Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

 


73 
 
5.6. Svoplar va ularning qiymatini baholash 
Moliyaviy institutlar, forvard, fyuchers va opsionlar bilan birgalikda yana 
bir muhim moliyaviy instrument hisoblanuvchi, svoplardan keng foydalanishadi. 
Svop bu shunday moliyaviy shartnoma boʻlib, u bir tomonga tegishli boʻlgan 
kelgusidagi toʻlovlarni ikkinchi tomonning kelgusidagi toʻlovlariga almashtirish 
vazifasini yuklaydi
20

Oʻz tuzilishiga koʻra svoplar yagona pritsipga tayanadi: ikki 
tomon bir yoki bir necha toʻlovlarni almashishga kelishib olishadi. Bunda 
koʻpchilik holatlarda almashinuv qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan foiz 
stavkalari oʻrtasida amalga oshiriladi.
Svoplarni fyuchers shartnomalaridan farqli jihatlari quyidagilardan iborat: 
birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, shartlar kontragentlar tomonidan 
belgilanadi, yirik kompaniyalar va banklar bilan tuziladi va boshqalar.
Svoplarni qoʻllashdan maqsad foiz stavkalarini, valyuta kurslarini, 
tovarlarning narxlarini, aksiyalarga investitsiyalarni va boshqa instrumentlar bilan 
bogʻliq risklarni xedjirlash va foyda olishdan iborat.
Svoplarning bir necha xil koʻrinishlari mavjud boʻlib, ularning ayrimlarini 
quyida keltirib oʻtamiz. 
Foizlar svopi. 
Svoplarning bu koʻrinishi qatʼiy belgilangan foiz stavkasiga 
ega qarz majburiyatini, oʻzgaruvchan foiz stavkaga ega majburiyatlar bilan 
almashtirishdan iborat.
Bu svop shartnomasida ishtirok etuvchilar faqat foiz 
stavkalarni almashishadi (nominalni emas). Shartnoma shartlariga koʻra tomonlar 
oʻrtasida toʻlovlarni almashtirish bir necha yillar dovomida amalga oshiriladi, 
odatda svoplarning amal qilish muddati ikki yildan oʻn besh yilgacha 
choʻziladi.Svoplarda koʻpincha oʻzgaruvchan foiz stavkasi sifatida LIBOR 
(London Interbank Offer Rate)
21
stavkasidan foydalaniladi.
 
Svoplar boʻyicha qatʼiy belgilangan toʻlovlarni amalga oshiruvchi shaxsni 
svop xaridori deyiladi. Oʻzgaruvchan toʻlovlarni amalga oshiruvchi shaxsni esa 
svop sotuvchisi deb yuritiladi. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin