74
Aktivlar svopi
. Aktivlar svopi doirasida bir aktiv boʻyicha qatʼiy foizlar,
boshqa aktiv boʻyicha oʻzgaruvchan foizlarga almashtiriladi.
Tovar svopi.
Bu shartnomalarga koʻra aniq bir tovarga nisbatan
qoʻllaniluvchi qatʼiy toʻlovlar oʻzgaruvchan toʻlovlarga almashtiriladi. Ularning
tuzilishi foizlar svopiga oʻxshaydi. Hozirgi sharoitlarda tovar svoplarini sezilarli
oʻsishiga tovar bozorlaridagi nobarqaror narxlar sabab boʻlmoqda. Albatta bu holat
birjadagi tovarlar boʻyicha muddatli savdolarni ham rivojlanishiga sabab boʻladi.
Lekin birja savdolaridan farqli ravishda aynan tovar
svopi orqali shartnomalar
uzoq muddatlarga tuzilishi, shu bilan birgalikda kelajakdagi bir qator muddatlar
uchun maʼlum bir narxlarni belgilashi bilan ajratib turadi.
Yuqoridagilardan tashqari svoplarning bir necha xil koʻrinishlari mavjud:
kep (cap), flo (floor), kollar (collar), jamgʻarma svopi (accrual swaps), svopsion
(swap options, swaptions), amortizatsion svop (amortizing swaps), oʻsuvchi svop
(accreting swaps), diskontlangan svop (discount swap) va boshqalar.
Svop shartnomasi doirasida bir tomon oʻzining majburiyatlaridan voz
kechmoqchi boʻlsa, u oʻzining majburiyatlarini oʻz
zimmasiga olishi mumkin
boʻlgan kompaniyani izlab topishi lozim boʻladi. Svop tuzilgandan soʻng
boshlangʻich bosqichda bunday holatni yuz berishi kontragentlarga hech qanday
taʼsir etmasligi mumkin, lekin majburiyatlar amalda boʻlgan shartnoma doirasida
boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan boʻlsa, u holda bunday svop maʼlum bir qiymatga
ega boʻlgan boʻlib, uni baholash juda zarur hisoblanadi. Bundan tashqari hisob
kitob qilish maqsadida har bir aniq vaqtdagi svopning
qiymatini bilish zaruriyati
paydo boʻlishi ham mumkin.
Svopni baholash uchun uni ikki obligatsiyalarning kombinatsiyasi sifatida
tasavvur qilishimiz mumkin. Investor ularning biriga nisbatan uzun pozitsiyasini,
ikkinchisiga nisbatan esa qisqa pozitsiyani tanlagan boʻlsa, bu holatda svop
qiymati mana shu ikki obligatsiya narxlarining farqiga teng boʻladi. Aytaylik, svop
shartnomasi doirasida kompaniya oʻzgaruvchan foizlarda toʻlab, qatʼiy foizlarda
olsa, bunday holatda svop narxi quyidagiga teng boʻladi:
𝑃
𝑐
= P
1
− P
2
Bu yerda, R
s
–
svopning narxi; R
1
–
qatʼiy kuponli obligatsiya narxi; R
2
–
oʻzgaruvchan kuponli obligatsiya narxi.
Svop boʻyicha majburiyatlarni toʻxtatish uchun kompaniya qatʼiy
foizli
obligatsiyani sotib, oʻzgaruvchan foizli obligatsiyani sotib olishi kerak. Agar
kompaniya svop doirasida qatʼiy foizlarda toʻlab, oʻzgaruvchan foizlarda olsa u
holda svopning narxi quyidagiga teng:
𝑃
𝑐
= 𝑆P
f
− P
d
bu yerda:
S
– valyutaning spot kursi, toʻgʻridan – toʻgʻri kotirovka asosida
taqdim etilgan; P
f
– obligatsiyaning xorijiy valyutadagi narxi; P
d
–
obligatsiyaning
milliy valyutadagi narxi.
Obligatsiya boʻyicha toʻlovlarni diskontlash uchun tegishli davrlardagi
stavkalar va valyutalar olinadi.
Moliya institutlari turli xildagi moliyaviy yoʻqotishlarni oldini olish
maqsadida, svoplar boʻyicha defolt holatlari haqida yetarlicha xabardor boʻlishlari
75
lozim. Bunda xuddi forvard shartnomasi kabi svop shartnomasida qatnashuvchi har
ikki tomonlar shartnomani amalga oshirilishini taʼminlashlari uchun bir birlari
haqida koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlishlari lozim boʻladi.
22
Shuningdek svop ishtirokchisi shartnomani baholashi va narx boʻyicha
taʼsirchanligini aniqlab olishi zarur. Undan soʻng maksimal darajada mos
keladigan xedjirlash instrumentini aniqlash lozim.
Bundagi asosiy vazifa mos
keluvchi xedjni tanlab olib, u orqali svop pozitsiyalari boʻyicha har qanday
yoʻqotishlar, xedjirlash uchun qoʻllanilgan shartnomadan olingan daromadlar bilan
qoplanishidan iborat.
23
Xulosa qilib aytganda, hosilaviy qimmatli qogʻozlar kelajakdagi narxlar
oʻzgarishidan hosil boʻluvchi riskni cheklashda sugʻurta sifatida qoʻllanilib,
kompaniyalar ulardan oʻz prognozlarini barqarorlashtirish va pul mablagʻlarinining
oqimini tartiblashtirish maqsadida foydalanishadi.
Shunday ekan, forvard,
fyuchers, opsion, va svop bitimlarini amalga oshirilishi ularning egalariga
qoʻshimcha daromad topish imkoniyatini yaratadi. Lekin bunda ularning qiymatini
hisoblash masalasiga alohida etibor qartilishi lozim boʻladi.
Dostları ilə paylaş: