30
Resurslarni saqlash muammosi ularni ratsional ishlatish va insoniyatga
optimal va to‗g‗ri taqsimlanish zaruriyatini ko‗rsatadi.
Chunki buning orqasidan
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolar yuzaga kelib, ularning hal etish yo‗li
to‗g‗ridan - to‗g‗ri atrof muhit bilan hal etish lozimligi bilan ham belgilanadi.
Gumanitar muammolar.
Bugungi kunda gumanitar muammolar asosiy va jiddiy masalalardan bo‗lib
ko‗rinmoqda. Hozirda bir milliard aholi o‗ta qashshoqlikda va ochlikda yashashini
hamda 4,8 milliard aholi zamonaviy tibbiyot xizmatlaridan mahrumligi, bir yarim
milliard aholi munosib yashash sharoitiga ega emasligi juda achinarli xoldir.
Rivojlanayotgan davlatlarning aholisi o‗z daromadlarining 90
foizini oziq - ovqat
xarajatlari uchun sarflaydi, ammo bu ularga normal oziq - ovqat bilan ta‘minlashga
yetmaydi, oddiy amerikalik esa daromadining 20 foizini oziq - ovqatga xarajat qiladi
va bu u uchun yetarli hisoblanadi.
Bu muammo ko‗rinishidan yuzaki bo‗lgani bilan, chuqur muammolardan
biridir. Kambag‗allik hukm surgan rivojlanayotgan davlatlarda OITS, gepatit, saraton
(rak) kabi kasalliklar asosiy muammolardan biriga aylanmoqda. To‗g‗ri, hozirda
rivojlangan davlatlar tomonidan gumanitar yordamlar ko‗rsatilmoqda, ammo bu
yordamlar yetarli darajada bo‗lmayapti.
Juda jiddiy muammolardan biriga hozirgi kunda
ichimlik suvi muammosi
ham
aylanib bormoqda. Chunki ichimlik suvining umumiy
zahirasi barcha mavjud
suvlarning atiga 3 foizini tashkil etadi.
Oziq- ovqat muammosi.
Global oziq - ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri
hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davlatlarda ham, o‗rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda
ham insonlarni boshiga tushgan eng katta muammodir.
Ocharchilik ikki shaklda namoyon bo‗ladi. Birinchi shaklda ocharchilik
surunkali davom etadi, uning natijasida odamlarning ahvoli yomonlashadi, tinkasi
quriydi va xavfli kasalliklarga chalinish ehtimolligi kuchayadi. Ocharchilikning bu
shakli to‗yib ovqat yemaslik deb nomlanadi.
31
Ikkinchi shaklda ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum bir hududda qurg‗oqchilik yoki
boshqa bir sabablar bilan bog‗liq bo‗lgan ocharchilik oqibatida
millionlab insonlar
halok bo‗ladi.
Insonning bir kunlik oziq - ovqat normasi 2400-2500 kkal dan past bo‗lmasligi
lozim. Ovqat to‗yib yemaslik holati 1800 kkaldan tushgan paytda sezila boshlaydi.
Ocharchilik esa ushbu ko‗rsatkich 1000 kkaldan kam bo‗lganda kuzatiladi.
G‗arbda yashovchi 1,2 mlrd. kishi organizmlari talab qiladigandan ko‗proq
oziq-ovqat iste‘mol qiladilar. Masalan, AQSHda ortiqcha ovqatlanish oqibatlarini
bartaraf etish uchun har yili 100 mlrd. AQSH doll. dan ko‗proq mablag‗ sarflanadi.
AQSH, Fransiya, Belgiya va Avstriyada eng ko‗p reklama qilinadigan tovarlar oziq-
ovqatlar hisoblanadi. Har ikki AQSH fuqarosining biri (aholining 55 foizi) ortiqcha
vaznga ega.
BMT Bosh Assambleyasining 55 - maxsus sessiyasi - Ming yiilik sammiti
(2000 yil, 6-8 sentyabr) arafasida tayyorlangan ma‘ruza BMTning globallashtirish
davridagi roliga bag‗ishlangan. Bosh kotib o‗zining ―Biz, xalqlar: XXI asrda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli‖ ma‘ruzasida
insoniyat oldida turgan
muammolar obzorini taqdim etdi va ularni amaliy hal etishni tavsiya etdi. Ushbu
xujjat ―Ming yillik ma‘ruzasi‖ nomi bilan mashhur bo‗lib, ma‘ruzada Bosh kotib
globallashtirish hammaga foydasi tegishi uchun bo‗ysundirishga yo‗naltirilgan
xarakatlar rejasini tavsiya etdi.
Hozirda bir milliardga yaqin aholi o‗ta qashshoqlikda yashamoqda. Ushbu
muammoni bartaraf etish asosiy masalardan biri bo‗lib qolmoqda. Shu sababli 2000
yilgi BMT ning Ming yillik uchun rejalar Sammitida ushbu muammoga qarshi
kurashish deklaratsiyasi qabul qilindi.
Natijada, global
muammolar dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
rivojlanishning asosiy tendensiyalari bilan bog‗liqdir. Ma‘lumki ushbu muammolarni
hal qilishga hozirda turli tashkilotlar hamda davlatlar katta miqdorda mablag‗
ajratishgan va ajratishmoqda.
Globallashuvning foydasi ko‗z oldimizda: yanada tezkor iqtisodiy o‗sish,
yanada yuksak turmush darajasi, yangi imkoniyatlar. Biroq bu jarayonda, allaqachon
32
salbiy ta‘sir o‗zini namoyon etmoqda, chunki bu foydalar haddan tashqari notekis
taqsimlanayapti, chunki hozirga qadar global bozor hamjihatlikdagi ijtimoiy
maqsadlarga asoslangan qoidalarga amal qilmaydi
17
.
1945 yilda BMT asoschilari xalqaro dunyoning
ochiq va hamkorlikga
assolangan tizimini yaratgan edilar. Bu tizim o‗z vazifalarini bajarayapti va
globallashuvni hayotiy haqiqatga aylantirdi.
Bularning hammasi jahon hamjamiyati tomonidan Ming yillik Rivojlanish
Maqsadlari (MRM) ning ishlab chiqilishiga sabab bo‗ldi. MRM 2015 yilgacha
amalga oshirilishi zarur bo‗lgan 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko‗rsatkichni o‗z ichiga
oladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlarining
hamda xalqaro
tashkilotlarning maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari
Mingyillik Deklaratsiyasida ko‗rsatib o‗tilgan maqsadlarga erishishning asosiy
mexanizmi sanaladi.
O‗zbekistonning MRM ga erishish yo‗lida olib borayotgan harakatlari taxsinga
loyiq. Zero mamlakatda buning uchun zarur bo‗lgan barcha shart-sharoitlar mavjud.
Ijtimoiy yo‗naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetarli
tajribaga ega bo‗lgan hukumat siyosiy institutlari va mexanizmlari, shuningdek, ko‗p
sonli xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi yo‗lga qo‗yilgan hamkorlik aloqalari shular
jumlasidandir.
2.1 - jadval
Dostları ilə paylaş: