransiya qabul qilgan. Shunga tufayli, migratsiya inqirozining og’irligini 
aynan shu davlatlar o’z zimmalariga oldilar. 
So’nggi o’n yilliklarda Yevropadagi migratsiya jarayonlarini tartibga solishning huquqiy 
masalalari shakllandi. 1957-yildagi Yevropa Iqtisodiy Ittifoqini tuzish to’g’risidagi Rim 
shartnomasida faqat odamlar harakati erkinligi to’g’risida gap borgan (3-modda), bu Yevropa 
Ittifoqiga qo’shilgan mamlakatlar fuqarolarini nazarda tutadi. O’sha paytda migratsiya keskin 
muammo emas edi va migrantlarning huquqlari, shu jumladan, noqonuniy bo’lganlar ham 
ro’yxatga olinmagan. Hatto 1986-yilda, Yagona Yevropa qonuni qabul qilinganida, 
Yevropaliklar ularga tahdid solayotgan muammolar haqida hali xabardor emas edilar, chunki 
ular harakatlanish erkinligiga nisbatan aniq huquqqa kimlar ega ekanliklarini ko’rsatmagan 
edilar. Hozirgi paytda Yevropada yuz minglab muhojirlar va ularning oilalari istiqomat 
qilishadi. Faqat 1992-yildagi Maastrixt shartnomasida birinchi marta muhojirlar to’g’risidagi 
ma’lumotlar mavjud edi. Migrantlar bilan bog’liq barcha masalalar endi YI Kengashida 
muhokama va ovoz berish orqali hal qilinmoqda, ular davlatlararo hamkorlik sohasiga alohida 
berishmoqda [2, 216 p.]. 
Uchinchi davlat fuqarolarining YI ga kirishi, YI davlatlarining qonunlari bilan tartibga 
solinishi, YI da bo’lish muddati va asoslariga qarab ko’rib chiqilib: qisqa muddatli yoki uzoq 
muddatli viza, shuningdek, yashash huquqi beriladi. Yuqori malakali xodimlar uchun 
mo’ljallangan “ko’k kartochkalar” tizimini tahlil qilishga katta e’tibor beriladi. 
Bugungi kunda YI mamlakatlarida migratsiya siyosati to’g’risidagi qonunchilikning 
nomukammalligi yorqin nomoyon bo’lmoqda. Hozircha Yevropa davlatlari rahbarlari 
migrantlarga oid islohotlarni muvofiqlashtira olmayapti. Shunday tufayli, hozirgi kunga qadar 


22 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
butun YIda migratsiyani tartibga solishning asosiy qonuniy asoslari mavjud emas, boshpana 
berishning umumiy qoidalari yaratilmagan. 
Qochoqlar va noqonuniy migratsiya uchun jazo juda yengil. YI doirasida rasmiy 
chegaralar mavjud emasligi va mehnat bozori amalda birlashtirilgani tufayli YI mamlakatlari 
uchun zarur bo’lgan kadrlar to’g’risidagi yagona ma’lumotlar bazasi mavjud emas. Ushbu 
vazifalarni hal qilinmas ekan, Yevropa mamlakatlarining barqarorligi va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlash juda qiyin bo’ladi[3, 168 p.]. 
Yevropa Ittifoqining migratsiya siyosatining samarasizligi 
Bugungi kunda Yevropa uchun migratsiya siyosati a’zo davlatlar xavfsizligini 
ta’minlashning asosiy elementidir. So’nggi voqealar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni 
huquqiy tartibga solish zamonaviy voqelikka mos kelmasligini ko’rsatdi. Bu barcha YI 
davlatlarining noqonuniy migrantlar muammosiga va hatto qonuniy qochqinlarning 
masalasida ham maxsus yondashuvining yo’qligi bilan bog’liq. Ko’pgina a’zo davlatlar o’zlari 
arzon ishchi kuchi etkazib beruvchilardir va to’g’ridan-to’g’ri muammoga duch kelmaydilar. 
Bunday sharoitda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashning yagona siyosatini yuritib 
bo’lmaydi. 
Yevropadagi migratsiya siyosatining asosiy yo’nalishi nazorat mexanizmlarini 
kuchaytirish bo’yicha an’anaviy choralar uchun barcha imkoniyatlar yaratishdir. YI 
mamlakatlari va migrantlarning asosiy oqimi kelib chiqqan davlatlar orasida, mamlakatdan 
chiqarib yuborilgan fuqarolarni qaytarib berish to’g’risida yuzdan ortiq shartnoma va bitimlar 
tuzilgan bo’lsada, bu bitimlar qochqinlarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha xalqaro 
standartlarga to’liq javob bermaydi. Noqonuniy migratsiya ga qarshi, odatda, hibsga olishlar, 
ijtimoiy nafaqalardan foydalanish va mehnat qilish huquqini cheklash orqali kurashiladi. YIning 
bunday siyosati jamoat tashkilotlarining noroziligiga sabab bo’ladi[4]. Ularning ta’kidlashicha, 
hukumatlar qochqinlarni ta’qib qilish va yo’llarini to’sqinlik qilish o’rniga, migratsiya oqimining 
asosiy sabablarini hal qilishlari kerak. Ta’kidlanishicha, bunday siyosat umuman 
muhojirlarning harakatini to’xtatishga yordam bermaydi, lekin ular uchun yanada katta 
muammolarni keltirib chiqaradi[5] 
Noqonuniy migratsiya, odamlarni noqonuniy olib kirish va savdosi bilan ham bog’liqdir. 
Shu sababli, Yevropa Kengashi noqonuniy migratsiyaning sabablarini yo’q qilish uchun 
mo’ljallangan tashqi migratsiya siyosatiga alohida e’tiborni qaratdi 
Yevropa mehnat bozorida migrantlar 
YI mehnat bozori, innovatsion texnologiyalar, mehnat unumdorligi, ijtimoiy kafolatlar va 
standartlarning yuqori ulushiga qaramay, bir qator o’ziga xos muammolarga ega. Asosiy 


23 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
muammolardan biri bu bir qator sabablarga ko’ra ishchilarni kamsitishdir. Buning asosiy 
sabablaridan biri bu mintaqaning ishchilarga bo’lgan talabidir, shuningdek, YIning ba’zi a’zolari 
o’rtasidagi katta farqlar. 
Qat’iy qonunchilik asosida gender tenglikga qaramay, erkaklar va ayollar o’rtasida 
sezilarli darajada ish haqi farqi qayd etilgan. Shuningdek, migrantlarga nisbatan kamsitish 
hozlatlari ko’p uchraydi. Migrantlarning fikricha YI da uchinchi davlat fuqarolariga nisbatan 
kamsitishning odatiy namunasi bu ish haqi va mehnat sharoitlaridagi keskin farqlar[6]. 
YI da ichki mehnat migratsiyasi bilan bog’liq kamsitish ikki tomonlama amalga oshiriladi. 
Bir tomondan, Sharqiy Yevropadan kelgan mehnat muhojirlari mahalliy ijtimoiy kafolatlar va 
imtiyozlar bilan ta’minlanmaydilar, bu esa ularni mahalliy ishchilarga nisbatan kam haq 
olishlarini anglatadi. Yevropaning eng yirik ish beruvchilari ko’proq migrantlar bilan 
vaqtinchalik mehnat shartnomalari tuzishni afzal ko’rishmoqda. Bu esa, o’z navbatida, mahalliy 
aholi ishsiz qolishiga sabab bo’lyapti. 
Shunday qilib, YIda migratsiyani tartibga solish bilan bog’liq ko’plab muammolar mavjud. 
Shu bilan birga, Yevropa davlatlari allaqachon bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib, 
sezilarli natijalarga erishganlarini ham ta’kidlab o’tish kerak. Shunday qilib, Yevropa 
Kengashining statistik ma’lumotlariga ko’ra, Yevropada 2015-yildan boshlab, migratsiya 
inqirozi masalasida davlatlarning tashqi chegaralari va migratsiya oqimlari ustidan nazoratni 
yaxshilash uchun bir qator chora-tadbirlar ko’rishi natijasida YIdagi noqonuniy migratsiya 90% 
dan ko’proqqa qisqartirildi: Agar 2015-yilda 1 milliondan ortiq muhojir Yevropaga noqonuniy 
kirgan bo’lsa, 2019-yilda ularning soni ikki yuztagacha kamaydi. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, Yevropa o’zining zamonaviy qiyofasini saqlab qolish 
uchun, migrantlar va qochoqlar uchun joriy etilgan ijtimoiy himoya qilish standartlarini qayta 
ko’rib chiqishi shart. Shu bilan bir qatorda noqonuniy migrantlar va ularni noqonuniy tashish 
sohasidagi huquqiy bazani tubdan yangilash, bu muammolarning oldini olish borasidagi 
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish lozim Boshqa davlatlar tajribasi shuni 
ko’rsatadiki, qochqinlar va migrantlarni minimal darajada qo’llab-quvvatlash inson 
huquqlarining buzilishiga olib kelmaydi, aksincha mahalliy aholining huquqlarini himoya 
qiladi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin