92
Foreks dunyodagi eng yirik bozor boʻlishiga qaramadan uning bir qator
afzallik va kamchiliklari mavjud.
Foreks bozorining afzalliklari
orasida eng muhimlari xususida toʻxtalib
oʻtamiz.
-
barqarorlik, chunki Foreks indeksining tushib ketishidan va bozordagi
yagona tovar boʻlgan valyutaning oʻziga xosligi tufayli moliyaviy inqirozga
uchrashdan himoyalangan;
- tovarning likvidligi. Valyutani toʻla hajmda va kerakli qiymatda sotilishida
muammolar
yuzaga kelmaydi, chunki xalqaro Foreks bozorida xaridorlar juda
koʻp;
- kunu tun foydalanish imkoninig mavjudligi. Istagan payt va internetga
kirish mumkin boʻlgan istagan joyda bitim tuzish mumkin;
- oʻzgaruvchanlik ancha past darajada. Valyuta
narxlarining har kunlik
oʻzgarishlari 1%dan oshmaydi;
- birinchi badal uncha katta emas. Hatto bir dollar bilan ham Foreksda ish
boshlash mumkin;
- bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DЕMO hisob-varagʻini ochish
mumkinligi.
Foreks bozorining ayrim kamchiliklari:
- savdo intizomi darajasi uncha yuqori emas. Yoʻqotishlarni treyderning
oʻzidan boshqa hech kim nazorat qilmaydi;
- bitim hajmlarini notoʻgʻri tanlash tufayli mablagʻ yoʻqotish
ehtimoli
mavjud.
Dostları ilə paylaş: