«innovative academy» ilmiy tadqiqotlarni


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix28.07.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#137763
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
ZDPP 4-son to\'plam

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Bai N.G. International legal regulation of migration In Western Europe// human rights 
Defender, January, 2013. 
2.
Sukhov A.N., Trukhanov S.A. Migration in Europe and its consequences// Studies’. 
benefit. - Yeah.: Flint, 2011. - 216 p. 


24 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
3.
Trukhanov S.A., Entin, Orina I.V. Actual problems of European law// Studies’. benefit. - 
Yeah.: Flint, 2011. - 168 p. 
4.
Dumont J.K., Liebig T., Peschner J., Tanay F., Xenogiani T. What is the situation with 
refugees in the labour market in the EU?// Survey EU labour force survey. Working Paper (1) 
2016. 
5.
EU 
migration 
policy//eueuropeancouncil. 
URL: https://www.consilium.europa.eu/en/policies/migratory-pressures/ 
6.
Rankin J. EU declares migration crisis over as it hits out at ‘fake news’// Guardian The 
Guardian, March 6, 2019. URL: https://www.theguardian.com/world/2019/mar/06/eu-
declares- migration-crisis-over-hits-out-fake-news-european-commission. 


25 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
AMALIY DASTURLAR PAKETI VA ULARNING KASBIY SOHALARDA 
QO‘LLANILISHI 
Allayorova Nigora Shavxiddinovna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
4- bosqich talabasi 
Amaliy dasturiy ta’minot (AT) foydalanuvchi aniq bir vazifalar (ilovalar)ni ishlab 
chiqishi va bajarishi uchun mo‘ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot mos operatsion sistemalar 
boshqaruvida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
- turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;
- foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni 
avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u kompyuter axborotni qayta ishlash bo‘yicha biror 
ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to‘liq ozod etadi.
Muharrirlar deb matnlar, grafik ma’lumotlar va illyustratsiya (bezak)larni yaratish 
hamda o‘zgartirishga moijallangan ADPga aytiladi. Ular asosan hujjat aylanishini 
avtomatlashtirishga moijallangan.
Muharrirlarni, o‘z funksional imkoniyatlariga ko‘ra, matn, grafik, nashriy muharrirlariga 
ajratish mumkin. Matn muharriri matnli axborotni qayta ishlashga moijallangan va asosan 
quyidagi vazifalarni bajaradi: matnni faylga yozish; tahrirlash, chiqarib tashlash, ramzlar, 
qatorlar, matn parchalarini almashtirish; imlo (orfografiya)ni tekshirish; matnni turli 
shriftlarda bezash; matnni tekislash; boblarni tayyorlash, matnlarni sahifalarga bo‘lib tashlash; 
so‘z va jumlalarni izlash va almashtirish; matnga sodda bezaklar kiritish; matnni terib 
tayyorlash.
Grafik muharrirlar diagramma, illyustratsiya, chizma va jadvallarni o‘z ichiga olgan 
grafik hujjatlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Figura va shriftlar o‘lchamini boshqarish, figura 
va harflarni ko‘chirish, turli tasvirlar hocil qilishga yoi qo‘yiladi. Ancha mashhur grafik 
muharrirlardan PC Paintbrush, Boieng Graf, Fantavision va boshqalarni keltirish mumkin. 
Nashriy tizimlar muharrirlari o‘zida matn va grafik muharrirlari imkoniyatlarini birlashtiradi, 
grafik materiallardan sahifani shaklga keltirish va uni bosishga tayyorlash bo‘yicha keng 
imkoniyatlarga ega. Bu tizimlar nashriy ishlarda foydalanishga yo‘naltirilgan va sahifalash 
tizimlari, deb ataladi. Shunday tizimlardan Adobe firmasining PageMaker va Corel 
korporatsiyasining Ventura Publisher mahsulotlarini misol keltirish mumkin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ichki mashina axborot ta’minotini yaratish 
uchun maxsus ADP – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalaniladi. Ma’lumotlar 
bazasi – diskda saqlanadigan, maxsus tashkil qilingan ma’lumotlar turkumlari jamlanmasi. 


26 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli 4-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish maiumot kiritish, ularni tuzatish va ma’lumotlardan turlicha 
foydalanish, ya’ni qo‘shimcha qilish, olib tashlash, yangilash va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
MBBT ning rivojlanishi amaliy dasturlarning ma’lumotlar bazasida axborotni aniq 
tashkil qilishdan mustaqilligini ta’minlaydi. MBBT lar ma’lumotlarni tashkil qilish uslubiga 
bog‘liq holda, tarmoqli, pog‘onali (iyerarxik), taqsimlovchi, relyatsion turlarga bo‘linadi. 
Mavjud MBBT lar orasida ommalashib ketganlari PARADOX INTERBASE Microsoft Acces, 
Microsoft FoxPro, shuningdek, MSSQL Oracle Informix, SQL serverlaridir. Integratsiyalashgan 
paketlar. Integratsiyalashgan paketlar deb vazifasi umumiy ADP turli dasturiy komponentlarini 
o‘zida birlashtiruvchi ADPga aytiladi. Zamonaviy integratsiyalashgan ADPlarga quyidagilarni 
kiritish mumkin: matn muharriri; elektron jadval; grafik muharrir; MBBT; kommunikatsion 
modul.
Turli komponentlarni yagona tizimga jo qilish foydalanuvchiga interfeysda shak-
shubhasiz afzalliklar beradi, biroq tezkor xotiraga kuchli talablar qismida u muharrir yetkazadi. 
Mavjud paketlar orasida Framework, Startnave, Microsoft Offise kabilarni ajratib ko‘rsatish 
mumkin.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin