35
Qariyb bir milliard odamlar savodsiz, bir milliardan ortiq odam toza ichimlik
suvi bilan ta‘minlanmagan, 840 mln. odam ochlik iskanjasida yoki oziq-ovqat yetarli
emas, besh yoshgacha bo‗lgan barcha bolalarning
uchdan bir qismi qorinlari
to‗ymaganlikdan azob chekadilar.
Yer kurrasi aholisining beshdan bir qismi (20 foiz) katta daromad olish
mumkin bo‗lgan mamlakatlarda yashaydi, ular xissasiga jahon yalpi ichki
mahsulotning 86 foizi to‗g‗ri keladi. Eng kambag‗al
mamlakatlarda yashaydigan
beshdan bir qism aholiga esa yalpi ichki mahsulotidan bir foizi to‗g‗ri keladi.
Kamag‗allik ko‗lamlarini qisqartirishning milliy va xalqaro maqsadli
ko‗rsatkichlari quydagilardan iborat:
assosiy xizmatlardan bahramand bo‗lish;
sermahsul bandlik;
turmush kechirish uchun barqaror imkoniyat manbalari;
himoyalangan xissi;
notengriklarni qisqartirish;
kamsitishlarni bartaraf etish;
o‗z hamjamiyati hayotida ishtirok etish.
Sammitda kambag‗allikni bartaraf etish bo‗yicha 117 mamlakat o‗z zimmasiga
majburiyatlar oldilar.
Iqlim o„zgarishlari.
Ilgari global muhit odamlarni o‗zgartirgan, endi esa
odamlar muhitni o‗zgartirib yubormoqdalar. Bugunga kelib eng jiddiy o‗zgarish yer
atmosferasida yuz berdi.
Bu ayniqsa, karbonat angidrid (SO2), metan (SN4), va azot okisi (N2O) singari
―parnik‖ gazlariga taaluqlidir.
Mazkur muvozanatni ko‗mir, neft, tabiy gaz yoqish va atmosferaga juda katta
hajmda karbonat angidrid chiqarish natijasida sodir bo‗layapti.
Agar ular xuddi hozirgi sur‘atlada ajralib chiqaveradigan bo‗lsa atmosferadagi
karbonat angidrid gazining miqdori, XXI asrda shubhasiz sanoat taraqqiyoti davriga
qadar bo‗lgan darajaga qaraganda qariyb ikki barobar oshib ketadi. Agar parnik
36
gazlari ajralib chiqishini qiqartirish choralari ko‗rilmasa, ularning miqdori 2010 yilga
borib uch barobariga ko‗payishi ehtimoldan yiroq emas.
Iqlim o‗zgarishlari uzoq davrlar mobaynida juda muhim muammo sifatida tan
olib kelingan edi. 1979 yilda iqlim o‗zgarishlari to‗g‗risida o‗tkazilgan
Birinchi
butunjahon konferensiyasida iqlimning o‗zgarishi inson faoliyatiga qanday ta‘sir
etishi mumkinligi maslasi ko‗rib chiqildi. 1992 yilning may oyida Nyu-Yorkda ushbu
muammoni bartaraf etish bo‗yicha Konvensiya qabul etildi va Rio-de-Janeyroda 154
davlat va Yevropa hamjamiyati tomonidan imzolandi. Konvensiya 21 martda kuchga
kirdi., 2000 yilga borib uning qatnashchilarining umumiy soni 184 taga etdi.
1990 yilda Iqlim o‗zgarishlari bo‗yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi
o‗zining birinchi baholovchi hisobotini chiqardi. 1995 yilning dekabrida Iqlim
o‗zgarishlari bo‗yicha hukumatlararo ekspertlar guruh o‗zining ikkinchi baholovchi
hisobotini chiqardi. 1997
yilning dekabrida, Yaponiyada Konvensiyaga imzo
chekkan davlatlarining uchinchi konferensiyasida qariyb yuz ming delegat,
sharhlovchi va jurnalistlar tarixiy Kioto protokolini qabul etilishining guvohi
bo‗lishdi. Kioto protokoliga binoan:
sanoati taraqqiy etgan mamlakatlar ajralib chiqayotgan parnik gazlari umumiy
xajmini 2008-2012 yillarga borib 1990 yilgi darajaga nisbatan kamida 5 %
qisqartirish uchun
rasman majburiyat oldilar, ko‗pchilik Markaziy va sharqiy
Yevropa mamlakatlari 8 foiz, AQSH 7 foiz, Vengriya, Kanada, Yaponiya va Polsha 6
foiz qisqartirishlari kerak. Ajrayotgan gazlarni Norvegiya 1 foiz, Avstraliya va
Islandiya 10 foiz qisqartirishlari kerak;
asosan oltita parnik gaziga,
jumladan, karbonat angidrid, metan, azot oksidi,
ftorli uglevodorod, perftoruglerodlar va elegazlarga e‘tibor qaratildi;
gaz ajralib chiqishini qisqartirish ishonchli va tekshirib aniqlash imkoni
bo‗lgandagina tan olinadi.
Protokolda emissiyani qisqartirish borasida qo‗ydagi
strategiyalarni belgilab
berilgan:
uglerodni ko‗p chiqaradigan tadbirlarga sarf etiladigan maxsuldorligini asta-
sekin qisqartirish;
37
eng yaxshi texnologiyalarni qo‗llashni rag‗batlantirish, energiyani tejab-
tergaydigan va boshqa me‘yorlarni joriy etish;
jamotchilik transportinining takomillashgan tizimini ishlab chiqish va yaratish;
odamlarning o‗zlarining shaxsiy avtomobillardan emas,
balki jamoatchilik
transportidan ko‗proq foydalanishlarini rag‗batlantirish;
yanigi uylar va jamoatchilik binolarning kam miqdordagi yoqilg‗i bilan
isitilishi uchun qurilish me‘yorlariga talabchanlikni oshirish.
Dostları ilə paylaş: