O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

18
 
We the Peoples, The Role of the United Nations in the 21 st Century. UN. Briefing Papers for 
Students. Tashkent. 2003., р. 41. 


40 
bahramand bo‗lish ―o‗zaro kelishilgan shartlar asosida‖ va kelib chiqqan 
mamlakatlarni ―ilgaridan xabardorligi, roziligi‖ sharoitda amalga oshirilishi kerak. 
Agar biror bir mikrorganizm, o‗simlik yoki jonivor tijorat uchun ishlatilsa, 
uning kelib chiqqan mamlakati naqd pul yoki milliy tadqiqodchilarni o‗qitish, 
ishtirok ettirish, nou-xau va biotexnologik jihozlarni berish hamda daromadning bir 
qismini olish huquqiga ega. 
Biotexnologiya yutuqlari keyingi yillarda bizga bir turdagi genlarni boshqasiga 
o‗tkazish yordamida turlar o‗rtasidagi to‗siqni olib tashlashga yordam berdi. 
Modifikatsiya qilingan, ya‘ni o‗zgartirilgan tirik organizmalar, mahsulotlar, 
jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, ovqatlarga ishlatiladigan qo‗shimchalar, 
ichimliklar, dori-darmonlar, elimlar va yoqilg‗ilarning tarkibiga yana ham ko‗proq 
qo‗shilmoqda. Ammo bu xolat odamlarning samolatligi va atrof muhitga berishi 
mumkin bo‗lgan qo‗shimcha effekt borasida tashvish-xavotirni kuchaytirayapti. 
Jamoatchilikning 
bu 
xavotiriga 
javoban 
hukumatlar 
Konvensiyaga 
transchegaraviy savdoda yashirin xavf-xatarlar va modifikatsiya qilingan tirik 
organizmlarni tasodifiy taqdim etilishi to‗g‗risida qo‘shimcha bitim ishlab chiqdilar.
Biologik xavfsizlik to‗g‗risidagi Karfagen protokoli davlatlarga, ayni paytning 
o‗zida modifikatsiya qilingan tirik organizmlar va ulardan foydalanish tajribasi 
bo‗yicha axborotlar almashinishni osonlashtirish uchun ta‘sis etilgan mexanizm – 
Biologik xavfsizlik bo‗yicha hisob-kitob palatasi orqali jahon hamjamiyatiga o‗z 
qarori haqida xabar bergan xolda, ular tarkibida modifikatsiya qilingan tirik 
organizmalar bo‗lgan import qishloq xo‗jalik tovarlariniqabul qilishni xoxlash-
xoxlamasliklaridan xabardor bo‗lishlariga imkon beradi. Bunga qo‗shimcha sifatida
modifikatsiya qilingan tirik organizmlari bo‗lgan tovarlarda, ular eksport qilinganda, 
albatta, tegishli yorliqlari bo‗lishi kerak. 
Eksport qiluvchilar ham atrof muhitga kiritishga mo‗ljallangan urug‗lar, tirik 
baliqlar va boshqa modifikatsiya qilingan tirik organizmlarni yetkazib berishdan 
ilgari import qilinayotgan mamdakatlarning har biriga aniq ma‘lumotlar taqdim etishi 
kerak, faqat shundan keyingina import qiluvchi yetkazib berishga ruxsat etishi kerak.


41 
Ushbu mexanizmning maqsadi – hozirgi zamon biotexnologiya maxsulotlariga 
xos bo‗lgan xavf-xatarni baholash uchun ularni qabul qilib oluvchi mamlakatlarga 
imkoniyat berishdir. 
OITS.
BMTning sobiq Bosh kotibi K. Annaning so‗zlariga qaraganda
―OITSning ta‘siri urush vayranogarchiliklaridan kam emas, balki qaysidir ma‘noda u 
urushdan ham ko‗proq jabr-jafolar kelitirishi mumkin‖
19
. OITSning ko‗lami ayniqsa 
Afrika mamlakatlarida keng quloch yoydi. OITS virusi mintaqada urushdagidan 
ko‗ra ko‗proq odamning yostig‗ini quritdi: 1998 yilda urush oqibatida 200 ming 
afrikalik qurbon bo‗ldi, OITsdan esa 2 million kishi o‗ldi.
OITSga mubtalo bo‗lganlarning aksariyati yoshlar, chunki butun jahon 
bo‗yicha har kuni 8,5 ming bolalar va yoshlar bu kasallikni yuqtirmoqdalar.
Hukumatlar OITSni taraqqiyotga daxldor masala sifatida tan olishdi va tegishli 
dasturlar ishlab chiqa boshladilar. Ilgari OITS epidemiyasi faqat sog‗likni saqlash 
sohasining muammosi deb tanilgan bo‗lsa, vaqt o‗tishi bilan ko‗proq mamlakatlar 
uning ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy sohalar bilan o‗zaro bog‗likligini 
tushuna boshlayaptilar.
Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati, ayniqsa, nohukumat tashkilotlarning roli 
muhimdir, chunki ular mahalliy ehtiyojlarga muvofiq tadbirlarni ishlab chiqishga 
mahalliy jamoani jalb etish borasida o‗zining katta qudratiga egadir. 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin