2.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob‟ektiv manbalari va asosiy omillari
Globallashuv atamasi hozirgi davrda uni qaysi sohada ishlatilishiga qarab, turli
mazmunni anglatadi. Globallashuvga iqtisodiy ma‘no beruvchilar asosan XX asrda
yuz berayotgan jarayonlarni uzoq tarixiy davrning, ya‘ni milliy xo‗jaliklarning
baynalminallashuvidan, uning globallashuviga o‗tishi ekanligini ta‘kidlashadi. Ular
shu bilan birga globallashuvni iqtisodiy hayot baynalminallashuvi rivojlanishuvining
yangi sifat bosqichi sifatida ta‘riflamoqdalar.
19
We the Peoples, The Role of the United Nations in the 21 st Century. UN. Briefing Papers for
Students. Tashkent. 2003., р. 54.
42
Globallashuv jarayoni – butunjahon tarixining qonuniy bosqichidir. U ob‘ektiv
bo‗lib, inson-sub‘ekti ongiga bog‗liq bo‗lmagan holda ishlab chiqarish kuchlari
o‗sishidagi asosga egadir.
Globallashuvga iqtisodiy yondashuv tarafdorlari bu jarayonni iqtisodiy
hayotning baynalmanallashuvining yangi bosqichi deb hisoblab, zamonaviy
mamlakatlararo xo‗jalik aloqalari uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanganligini
e‘tirof etadilar. Xo‗jalik aloqalarining har bir shakli milliy iqtisodiyotlar
rivojlanishining ma‘lum bir bosqichi natijasi bo‗lib, hozirgi davrda ishlab chiqarish,
savdo, moliya-kredit sohalarining birligi jahon xo‗jaligi shakllanganligidan dalolat
beradi.
XX asrning so‗nggi o‗n yilligida baynalminallashuv va transmilliylashuv
atamalari iqtisodiy adabiyotlarda qo‗llanila boshlandi. Keyinchalik esa milliy xo‗jalik
aloqalarining tez rivojlanishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ularning
baynalminallashuvidan transmilliylashuvga va XX asr oxirida globallashuv
bosqichiga o‗tishiga turtki bo‗ldi.
Globalashuv
jarayoni
mamlakatlar
iqtisodiyotni
jahon
bozoridagi
o‗zgarishlarga bog‗liq bo‗lishini birldiradi. Yer yuzida 200 dan ziyod mamlakat
bo‗lsa, ularning bir qismi integratsiyalashuv ittifoqlariga kiradi, boshqalari esa unda
ishtirok etmaydi, biroq globallashuv jarayoni ta‘sirida bo‗ladi.
Globalashuv jarayoni mohiyatan iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi,
milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining tashqi iqtisodiy aloqalarga bog‗liq bo‗lib qolishi
demakdir.
Globalashuv jarayonida nafaqat tovarlar va xizmatlar, balki resurslar ham
dunyodagi talab-ehtiyojga qarab mamlakatlar o‗rtasida taqsimlanadi. Ish kuchi,
kapital, xom ashyo va energiya omillari, yangi texnologiya va yangi g‗oyalar dunyo
uzra tez tarqaladi. Yangiliklar umumbashariy doirada yuz beradi. Natijada dunyodagi
iqtisodiy o‗sish jadallashadi.
Globallashuv jarayoni xalqaro maydonda hamkorlikni ham raqobatni
uyg‗unlashuvi va kuchayishi kabi birdek o‗zida namoyon etadi. Bundan tashqari,
raqobatlashayotgan guruhlar o‗rtasidagi kurashda o‗z mavqe‘ini mustahkamlash
43
bunday har bir guruh doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish va kuchlarni
birlashtirishni ham talab etadi.
Ba‘zi holatlarda shunday bir vaziyatlar ham yuzaga keladiki, bunda jahon
bozoridagi aynan bir sub‘ektlar bir sohada raqobatdosh bo‗lsalar, boshqa bir sohada
hamkorlik qiladilar.
Shunday qilib, globallashuv jarayoni Yer kurrasining turli tomonlari o‗rtasida
o‗zaro ta‘sir hamda bog‗liqliklarning o‗sishini nazarda tutar ekan. Tadqiqotchilar
bunday holatlarni tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida kuzatganlar.
Masalan, jahonning turli mamlakatlarida o‗sha paytdagi insoniyat tarixida
Buyuk Ipak yo‗li, Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati katta bo‗lgan yoki
1929 yilgi ―qora seshanba‖ning ta‘siri chuqur iz qoldirgan.
Jahon
iqtisodiyotining
globallashuv
jarayonini
o‗zaro
aloqalarni
chuqurlashtirishga qaratilgan va barcha milliy iqtisodiyotlarni olg‗a qarab
rivojlanishini ta‘minlovchi bir butun jahon iqtisodiyotini shakllantirish sifatida
ko‗rish mumkin.
Bundan tashqari, milliy iqtisodiyotlarni rivojlantirmay turib to‗liq miqyosdagi
globallashuvga erishib ham bo‗lmaydi. Bunda mamlakatni o‗z manfaatlarini himoya
qilish imkoniyatidan mahrum etmaslik juda muhim, balki globallashuv jarayoni
davomida ularni amalga oshirishga imkon yaratib berishga yordam berish lozim.
Globalashuv jarayonining aniq bir ta‘rifi yo‗q bo‗lib, munozarali masala bo‗lib
qolmoqda. XX asrning 80 yillarning boshida Dj. Neysbit tomonidan birinchi bor
«globallashuv» so‗zi taklif etilgan edi.
20
Keyinchalik 1983 yil T. Levitt globallashuv tushunchasini transmilliy
korporatsiya faoliyati bilan bog‗ladi. Uning fikricha, globallashuv bu-transmilliy
korporatsiyalar tomonidan ishlab chiqariluvchi alohida mahsulotlar bozorining
birlashish jarayonidir.
21
20
Neibit J. Megatrends: Ten New Directions Transforming Our Lives. Warner Books. New York .. 1982.
21
Моисеев С., Михайленко К. Terra Incognita: глобализация финансовых рынков.ҒҒ Вопросы
экономики . 1999. №6, С. 123-135.
44
Hozirgi kunda «globallashuv» tushunchasining xar-xil ta‘riflari mavjud bo‗lib,
ushbu iboraning ishlatilishi ko‗p jihatlarda madaniyat, iqtisodiyot, ekologiya
soxalarida uchraydi.
Ko‗proq savdo, ko‗proq bozorlar, ko‗proq firmalar, ko‗proq axborot, ko‗proq
ish joylari, ko‗proq imkoniyatlar. Globallashayotgan dunyo hududi mana shularni
va‘da qilmoqda.
Globallashuv to‗lqinlari dunyoning ilgari faqat kambag‗allik hukmron bo‗lib
kelgan mamlakatlarga va mintaqalarga to‗kin-sochinlik olib keldi. Sharqiy va
Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar taraqqiyotga ko‗tarilish uchun esportga
asoslangan iqtisodiyotni shakllantirdilar.
Iqtisodiy faollikning bu shiddatli oqimi ko‗plab odamdarga foyda va farovonlik
keltirdi. Iqtisodiy o‗sish tezlashdi, turmush sharoitining darajasi o‗sdi, yangiliklar
tezroq kirib kela boshladi, insoniyat esa yangi imkoniyatlarga ega bo‗la boshladi.
V. Mixeevning fikricha globallashuvga kompleks yondoshuv iqtisodiyot,
siyosat, axborotlashtirish, ekologik hamda xalqaro terrorizm va kambag‗allikga
qarshi kurashishlarda namoyon bo‗ladi. Globallashuv muammolari D.Neysbit,
T.Levitt, D.Smislov, V.Sheynis, O.Cherkovs, A.Neklessa, E.Nuxovicha, L.Gordon,
G.Karimova ishlarida yoritilgan. A.Elyanov ta‘kidlashicha, globallashuv o‗z ichiga,
barcha davlatlar rivojlanish darajasidan qat‘iy nazar xalqaro iqtisodiy munosabatlarni
oladi.
Shu bilan bir qatorda ko‗pchilik olimlar ta‘kidlashicha globallashuv uzoq va
murakkab jarayondir. Shu to‗g‗risida S.Kamlins yozishicha «Ko‗plar globallashuv
tugagan yoki tizimlari va aloqalari deyarli tugagan deb bilishsa, aslida
globallashuvning o‗tish jarayoning o‗ziga 15-25 yil kerak bo‗ladi.
22
»
Bu jarayonlarni ko‗rib chiqib, R.Rukuperu, YUNKTAD ning Bosh kotibi shuni
bildiradiki, «Globallashuv - bu tayyor tarixiy mahsulot emas, bu tugallanmagan
22
Commins S. Globalization and Foundations for Human Security.ҒҒ World Visions discussion
papers, Number 8, Spring 1999, pp. 20-28.
45
ishlab chiqarish»,
Dostları ilə paylaş: |