79
VI bob. IPOTЕKA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI
6.1. Ipoteka bozori faoliyatining nazariy jihatlari
Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar bilan
bir qatorda ijtimoiy sohani
rivojlantirish, aholini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha ham qator islohotlar va
chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda aholini uy-joy bilan taʼminlash
maqsadida barcha hududlarda keng miqyosli ishlar davom ettirilayotganligini ham
qayd etib oʻtish zarur. Mazkur amaliyotda tijorat
banklari faol ishtirok
etayotganligi, ipoteka kreditlari taqdim etilayotganligi barchamizga maʼlum. Jahon
amaliyotida ipoteka kreditlash amaliyoti bilan bir vaqtda ipoteka qimmatli
qogʻozlari muomalasi ham keng doirada qoʻllaniladi. Shundan kelib chiqqan holda
quyida ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalasi xususida fikr yuritamiz.
“Ipoteka – bu real aktiv bilan taʼminlangan uzoq muddatli kreditdir”
24
.
Kengroq taʼkidlaydigan boʻlsak, “Ipoteka – majburiyatlarni koʻchmas mulk
bilantaʼminlashningbirusuli boʻlib, bunda agar garovga qoʻyuvchi oʻz
majburiyatlarinibajarmasa,garovga oluvchi oʻz talablarini garovga qoʻyilgan
koʻchmas mulk hisobidanqondirishhuquqiga ega boʻladi”
25
.Ipoteka krediti –
banklar tomonidan koʻchmas mulkgaroviasosidakoʻchmas mulkni sotib olish yoki
qurish uchun beriladigan uzoq muddatlikredit turidir
26
. Bunda ipoteka krediti sotib
olinayotgan koʻchmas mulk orqali beriladi va garov predmeti sifatida koʻchmas
mulk
amal qiladi
27
. Ipoteka krediti boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilgach
koʻchmas mulk ipoteka krediti oluvchining toʻliq egaligigiga oʻtadi.
Ipoteka va ipoteka kreditlash amaliyotini moliyaviy taʼminlash
maqsadida
tijorat banklari tomonidan ipoteka qimmatli qogʻozlari muomalaga chiqarilishi
mumkin. Bunday amaliyot xalqaro tajribada keng qoʻllaniladi.
Ipoteka bozori rivojlanish jarayonida
bir nechta muammolarga duch
kelingan. Yaʼni “birinchidan, dastlabki vaqtdarda ipoteka miqdori jud past boʻlgan.
Natijada koʻplab institutsional investorlar bunday kichik moliyaviy instrument
ishlashni lozim tompagan.
Ikkinchi muammo ikkilamchi bozorda ipoteka savdolari bilan bogʻliq boʻlib,
bunda savdolarning standartlashtirilmaganligi salbiy taʼsir koʻrsatgan. Unda
qoplash
davrining, foiz stavkalarining, bitim shartlarining
turlichaligi amal qilishi
ipoyeka bozori kengayishiga toʻsqinlik qilgan.
Uchinchidan, ipoteka kreditlari xizmat koʻrsatish nuqtai nazaridan
qimmatligi bilan ajralib turgan. Ipoteka kreditlariga xizmat koʻrsatishni korporativ
obligatsiyalarga xizmat koʻrsatish bilan solishtirilganda
bunga yaqqol guvoh
boʻlish mumkin. Kreditor har oylik toʻlovni undirishi, mulk boʻyicha
soliqlarni
toʻlashi, sugʻurta mukofotlari toʻlab borishi va zahira hisobi boʻyicha xizmatlar
koʻrsatishi lozim. Korporativ obligatsiyalar boʻyicha bunday emas.
24
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P.
324
25
Саттаров Б.К. Ўзбекистонда ипотека қимматли қоғозлари бозорини шакллантириш йўллари. И.ф.н. илмий
даражасини олиш тақдим этилган дисс.автореферати. Тошкент – 2012. – Б. 8.
26
Косарева Н.Б. Основы ипотечного кредитования. – М.: ИНФРА-М, 2007.–С.5.
27
Гусева И.А. Финансовые рынки и институты. – М.: Юрайт, 2018. – С. 105.
80
Va nihoyat, toʻrtinchidan, ipoteka boʻyicha noaniq toʻlovga
qobiliyatsizlik
riski mavjud. Investorlar ipoteka boʻyicha kredit oluvchini baholashga koʻp
vaqtlarini sarflashni hohlamaydilar. Bu muammolar ipoteka qimmatli qogʻozlari,
shuningdek sekyuritizatsiyalashgan ipoteka yuzaga kelishiga olib keldi”
28
.
Dostları ilə paylaş: